Dasturiy o‘qitishning umumiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
o‘qitish maqsadlarini belgilash;
o‘qitish muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi mezonlarini va tinglovchilar tomonidan buni o‘lchash vositalarini aniqlash;
o‘zlashtirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish dasturini tuzish, bunda tinglovchining o‘qitishning dastlabki holatidan, keyingisiga o‘tishi ushbu jarayon mohiyati ekanligini hisobga olish;
ichki va tashqi qaytarma aloqani tashkil etish (tinglovchiga, shuningdek, o‘qituvchiga o‘qitishning muvaffaqiyatli kechishi to‘g‘ri-sidagi axborotlarni etkazish).
Videomateriallarga asoslangan o‘qitishda o‘quv materiallari modullaridan foydalaniladi. Jumladan „LHRDC” kompaniyasi tomonidan yonilg‘i-energetika sohasi personali uchun o‘quv material-larining 116 moduli yaratilgan. O‘quv materiallarining har bir moduli 120 betli darslik va 60 daqiqali video tasmadan iboratdir. Modulli o‘qitish yuzasidan qo‘llanma, o‘quv qo‘llanmasi, slaydlar to‘plami, o‘quv dasturi bo‘yicha savollar hamda videofilьmdan iborat. „ LHRDC” kompaniyasi ushbu modullarni hozirgi vaktda mulьtimedia tizimining uzluksiz axborot tizimiga aylantirish ustida ish olib bormoqda. Mazkur tizim mulьtiplikatsiya grafigi, video va audio materiallar, matn va dasturiy ta’minotdan iborat bo‘ladi.
Ushbu mulьtimedia tizimidan quyidagi maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari mavjud:
personalni samarali kasbiy tayyorlashni tashkil etish uchun asos yaratish;
mavjud ma’lumotlar bankidan foydalanish;
turli boshqaruv texnologiyalari bo‘yicha ma’lumotlardan muntazam foydalanish;
yordamchi funksiyalar tizimini shakllantirish uchun asos yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |