10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari
-§. Rasmiy uslub va uning hukukshunos faoliyatidagi o‘rni
Download 113.46 Kb.
|
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия
1-§. Rasmiy uslub va uning hukukshunos faoliyatidagi o‘rni
Rasmiy uslub tilning boshqa uslublaridan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va vazifasi jihatdan yuridik, diplomatik va ma’muriy faoliyatga xizmat qiladigan nutq ko‘rinishidir. Bu uslub, asosan, hujjatlilik belgisi bilan boshqa funksional uslublarga nisbatan tarixiydir. Rasmiy uslubning dastlabki ko‘rinishlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi hoqonliklar, davlatlar va xonliklarning qonunlari, amr va farmonlari, yorliqlari, har xil arznomalar, rasmiy xatlar, vaqfnomalar, vasiqalar va boshqa turli xil hujjatlar; hokimliklar, bekliklar va tumanlar o‘rtasidagi o‘zaro har xil yozishmalar rasmiy uslubning ancha ilgari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘sha davrlardagi hujjatlar tilida faol qo‘llangan hoqon, budun, tuzukot, qirovul, chopovul, dorug‘a, qushbegi, qozi, qozikalon, qozixona, a’lam, munshiy, mirzo, devonbegi, amir, xon, vazir kabi davlatchilik va huquqqa oid leksik birliklar (terminlar) ishtirok etgan matnlar, dastxatlar o‘z davri yozma nutqining dastlabki namunalaridir. Bu uslubning ijtimoiy vazifasi hozirgi kunda ham juda keng bo‘lib, barcha rasmiy hujjatlar mana shu uslubda yoziladi. Jumladan, bu uslubda qonunlar, qarorlar, farmonlar, buyruqlar, rezolyusiyalar, turli diplomatik bitimlar, shartnomalar, deklaratsiyalar, konvensiyalar, maxsus rasmiy axborotlar, xullas, turli mavzudagi arizalar, tarjimai hol, tavsifnoma, tilxat, turli xil bayonnomalar etakchi o‘rin tutadi. Rasmiy uslub, asosan, yozma; ba’zan og‘zaki shaklda voqe bo‘ladi. Bu uslubning asosiy xususiyatlari: 1. Aniqlik. Odatda, bunday hujjatlar tilida hech qanday noaniqlik, g‘alizlik, ortiqcha izohtalab o‘rinlar bo‘lmaydi. Fikr, mazmun sodda, lo‘nda, tushunarli ifodalanadi: Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. YUridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarning birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 13-modda). 2. Qolip. Fikr tayyor holdagi nutqiy shtamplar−qoliplashgan birikmalar yordamida bayon etiladi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi ...moddasining birinchi qismiga muvofiq..., Fuqarolik Kodeksining ...moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi; ...orden bilan mukofotlanadi, ...”O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin YUlduz” medali topshirilsin; ...rasmiy vizit bilan tashrif buyurdi, ...ozodlikdan mahrum etildi, ...amnistiya e’lon qilinsin kabi qoliplashgan ifodalar rasmiy uslubga xosligi bilan ajralib turadi. Rasmiy uslubga xos bo‘lgan bunday qoliplashgan nutqiy ifodalarning qo‘llanilishi ijobiy holdir. CHunki rasmiy uslubni ma’lum bir oborotlar asosida shakllantirish va takomillashtirish huquqqa oid, diplomatiyaga oid tushunchalarning tez va engil tushunilishiga, fuqarolar tomonidan oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi, ularning ongiga qonun va qonun osti hujjatlarining mazmun va mohiyatini tez etib borishiga ko‘maklashadi. SHu sababdan rasmiy uslub yoki qonunlar tilini ma’lum bir oborotlar(qurilmalar) asosida qoliplashtirish zarur.Huquqiy me’yorlarni ifodalashda mumkin qadar shunday tayyor holdagi qoliplashgan ifodalardan foydalanish lozim. Lekin bunday qoliplashgan ifodalarni adabiy til va uning tarkibiy qismi bo‘lgan yuridik til me’yorlariga muvofiq qisqa va aniq tarzda tuzish kerakki, oddiy fuqaro ham tez o‘zlashtirib olishga erishsin. Ayniqsa, qonunlar va ularning moddalarini tayyorlashda bunday birikmalarni qo‘llash tartibini qat’iylashtirish zarur. Rasmiy uslubga xos hujjatlarni xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Download 113.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling