10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Oliy o‘quv yurtini tugallagan bakalavr bilimiga quyidagi talablar qo‘yiladi


Download 408.71 Kb.
bet14/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

Oliy o‘quv yurtini tugallagan bakalavr bilimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatiningdolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;

  • Vatan tarixini bilishi, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga, faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;

  • tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ularga zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

  • insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;

  • axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;

  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;

  • yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;

  • sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tasavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;

  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’lim olish uchun tayyorlanadi.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo‘yicha „bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdikdangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistratura — aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura ta’lim dasturlari bakalavriat ta’lim dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi vatalabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutadi:

  • umummetodologik fanlar;

  • mutaxassislik fanlari;

  • ilmiy faoliyat.

Ta’lim dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda, talabalar tanlagan fanlarni o‘z ichiga oladi.
Talabalarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishida o‘quv fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilgan.
Ta’lim dasturlari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha, davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi.

Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling