Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi


Download 20.16 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi20.16 Kb.
#1710178
Bog'liq
IES mustaqil ish mavzulari


Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i yoqish va suv tayyorlash texnologiyasi” fanidan mustaqil ish mavzulari



  1. Yevropa mamalakatlaridagi Issiqlik elektr stansiyalarda 1 kVT*soat elektr energiyasi olish uchun o‘rtacha 200 gramm shartli yoqilg‘i ishlatiladi. O‘zbekistondagi Issiqlik elektr stansiyalarida bu ko‘rsatkich 1.2-1.5 martaga ko‘proq. Ushbu farq yillik hisoblanganda katta yoqilg‘i isrofini keltirib chiqaradi.

  1. Qanday omillar hisobiga bu ko‘rsatkich bizda yuqori?

(Omillarni sanab, ro‘yxat sifatida ko‘rsating. Bu ma’lumotlar qaysi manbalardan olinganini ko‘rsatib asoslab bering )

  1. Yoqilg‘i sarfini kamaytirishga uchun qanday chora- tadbirlarni qo‘llash kerak.

  2. Ushbu chora tadbirlarning asosiy 3 tasini amalga oshirganda texnik ko‘rsatkichlar qanchaga o‘zgaradi? (Adabiyotlarda mavjud klassik hisob –kitoblar natijasida asoslanadi)

  3. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qancha miqdorda mablag‘ sarflanadi va u o‘zini qancha muddatda qoplaydi? (iqtisodiy ko‘rsatkichlar mavjud adabiyotlardagi formulalardan foyfalanib hisoblanadi, narxlar internet tarmog‘idan 2023-yil uchun olinadi)

2. Issiqlik elektr markazining texnik suv gradirnyada sovitiladi. Buning natijasida atmosferaga kuniga o‘rtacha 1800 m3 texnik suv suv bug‘i va suv zarralari ko‘rinishida chiqib ketmoqda. 1m3 texnik suvni tayyorlash o‘rtacha 45000 so‘mga tushadi. Bu juda katta texnik-iqtisodiy isroflarga olib keladi



  1. Yuqoridagilarni e’tiborga olib IEMlarning texnik suv ta’minoti tizimini o‘rganib chiqing. (mavjud adabiyotlar va internet tarmog‘i orqali)

  2. Texnik suv isrofini kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqing.

(mustaqil fikrlab, kreativ yondashib, kafedrada faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilar IEM mutaxassislaridan foydalangan holda)

  1. Siz ishlab chiqqan chora-tadbirlar qo‘llanilsa qancha miqdorda suvni tejash mumkin bo‘ladi?

(texnik –iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan asoslab bering. Mavjud adabiyotardagi fizik-iqtisodiy hisoblar bilan)



  1. Issiqlik elektr stansiyalarida tutun gazlar bilan birgalikda 110 0C haroratdagi issiqlik doimiy atmosferaga chiqarib yuboriladi.




  1. Ushbu issiqlikdan ikkilamchi energiya manbai sifatida foydalanish mumkinmi?

(aniq ma’lumotlar va ko‘rsatkichlar bilan asoslab bering)

  1. Agar foydalanish mumkin bo‘lsa qanday qilib va nima maqsadda?

(Foydalanish usullari , umumiy foydali ish koeffitsiyentiga ta’siri va texnik-iqtisodiy-ko‘rsatkichlar bilan asoslab bering;)

  1. Foydalanish mumkin bo‘lmasa nima uchun?

(foydalanib bo‘lmasligini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan isbotlb asoslab bering).

4.Issiqlik elektr markazlarida turbinada ish bajarib bo‘lgan bug‘ni sanoat iste’molchilariga uzatiladi. Sanoat iste’molchilariga berilmagan bug‘ kondensatorda texnik suvdan foydalanib kondensatsiyalanadi. Ya’ni bug’ning mavjud issiqligi issiqlik almashinish usuli bilan texnik suvga beriladi. Oddiy qilib aytsak ushbu issiqlik shunchaki isrof bo‘lishi bilan birga sovitish uchun qo‘shimcha energiya ham talab qiladi.





  1. IEMlarda kondensatorga sovitish uchun berilayotgan bug‘ning issiqligidan foydalanish usullarini ishlab chiqing (internet tarmog’idan chet el tajribasidan foydalangan holda asoslab bering. Olingan ma’lumotlarning manbasi ko‘rsatilishi kerak. Agar o‘zingiz taklif qilayotgan yangi usul bo‘lmasa)




  1. Bunda IEMning umumiy ish rejimiga qanday ta’sir ko‘rsatiladi?

(texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan asoslab bering. Adabiyotlarda mavjud formulalar va qonunlar asosida isbotlab bering)



  1. Bu jarayonda ishchi jismning isroflari bo‘ladimi? Agar bo‘lsa taklif qilingan jarayonni qo’llash ko‘rsatkichlarni qanchaga o‘zgartiradi.

Download 20.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling