10-mavzu: operasion tizimni zahiralash va tiklash usullari


Download 1.72 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1582105
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

/proc /lost+found /sys bo'limlarini, shuningdek, /backup.tgz arxivining o'zini istisno qilish muhim, bundan tashqari /web bo'limini ham olib tashlash kerak. Agar mukammal tozza zaxira nusxasi kerak bo'lsa, avval / var/log jurnallarini tozalash va apt-get clean buyrug’I bilan tanlangan arxivlar keshini o'chirish kerak.
tar cvpzf backup.tgz –exclude=/proc –exclude=/lost+found –exclude=/backup.tgz –exclude=/mnt –exclude=/sys –exclude=/web /
5. Natijani, ls -alh buyrug’i bilan ko'rish mumkin.
 
-rw-r–r– 1 root root 607M Янв 7 13:28 backup.tgz
Olingan fayllar arxivi alohida joyda xavfsiz saqlanishi kerak va uni agar kerak bo'lsa, darhol tizim ma'lumotlarini tiklash uchun ishlatish mumkin.
Tizimni back-up fayldan tiklash uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi.
Tizimni zaxira qilingan holatidagi qurilmalarda va zaxiraga olingan vaqtdagi virtual bo'limlar bilan tiklash eng oson usuldir. Bunga bir necha daqiqa vaqt ketadi.
Bunda quyidagi amallar bajariladi:
1. Tizimni Live CD diskidan yuklab, hech qanday boshqa dasturlarni o’rnatmay, arxivni ildiz(/) katalogiga nusxalanadi.
2. Tanlangan arxivni to'g'ridan-to'g'ri ushbu papkaga ochish kerak.
tar xvpfz backup.tgz /
3. Keyingi qadamda yuklanadigan joyni ko’rsatish kerak bo’ladi. Agar bo’linish gparted yordamida amalga oshirilgan bo'lsa, qo’shimcha 10 Mbga yaqin joy ajratiladi, aks holda grub2 yuklagichi ishlamasligi ham mumkin.
Agar tizim ma'lumotlari yangi qurilmaga o'tkazilishi kerak bo'lsa, unda hamma narsa biroz murakkablashadi va quyidagi qadamlardan tashkil topadi:
1. Arxivni ochish.
2. Live CD-dan foydalanib, disklarni taqsimlanishini va ularning hajmini tekshirish.
3. Serverni qayta yuklab grub2ga kiriladi va mavjud disklarning nomlari tahrirlanadi.
4. "Fayl tizimi mavjud bo’lmagan"(«отсутствии файловой системы») holda ishga tushirish imkoniyati bo’lmasa, kerakli modullarni hisobga olgan holda initrd yuklovchini qayta tiklash kerak bo'ladi. Buning uchun ma'lumotlar bazasiga /proc va /sys bo’limlari ulanadi va chroot /mnt dan avtorizatsiyadan o'tish mumkin bo’ladi.
Bu Linux tizimida zaxira nusxasini yaratish va uni tiklashning eng oson usuli bo’lib, hech qanday yordamchi dasturlarini o'rnatish ehtiyoji bo’lmaydi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling