10-mavzu. Narx va narx siyosati
Download 290.93 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu. Marketing
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
10-MAVZU. NARX VA NARX SIYOSATI 1. Narx tushunchasi va uning mohiyati. 2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari. 3.Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi. 10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. Narx nimaga tegishli bo’lishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funktsiyani bajaradi: 1. bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi 2. hisob-kitob, ulchov funktsiyasi 3. iqtisodiy regulyator funktsiyasi 4. raqobat vositasi funktsiyasi 5. ijtimoiy ximoya funktsiyasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: 1. demping narx 2. nufo’zli narx 3. milliy narx 4. arzonlashtirilgan narx 5. jahon narxi 6. yashirin narx 7. erkin narx 8. standart narx 9. kontrakt (ulgurji) narx 10. chakana narx 11. o’zgaruvchan narx 12. limit narx 13. muvozanat narx Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi. Narxlarning boshqa muhim vazifasi–ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Download 290.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling