10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati
Download 408.71 Kb.
|
10-mavzu PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Uzluksiz ta’limning o‘quv-moddiy negizi va o‘quv-uslubiy ta’minoti
A. P. Egorshin. Upravlenis psrsoialom. Nijniy Novgorod, 1997, 132- str.
MVAning ishdan ajralmagan holdagi sirtqi dasturi (distance learning MVA). AQSHning boshqaruv rahbar xodimlarini tayyorlash tizimi (9.17-rasm) hamda magistr va doktorlik dasturlarining nomlanishi (9.4-jadval) taqdim etilgan. Boshqaruv (biznes) magistri (MVA) o‘quv dasturlari, asosan, quyidagilardan iboratdir: 1. Menejment: strategik menejment; xalqaro biznes; axborot menejmenti; servis menejmenti; industrial siyosat; biznesni rivojlantirish; sanoatstrategiyasi; moliya menejmenti; korporativ mas’uliyat. 2. Moliya va buxgalteriya hisobi: iqtisodiyot sohalari tahlili; buxgalteriya hisobi; buxgalteriya hisobi va nazoratni boshqarish; iqtisodiyot. 3. Sotsiologiya va psixologiya: tashkiliy sotsiologiya; tashkiliy faoliyat; sotsiologiya va korporativ menejment. 4. Marketing: marketing; reklama va marketing. 5. Funksiyali boshqaruv: ishlab chiqarishda funksiyali boshqaruv; bank va moliya ishi; chakana savdo; funksiyali tadqiqot. 6. Uzluksiz ta’limning o‘quv-moddiy negizi va o‘quv-uslubiy ta’minoti Personalning uzluksiz ta’limni samarali tashkil etish o‘quv-moddiy negizi va o‘quv-uslubiy ta’minotiga bog‘liqligi yaxshi ma’lum. Kompaniya va firmalar o‘quv markazlari bugungi kunda quyidagi o‘quv-moddiy negiziga ega bo‘lishi lozim: statik tartibdagi texnologik qurilmalarning mashq qildiruvchi imitatorlari; dinamik tartibdagi texnologik qurilmalarning mashq qildiruvchi imitatorlari; o‘qitish kurslari bo‘yicha avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi; ma’ruzato‘plamlari; qisqa mudsatli maqsadli amaliy mashg‘ulotlar dasturlari; ko‘rgazmali qo‘llanmalar; o‘qitishning texnik vositalari majmuasi (audio va video-texnika, kodoskoplar); hisoblash texnikasi majmuasi; 1VM RSrusumli kompьyuterlar; testli psixofizik dasturlar majmuasi; kasb darajasini baholash kompleks tizimi; zamonaviy o‘quv xonalari; o‘qitilayotgan mutaxassislarni hisobga olish tizimi; o‘qitish bo‘yicha ishlanmalar axborot bazalari yuzasidan materiallar. Uzluksiz ta’lim moddiy-texnika negizi asosiy o‘qitish vositasi hisoblangan 1VM RS rusumdagi kompьyuterlar ham, ular bilan birga ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa rusumdagi kompьyuterlar ham bo‘lishini taqozo etadi. Ular displey sinflarini jihozlash uchun lokal tarmoqqa birlashtirilishi zarur. Kompьyuterlardan o‘quv materiallarini uzatish vositasi sifatida ham, zarurat tug‘ilganda o‘qituvchi bilan tinglovchi o‘rtasida muloqot o‘rnatish, shuningdek, bu muloqot natijalarini nazorat qilish va tegishli aniqliklar kiritish vositasi sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Radio, video va audio vositalari o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini oshiradi, o‘quv muddatlarini qisqartiradi va o‘quv jarayonini faollashtirish imkonini beradi. O‘quv materiallari to‘g‘risida ravshan tasavvur hosil qilishga ko‘rgazmali o‘quv qurollarining eng ko‘p tarqalgan turlari — plakat, planshet chizma, jadval va diagrammalar yordam beradi. Kompaniya va firmalarning o‘quv markazlari, shuningdek, zarur ko‘rgazmali qurollar, o‘qitishning texnik vositalari, ixtisoslashtirilgan mashq qildiruvchilar (trenajyorlar) bilan jihozlan-gan o‘quv sinflari, laboratoriyalari, xonalar, ish o‘rinlariga ega bo‘lishi lozim. SHuningdek, bu markazlarda o‘qituvchilar uchun xonalar, boshqa shaharlardan keladigan tinglovchilar uchun mehmon-xonalar bo‘lishi darkor. O‘quv-moddiy negizi qatori o‘quv-uslubiy ta’minot, kadrlar o‘quvi va ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimi faoliyat ko‘rsatishining asosi hisoblanadi. O‘quv-uslubiy ta’minotga quyidagilar kiradi: o‘qitish dasturlari; qisqa muddatli seminarlar dasturlari; o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar; ma’ruzalar; avtomatlashtirilgan kompьyutertizimlari; mutaxassislar uchun videokutubxonalar; testdasturlari. Download 408.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling