Dalolatnoma. Majlis bayoni. Hisobot. Ma’lumot. Dalolatnom a
Download 20.7 Kb.
|
DALOLATNOMA. MAJLIS BAYONI. HISOBOT. MA’LUMOT 5 MAVZU
DALOLATNOMA. MAJLIS BAYONI. HISOBOT. MA’LUMOT. D A L O L A T N O M A Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron-bir bo’lib o’tgan ( sodir bo’lgan) voqea, hodisa, xatti-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar qo’llanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo’lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qanch hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalsn, korxonaning hisob-kitob bo’limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o’rin tutadi. Dalolatnoma diyarli barcha hollarda pul mablag’lari va moddiy boyliklarga bog’liq holda tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko’proq tadbirkorlik, moliya-xo’jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo’llaniladi. Dalolatnomalar tegishli taftish o’tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o’tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o’tkazish chogida, qimmatbaho buyumlarni hisobdan o’tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo’yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalsr yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o’rganishda va boshqa hollarda tuziladi. Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlsr bo’lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli ( qayd etuvchi, ragbatlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo’ladi. Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (mussasa rahbarining buyrugi bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo’lishi shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo’lgan kishilarning tashabbusi bilan tuziladi. Dalolatnomaning zaruriy qismlqri: 1. Idora, muassasa va tarkibiy bo’linma nomi. 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). 4. Matn sarlavhasi. 5. Hujjat turning nomi (dalolatnoma). 6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrugi, idoraning qarori yoki ko’rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar). 8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnomaning matni. 10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko'rsatiladi). 11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatiriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo’shish mumkin. Download 20.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling