10 Mavzu: O‘simliklarni himoya qilish usullari. (2soat)


Download 17.7 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1240019
  1   2   3
Bog'liq
10 Mavzu Amaliy


10 Mavzu: O‘simliklarni himoya qilish usullari. (2soat)

1. Tashkiliy – xo‘jalik tadbirlari tadbirlar


2. Agrotexnik
3. Fizik-mexanik tadbirlar
4. Biologik tadbirlar
5. Kimyoviy tadbirlar
6. Karantin tadbirlar


Tashkiliy – xo‘jalik tadbirlari. Qishloq xo‘jaligimiz, tashkiliy tuzilish nuqtai naza-ridan, asosan fermer xo‘jaliklariga aylangani sababli, o‘simliklarni himoya qilish nuqtai nazaridan fermer oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi.
1. Ekin maydonlarini hamma tomondan asoslangan olmoshlab ekish tizimini tuzish. Bunda yer unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, yerda turli zararkunanda, begona o‘t, hamda vilt va boshqa kasal-liklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar zahirasini ozayti-rish nazarda tutiladi.
2. Barcha ekin ekiladigan yerlarda va ularning atrofi-dagi uvatlarda, hamda bog‘larda qishlab qoladigan zararku-nandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishini oldini olishga qaradilgan tadbir-choralarni mo‘ljallash va amalga oshirish.
3. O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan xarajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni jihozlab, kimyoviy vositalar zahirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish.
4. O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib, bilim saviyasini oshirib borish va qat’iy rioya qilish.
Agrotexnik kurash chorasi.
O‘simliklarni zararkunanda kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishda agrotexnik usul va tashkiliy xo‘jalik tadbirlarining ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatib zararkunanda kasallik va begona o‘tlarni rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi barcha agrotexnik tadbirlar bu usulni tarkibini tashkil etadi. Bunday tadbirlarga quyidagilar misol bo‘ladi:
1) Dambalarni kengaytirish va yangi sug‘orish sistemalarini joriy etish.
2) Ekinlarni almashlab ekish sxemasini tuzishda entomalog yoki fitopotolog yo‘riqlarga amal qilish.
3) Ekinlardagi bo‘shagan yerlarni chuqur ag‘darib haydash. .
4) Imkoniyati ko‘targan dalalarga qishki yaxob suvlarni berish.
5) Kuzda ekindan bo‘shagan barcha maydonlarni bahorgacha o‘simlik qoldiqlaridan tozalash.
6) Erta bahorda ekish muddatini to‘g‘ri aniqlash imkokiyati borisa ertaroq ekish.
7) Zarakunanda va kasalliklarga chidamli navlarni tanlab ekish.
8) Ekinlar qator orasiga ishlov berish sug‘orish va oziqlantirishni tavsiya etilgan normalari va muddatlariga amal qilib o‘tkazish.
Agrotexnik va tashkiliy xo‘jalik usulini qo‘llashni ekin turlari bo‘yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seleksioner olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.
Chidamli navlar o‘zlarini boshqa qimmatli xususiyatlari, (oqsil, yog‘ miqdori, qand miqsori)ni ham yo‘qotmasligi zarur. Hozirgi paytda ayniqsa g‘o‘zani viltga, sho‘rga, g‘alla ekinlarini' zang, qora kuya kasalliklariga, g‘o‘zani o‘rgimchak kana, bitlar (shira)ga chidamli navlarni yaratish bo‘yicha katta ishlarni olib borilmoqda. Germanyada ham bu kassaliklariga qarshi ularning Antogeneslari laborato‘ryada ko‘paytriladi6 .

Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling