10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati
Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni
Download 408.71 Kb.
|
10-mavzu PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilvosita ta’sir omillari.
Ishchi kuchi sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ular yo‘nalishiga qarab uch guruhga ajratish mumkin:
1. Bevosita ta’sir omillari. Ularga bevosita mehnat faoliyati bilan bog‘liqhamda insonning mehnat faoliyati jarayonida qobiliyatlarini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Bu omillar mehnat hayoti sifati bilan bog‘liqdir. Mehnat hayoti sifati esa insonning mehnat jarayonida qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, yuqori va doimiy ish haqi kafolatlangan ish joylari mavjudligi bilan belgilanadi. Yuksak mehnat hayoti sifati quyidagilar hisobiga ta’minlanadi: ish qiziqarli bo‘lishi kerak; personal mehnatiga munosib adolatli haq olishi kerak; mehnat shart-sharoitlari qulay bo‘lishi kerak; rahbariyat tomonidan nazorat iloji boricha kamroq bo‘lishi, lekin nazorat qilish zarurati bo‘lganda, albatta, nazorat amalga oshirilishi lozim; xodimlar o‘z ishlariga taalluqli bo‘lgan qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishlari darkor; maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Mehnat hayoti sifati mehnatdan qoniqish hosil qilish hissini kuchaytirish, o‘z malakasini oshirishga intilishda o‘z ifodasini topar ekan, ya’ni ishchi kuchi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashar ekan, ushbulardan kelib chiqqan holda mehnat hayoti sifati jihatlariga ishchi kuchi sifatini oshiruvchi omillar, deb qarash mumkin. 2. Bilvosita ta’sir omillari. Ularga mavjud ishchi kuchini amaldagi ish kuchiga aylantirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Ular mehnat jarayoniga jalb etilgan va ishchi kuchi umumiy sifatiga ta’sir o‘tkazadilar. Bular: ijtimoiy-siyosiy shartlardir. Ular muayyan sifatdagi ishchi kuchini shakllantirish maqsad va vazifalarini aniqlab berib, boshqa barcha omillar uchun negiz hisoblanadi: ilmiy-texnikataraqqiyoti; ekologik sharoitlar; nufus (demografik) vaziyatlar. Mansab darajasi hamisha ham kasbiy rivojlanish bosqichi bilan bog‘liq emas. Lavozimga ko‘tarilgan inson kasb malakasi bo‘yicha ana shu darajada yuqoriga ko‘tarilmagan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun shaxs rivojlanishining (lavozimda o‘sish) davriy vaqti va kasb malakasi oshishi (faoliyat turini egallash bosqichlari)ni farqlay olish kerak. Kasb malakasining rivojlanish bosqichiga muvofiq egallanishi 9.2- rasmda, kasb malakasi o‘sishi bosqichlari 9.3-rasmda ko‘rsatilgan. Personalni rivojlantirish uning raqobatbardoshligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Download 408.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling