Dalolatnoma. Majlis bayoni. Hisobot. Ma’lumot. Dalolatnom a
Download 20.7 Kb.
|
DALOLATNOMA. MAJLIS BAYONI. HISOBOT. MA’LUMOT 5 MAVZU
M A’ L U M O T N O M A
Bo’lgan voqea yoki mavjud holatni bildirish – axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, jismoniy va yuridik shaxslarning ko’rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko’ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o’ xususiyati va mazmuniga ko’ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo’linadi. Xizmat ma’lumotnomasi – muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axboriy xususiyatiga ega bo’lgan xilma-xil ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, zarur hollarda esa, raqamli jadvallar ko’rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, Tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to’g’risida tuziladi. Xizmat ma’lumotnomasi o’z navbatida ikkiga – ichki va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo’linadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi – muassasa ichki ishlari, xo’jalik faoliyati, biror tarkibiy bo’linma yoki ayrim xodimning ish faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo’llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo’linma boshlig’i, kadrlar bo’limi boshlig’i, ish yurituvchi, oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog’oz varag’iga qo’lda yozilishi ham mumkin. Tashqi xizmat ma’lumotnomasi – muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga ularning ko’rsatmasi yoki talabiga muvofiq tayyorlanib, jo’natiladi hamda xos ish qog’oziga yoki maxsus bosma ish qog’oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo’ladi. Ma’lumotnoma sanasi u imzolangan va yo’llangan kuni qo’yiladi, chunki u jo’natma hujjatlar daftarida qayd etiladi. Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo’yiladi. Masalan, “Korxona ma’muriy boshqaruv xodimlari soni haqida”. Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlar taaluqli bo’lgan sana alohida ajratilib, asosiy matn oldidan yoziladi. Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog’ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo’ladi: 1. Hujjat jo’natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog’ozining yarmidan o’yu tomonda yoziladi). 2. Hujjatning nomi (ma’lumotnoma). 3. Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xatboshidan yoziladi). 4. Asosiy matn (ma’lumotnomaning mazmuni). 5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi. Shaxsiy ma’lumotnoma – muassasalar tomonidan fuqarolarning turmush va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko’rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimiga – uning qaerda, kim bo’lib va qancha maosh olib ishlashi haqida; o’quvchi va talabaga esa – qaerda o’qishi haqida; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHDYO) va notarial idoralarda ko’rsatiladigan hamda fuqarolar yig’inlari raislari – shaxsning tug’ilganligi yoki vafot etganligi to’g’risida, nikohda bo’lganligi yoki ajrashganligi haqida (hujjatlar yo’qolganda); tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limi – shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar – kishining sog’ligi (kasal emasligi) haqida; mahalla fuqarolar yig’inlari yoki uy-joy boshqarmalari raislari – shaxsning yashash joyi,egallab turgan uy-joy maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’kumotnomalar beradi. Download 20.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling