10-Mavzu: O‘zbekistonda 3 ta asosiy iqlim hududlar mavjud: cho‘llar, quruq dashtlar, tog‘li yerlar va tog‘lar
Download 312.52 Kb. Pdf ko'rish
|
10- Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonning to oldi va tog` mintaqalari tuproqlari
10-Mavzu: O‘zbekistonda 3 ta asosiy iqlim hududlar mavjud: cho‘llar, quruq dashtlar, tog‘li yerlar va tog‘lar. O’zbekiston tekislik tuproqlari, tog` oldi tekisliklari va tog`etaklari tuproqlari Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog`lari va Nurota tog`larining etaklaridagi toshloq cho’llarda sur – qo’ng`ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam, ular ko’pincha sho’rtob bo’ladi. Tuproqning ustki qatlamida kalsiy karbonat, pastki qatlamida esa sulfat tuzlaridan gips to’planadi. Tarkibida chirindi miqdori 0,3 – 0,6 % gacha bo’ladi. Qizilqum, Zarofshon daryosi etagi, Markaziy Farg`ona va mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 0,3 – 0,6 % ni tashkil etadi. Bunday tuproqdan deќqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli cho’l tuproqlarida o’sadigan o’simliklardan qorako’l qo’ylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Respublikamizning yer osti suvlari, yer betiga yaqin bo’lgan joylarida Mirzcho’l, Markaziy Farg`ona , Qarshi cho’llari va Amudaryo bo’ylarida sho’rtuproqlar vujudga kelgan. Bo’nday joylardagi yer osti suvi yer betiga chiqib bug`lanadi, tuproq tarkibida tuz ko’payadi. Cho’l mintaqalarida yirik sho’rxoklardan dexqonchilikda fodalanib bo’lmaydi. O’zbekiston daryo vodiylarida, qayr va deltalarida o’tloq va botqoq tuproqlari uchraydi (Baќodirov., Miraќmedov. 1965). Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan, ular asosan uch xil: ochtusli bo’z tuproqlar, oddiy bo’z tuproqlar va to’q tusli bo’z tuproqqa bo’linadi. Cho’l mintaqasining okean satќidan 300 – 500 m balandlikdagi joylarida ochtusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Och tusli bo’z tuproqning tarkibida 1 – 1, 5 % gacha chirindi bo’ladi. Surg`orib o’g`itlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib yaxshi ќosil beradi.
Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring. 1. Surqo’ng`ir cho’l tuproqlari tarqalgan joylarni O’zbekiston tuproq kartasidan topish. 2. Kartadan cho’l taqir tuproqlar, taqirlar va sho’rxoklarni topish. 3. Qayirallyuvial, cho’l qumli tuproqlari tarqalgan ќududlarni O’zbekiston tuproq kartasidan topish va kontur kartaga tushirish. 4. Och tusli, tipik bo’ztuproqlar tarqalgan ќududlarni kartadan topish. 5. O’tloq – bo’z tuproqlar va o’tloqlar tarqalgan joylarni kartadan topish.
Tog` mintaqasi okean satќidan 1000 – 1200 m dan 2700 – 2800 m gacha bo’lgan balandlikdagi joylarni o’z ichiga oladi. Balandlikka ko’tarilgan sari ќavo hararati pasayib yog`inlar miqdori ortib boradi. To g`larda yoz salqinroq cho’ldagiga nisbatan qisqaroq bo’ladi. Tog`larning shimoliy yon bag`irlari janubiy yonba g`irlariga nisbatan salqin va namroq bo’lganligidan o’tlar yoz bo’yi ko’m – ko’k bo’lib o’sib turadi. Tog`larning harbiy yonba g`irlarida sharqiy yonbag`irlariga nisbatan yog`in ko’proq bo’lib, binobarin, bu yonbag`irlarda o’simliklar ќam ko’proq va qalin o’sadi (Matkarimov., Xo’jayev., Davronov, 1992). Tog`mintaqasida nam iqlim va qalin o’simlik qoplami tuproq tarkibida chirindining ko’payishiga sharoit yaratadi. Tog`larda tog`qo’ng`ir va tog`jigarrang tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar tarkibida chirindi miqdori ќam ko’p bo’lib 4 – 6 % gacha yetadi. Bu mintaqadagi tuproqlar tabiiy sharoitga bog`liq ќolda tarqalgan. Tog`larning nisbatan qirg`oqchilroq qisimlarida jigar rang tuproq turi, aksincha, namroq va balandroq, keng bargli o’rmonlar serob bo’lgan qismida esa qoramtir – qo’ng`ir tog`– o’rmon tuproq turi tarqalgan. Jigar rang tuproq turli gumus saqlovchi qatlamning qalinligi, donadorligi, gumus
miqdorining ko’pligi tufayli rangini qo’ng`ir – jigarrang va to’q – qo’ng`ir tusdaligi bilan bo’z tuproqdan ajralib turadi. Respublikamizning tog`lari va tog`etaklarida, daryo vodiylarida va qayirlarida o’tloq va botqoq – o’tloq tuproqlar tarqalgan.
Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring 1. Tog`oldi ќududidagi to’q tusli bo’z tuproqlar joylashgan ќududlarni kartaga tushirish. 2. Tog` jigarrang tuproqlari tarqalgan ќududlarni tuproq kartasidan aniqlang 3.Tog` o’tloq, dasht tuproqlarini chegaralarini kontur kartaga tushirish. Respublikamizning cho’l va adir mintaqalaridagi sug`oriladigan joylarda Toshkent (Chirchiq), Oќangaron, Farg`ona, Andijon, Surxon , Xarazim va Qoraqolpog`iton voќalari vujudga kelgan. Toshkent, Zarafshon va Xorazim voќalari o’zining 2 – 3 ming yillik tarixiga ega. Sug`orib ekiladigan voќalarda o’tloq – allyuvial tuproqlar ќosil bo’lgan, ularning tarkibida 1 – 1, 3 % chirindi bo’ladi. Œzbekiston sug`oriladigan yerlarining 2,1 mln. gektari xavfli darajada, shu jumladan 0,7 mln. gektari o’rtacha va kuchli darajada eroziyaga uchragan. Sug`oriladigan tuproqlarning sho’rlanishiga ќam tabiiy ќam antropogen omillar sababchidir. Ba’zi joylarda gurunt suvning siljishi qiyin bo’lganligidan tuproq shurlansa, ba’zi ќollarda ilg`or agrotexnika qoidalariga amal qilmaslik tufayli tuproq qayta sho’rlanadi. Œzbekiston tuproqlarini muќofaza qilish o’z ichiga uni ifloslanishdan saqlash kabi masalani ќam oladi. Chunki eroziya tufayli tuproq tarkibi buzilib, unumdorligi keskin kamayib ketsa, ifloslanish tufayli tuproqning kimyoviy va biologik xususiyati o’zgaradi, binobarin, modda almashinuvida buzilish yuz beradi, zaќarlanadi, unda ќar xil kasallik tarqatuvchi mikroblar ko’payib ketadi. Mavzuni o’rganish uchun qo’ydagilarni bajaring.
1. Farg`ona, Zarafshon, va Qashqadaryo vodiylari sug`oriladigan tuproqlari tarqalgan ќududlarni xaritaga tushiring. 2. Qadimgi sug`oriladigan o’tloq cho’l tuproqlari va bo’z tuproqlar tarqalgan joylarni belgilang. 3. Lalmikor deќqonchilik qilinadigan ќududlarni xaritadan topish. Sug`oriladigan yerlarning eroziya jarayoni yuz bergan joylarni aniqlash. Deќqonchilikda foydalanilayotgan yerlarning 4,2 mln gektari sug`oriladigan maydonga to’g`ri keladi. O’sha sug`oriladigan maydonning 1,6 mln. gektari cho’l zonasida, qolgan 2,6 mln. gektari bo’z tuproq mintaqasi ќududiga to’g`ri keladi. Demak, sug`oriladigan tuproqlar maydonining 62,0 % bo’z tuproqlar mintaqasi ќududiga to’g`ri keladi. O’zbekistonda bo’z tuproq tarqalgan maydon 8 mln. gektardan ortiq bo’lib, o’shani 6,5 mln. gektari och tipik va to’q bo’z tuproqlarga, qolgani esa o’tloq bo’z, bo’z – o’tloq va o’tloq, botqoq – o’tloq tuproqlariga to’g`ri keladi (Matkarimov, 2004). O’zbekistonda ќozirgi sug`orilayotgan umumiy maydonning 60 % dan otig`i o’tloq voќa (sug`oriladigan voќa) tuproqlariga to’g`ri keladi. O’zbekiston sug`oriladigan yerlarining 2, 1 mln. gektari xavfli darajada, shu jumladan 0, 7 mln. gektari o’rtacha va kuchli darjadi eroziyaga uchragan.
Download 312.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling