10 Mavzu: O‘simliklarni himoya qilish usullari. (2soat)


Fizik-mexanik kurash usullari


Download 17.7 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1240019
1   2   3
Bog'liq
10 Mavzu Amaliy

Fizik-mexanik kurash usullari. Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o‘rin tutadi.
1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo‘llash tushuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug‘lik nuri, harorat o‘zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi. Fizikaviy harorat o‘zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug‘larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug‘doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo‘llaniladi. Begona o‘glarga qarshi kurashda olovli kultivatorlardan ham foydalaniladi.
2.Zararli hasharotlarni o‘ldirishda elektr tokidan foydalanish to‘g‘risida juda ko‘plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o‘simlikka tasiri bo‘yicha tadqiqotlar xali oxiriga yetkazilmagan.
3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug‘likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga eri. shildi. Chunki, hasharotlarning ko‘pchiligi tunda yorug‘likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug‘ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko‘plab foydali hasharotlar ham nobud bo‘ladi.
4. Mexanik kurash chorasidan ham o‘simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo‘qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo‘qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog‘lar qo‘llash va boshqalar tushuniladi.
Karantin choralari. O‘simliklar karantinidan asosiy maqsad Respublikamiz hududini boshqa davlatlarda karantin qilingan, o‘simliklarning boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda ashaddiy begona o‘tlar kelib qolishidan himoya qilishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimini amalga oshirishdan hamda mamlakatimizda kam tarqalgan karantin zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlarning yanada tarqalishini oldini olish va manbalarini yo‘qotishdan iborat. Ana shu ikki asosiy maqsadga muvofiq, o‘simliklarning ichki va tashqi karantini mavjud.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng chet ellar bilan savdo sotiq munosabatlarini o‘sishi, aloqa yo‘llarini rivojlanishi bilan zararli organizmlarning tarqalishi xavfi ham kuchaymoqda, karantin tizimi ham bir muncha murakkablashdi. Karantin usullari quyidagilardan iborat:
1.Ekiladigan urug‘lar ko‘chatlarni, shuningdek zararkunandalar va kasalliklar yuqqanligiga shubha qilingan yuklarni jo‘natish yoki qabul qilish nunktlarida deeinseksiya yoki dezinfeksiya qilish;
2. Ekiladigan urug‘ va ko‘chatlarning zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash maqsadida, ularni karantin ko‘chatzorlarga ekib ko‘rish;
3. U ekilgan urug va ko‘chatlar sifatini tekshirib ko‘rish (bantirovka) va oldin yoki keltirilgandan keyin shubhali materiallarii yaroqsizga chiqarish;
4. Embargo, yani xavfli zararkunandalar bilan zararlangan ayrim joylarda materiamar olib ketishga batamom barham berish.
Mamlakatimiz karantin xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jiligi vazirligiga qarashli Respublika O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi rahbarlik qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatdarda ham inspeksiyalar bo‘lib, o‘z navbatida, shahar, tumanlararo, tuman inspeksiyalari va punktlari Respublika O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi qaramog‘idadir. Daryo portlarida, aeroport va temir yo‘l stansiyalarida, chegara qo‘shinlarining nazorat o‘tkazish punktlari joylashgan yerlarda, shuningdek xalqaro pochtamtlarda, bojxonalarda o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari mavjud.
Karantin qilingan mahsulotlar boshqa davlatlardan O‘zbekistonga Respublika O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin ruxsatnomasi bilan kiritiladi. Bu ruxsatnoma muayyan mahsulotlarni keltirish va ulardan foydalanish qoidalariga to‘la amal qilinib, eksport qiluvchi davlatning o‘simliklar karantini va himoyasi bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari tomonidan berilgan va O‘zbekistonga keltirilgan mahsulotlarning karantin holatini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) tavsiya qilingan beriladi. Sertifikat (guvohnoma) yuk bilan birga yuboriladigan hujjatlarga ilova etilishi kerak.
Karantin xizmati Ustavida o‘simliklarning ichki karantini haqidagi chora-tadbirlar ham belgilangan.
Nazorat savollari:
1. O‘simliklarni ximoya qilishning asosiy usullarini ta’riflang?
2. Agrotexnik usulning asosiy elementlarini ta’riflang?
3. Kimyoviy kurash vositalarning qo‘llash usullari?
4. Oltinko‘zni ko‘paytirish texnologiyasini ayting?
5. Fizik usulda qanday omillardan foydalaniladi?
6. Karantinusulining mohiyatini ayting?
Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling