10-mavzu: O’zbek tilida ish yurtish


Download 152.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.04.2023
Hajmi152.06 Kb.
#1366055
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu O’zbek tilida ish yurtish

G u v o x n o m a. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa xolatlarini shuningdek, 
biror ishga vakolatini kursatuvchi hujjat. 
Xar bir kishi ishga qabul qilinganda kadrlar bulimi tomonidan guvoxnoma oladi. 
Bunday guvoxnoma yonda olib yurishga moslashtirilib daftarcha shaklida 
tayyorlanadi. 
D a l o l a t n o m a. Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan boglik biron-bir 
bo`lgan vokea, xodisa, ish-xarakatini yoki mavjud xolatni tasdiklash, unga guvoxlik 
berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish 
xilma-xil maqsadlarni kuzlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo`lgan vokea-
xodisalarni yoki mavjud xolatni konuniy-xukukiy jixatdan isbotlash yoki 
tasdiklashdir. Bir kancha xollarda dalolatnoma tuzish maxsus xukukiy normalar 
bilan kat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning xisob-kitob bulimlari faoliyatida 
dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular 
xukukiy jixatdan muxim urin tutadilar. 
I sh o n ch n o m a. Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs uz nomidan ish kurish 
uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. 
Ishonchnomalar uz mazmuniga kura, mol – mulkni boshqarish, pul va moddiy – 
buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga 
oshirishni ifodalaydi. Muayyan ish – xarakatni bajarishga vakolat berish kim 
tomondan 
(muassasa 
tomonidanmi 
yoki 
ayrim 
shaxs 
tomonidanmi) 
rasmiylashtirilishiga karab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga 
bulinadi. 
Rasmiy (xizmat soxasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi 
va boshqa kooperativ xamda ijtimoiy tashkilotlar tomonidan muayyan lovozimli 
shaxsga uning mazkur tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini 
bildirish uchun beriladi; ular muassasa raxbari tomonidan imzolanishi va muxr bilan 
tasdiklanishi kerak. 

Download 152.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling