10-mavzu. Narx va narx siyosati


Download 290.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi290.93 Kb.
#1386686
  1   2   3
Bog'liq
10-mavzu. Marketing



10-MAVZU. NARX VA NARX SIYOSATI 
 
1. Narx tushunchasi va uning mohiyati. 
2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash 
uslublari. 
3.Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi. 
10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati 
 
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi 
ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. 
Narx nimaga tegishli bo’lishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy 
funktsiyani bajaradi: 
1. bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi 
2. hisob-kitob, ulchov funktsiyasi 
3. iqtisodiy regulyator funktsiyasi 
4. raqobat vositasi funktsiyasi 
5. ijtimoiy ximoya funktsiyasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: 
1. demping narx 
2. nufo’zli narx 
3. milliy narx 
4. arzonlashtirilgan narx 
5. jahon narxi 
6. yashirin narx 
7. erkin narx 
8. standart narx 
9. kontrakt (ulgurji) narx 
10. chakana narx 
11. o’zgaruvchan narx 
12. limit narx 
13. muvozanat narx 
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan 
ham darak beradi. Narxlarning boshqa muhim vazifasi–ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilarni rag’batlantirishdir.Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli 
usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi. 
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu 
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati 
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish 
iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning 
narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi. 
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga 
ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. 

Download 290.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling