Bajardi: Abduvaliyev Abror. Gurux: 31-21 guruh


Download 1.07 Mb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1529098
  1   2
Bog'liq
Abduvaliyev Abror oliy maktab pedagogikasi (2)

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM TOSHKENT ARXITEKTURA -QURILISH INSTITUTI BINO INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI “ o’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi “ oliy maktab pedagogikasi ” fanidan bajarilgan

taqdimoti

Bajardi: Abduvaliyev Abror.

Gurux: 31-21 guruh.

Qabul qildi: Maxkamova m. Imzo:

2022-2023

Mavzu: oliy maktabda o’quv mashg’ulotlarining shakillari .

Reja:

kirish

1. o‘quv biluv faoliyatini boshqarish, boshqarish nazariyalari.

Asosiy qism

1. o‘quv jarayonining mohiyati, komponentlari .

2. Talabaning o‘qish motivlari.

3. Talabaning o‘quv-biluv faoliyati.

Xulosa

1. o‘quv- biluv faoliyatini boshqarish nazariyalari


I. O‘quv jarayonining mohiyati, komponentlari
Oliy maktabda o‘quv jarayonining mohiyati davlat ta ’lim standard fan bloklarida ko'rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtirib olish, zarur malaka, ko‘nikmalarni egallashdan iborat. Talaba bilimlarni o‘qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ulami tahlil qila olishi, boshqa o‘quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo‘llay olish malakalarini ham egallashi zarur.
0‘quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o ‘stirish, tug‘ma iqtidor (iste’dod) kurtaklarini rivojlantirish, ulami barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat.
Inson hayotida o‘qish-o‘rganish jarayoni umr bo‘yi davom etadigan ijtimoiy - pedagogik hodisa. Demak, oliy o‘quv yurtida ta ’lim olish davrida talaba o‘z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o‘qibo‘rganish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. Oliy maktabda o ‘quv jarayoni — talaba bilan professoro‘qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Talaba — o ‘quv jarayonining subyekti, professor-o‘qituvchi ta’lim
jarayonining boshqaruvchisi (menejeri) hisoblanadi.
Pedagogika, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o‘quv (didaktik) jarayoni, jumladan, oliy ta’lim muassasasidagi o ‘quv jarayoni ham,
to'rtta bir-biri bilan uzviy bog‘liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir:
1-motiv-maqsad (M .M .);
2-talabaning o‘quv-biluv faoliyati ( 0 ‘.F); 3-o‘zlashtirish faoliyatini boshqarish (B);
4 -ta’limning natijasi (N).
Demak, oliy maktabda o ‘quv jarayoni (0‘.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin:
0 ‘J= M .M + 0 ‘.F+B +N .
0‘quv jarayoni qismlaridan har birida qanday maqsad (o‘quv vazifasi)ni bajarish nazarda tutilganiga qarab, ta’limtarbiya jarayonining turli texnologiyalari hosil bo‘ladi. Bunday texnologiyalar soni juda ko‘p bo’lishi mumkin.
Ta’lim-tarbiya vazifasini bajarish qulay bo‘lishi uchun mavjud texnologiyalardan qaysi birini tanlash ma’lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta’limning maqsadi (o‘quv-biluv vazifasi) va o‘quv jarayoni o'zaro bir-biriga aynan mos bo‘lishi kerak, ya’ni har bir didaktik maqsadga ma’lum bir ta ’lim-tarbiya jarayonida (darsda) erishish mumkin bo‘lgan o‘quv vazifasi qo‘yilishi
zarur.
Pedagogik texnologiyani amaliyotda qo'llash paytida moslik va jadallik prinsiplariga rioya qilinadi. Moslik prinsipi — ta’lim-tarbiya jarayoni talabaning bilim o‘zlashtirish qobilyati, xotirasi va aqliy kuchlari o‘sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o‘qishga bo‘lgan xohish va qiziqishi moslik prinsipining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jadallik prinsipi — o‘quv-biluv vazifasini tezroq va yuqoriroq darajada ro‘yobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko‘proq samaraga erishishni nazarda tutadi. Talabaning bilim o ‘zlashtirish tezligi jadallik prinsipining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
II. Talabaning o‘qish motivlari
Motiv — kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da’vat, turtki hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi m a’nolarni ham anglatadi. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, agar o‘quv ishi (o‘quv-biluv vazifasi) talaba uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo‘lsagina, Kishida unga qiziqish, motiv uyg‘onishi va ta’limning maqsadi talabaning o‘z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professor o'qituvchilar talabada o‘qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta’lim jarayonini mavjud motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zurur.
Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish —
murakkab ruhiy jarayon. Motivlarni shakllantirish malakasi
individual-shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, ta’limning maqsadi,
shart-sharoiti, vaziyati bilan o ‘qishni tashkil etish shakllari,
usullari mutanosibligini taqozo qiladi.
Talabada bilim egallashga intilish (motiv) uyg‘otish — ilg‘or, ijodkor o‘qituvchilarga xos xususiyatdir. Kishida o ‘qishga motiv hosil bo‘lgani (mavjudligi)ni ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biri — o ‘quv topshirig‘ini bajarishga tezda va astoydil kirishib ketishi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishining barqarorligidir. Talabaning bilim olish motivlari kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Motivlar o ‘z-o‘zidan paydo bo‘lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli yo'llari, usullari mavjud.
Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri — o‘quv mashg‘uloti yoki darslikdagi matnning qiziqarligidir. «Qiziqarli fizika», «qiziqarli kimyo», «mo‘jizasiz mo‘jiza» kabilar bunga misol bo‘la oladi. Demak, talabada shu fanni o ‘rganishga motiv hosil bo‘lishi uchun professor-o‘qituvchi, avvalo, o‘quv mashg‘ulotini qiziqarli, faol shakl-usullarda tashkil eta bilmog‘i lozim.
0‘quv mashg‘ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish yoki shu fanni, mavzuni o‘rganishda talaba uchun shaxsiy qimmatli, ahamiyatli o‘quv biluv vazifalarini qo‘ya bilish — motiv hosil qilish yo‘llaridan biridir.
Talaba o ‘zi tanlagan kasbini chuqurroq, puxtaroq
egallashi, kelajakda raqobatbardosh mutaxassis, jam iyatda
obro‘li kishi boMishi uchun bu predmetni yaxshi, mukammal
egallashi zarurligini anglashi ham motiv hosil qilishning
muhim usullaridan hisoblanadi.
Ta’limning maqsadi real, aniq va diagnostik bo‘lishi — motiv hosil qilishning muhim omillaridan hisoblanadi.
0‘qitish va bilim 0‘zlashtirishning maqsadi mavhum, noaniq
bo‘lsa, talaba o ‘qishga, bilim egallashga qiziqmay qo‘yadi.
Domlalar, ota-onalar uning o ‘qigisi kelmaydi deb nolib
yuradilar. Aslida bu, talabada motiv hosil bo‘lish darajasi
bo'shligidan dalolatdir. Bunday vaziyatda talaba professor o‘qituvchining talablarini to‘g‘ri tushunmay, o‘quv topshiriqlarini hafsalasiz, nomigagina bajarib yuradi.
III. Talabaning o‘quv - biluv faoliyati
Faoliyat —ijtimoiy va shaxsiy qimmatli motivlarga ko‘ra biror maqsad sari yo‘naltirilgan, o‘ziga xos usul — vositalar asosida ma’lum natija bilan yakunlanadigan xattiharakatlar tizimidir.
Pedagogik faoliyat — bu, ijtimoiy va shaxsiy qimmatli motivga ko‘ra ta ’lim-tarbiyaning aniq bir maqsadiga (0‘quvbiluv vazifasiga) yo‘naltirilgan. m a’lum vaziyat (shartsharoit)da tegishli usul — vositalar yordamida ta’limtarbiyadan kutilgan natija bilan yakunlanadigan xattiharakatlar tizimidir.
Talabaning o ‘quv-biluv faoliyati — bu, shaxsiy va ijtimoiy qimmatli motivga ko‘ra ta’lim-tarbiyaning aniq bir maqsadini (vazifasini) tegishli shakl-usul, vositalar yordamida bilib olishi (o‘zlashtirishi)ga yo‘naltirilgan ta ’lim-tarbiya natijasi bilan yakunlanadigan xatti-harakatlari majmuidir.
Bilim o‘zlashtirish talabaning o ‘quv-biluv faoliyatibilan uzviy bog‘liqligi pedagogik qonuniyatlardan biridir. Ma’lumki eski maktablarda bola bilimni faqat o‘qituvchidan eshitib o‘rganardi. Bunday ta’lim usuli samarasiz bo‘lib, uning o‘rnini ko‘rsatmali o'qitish usuli egalladi. Lekin ko‘rsatmali o‘qitish ham optimal emasligi ma’lum bo‘ldi va bilim olishda talabaning o‘quv-biluv faoliyatiga asoslanib o‘qitish usuliga o‘tildi.
Faoliyatli yondashuv ta’lim jarayonini tashkil etishning xilma-xil usullarini vujudga keltirdi. Bilim olish uchun motiv, maqsad aniq bo‘lishi bilan birga talaba o‘quv materialini tushunib o‘zlashtirib olishiga imkon beradigan o‘quv-biluv harakatlarini ham bajarishi zarur. Professoro ‘qituvchining vazifasi bilim olishning qulay yo‘lini ko‘rsatib, talabalarga uni bajartirishdan iborat.
Talaba o‘quv vazifasini (faoliyatni) shu ishni bajarish usuli haqida oldin o'zlashtirilgan (bilib olingan) axborotlar asosida bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay bajarish ta’lim - tarbiya ishi uchun to‘g‘ri
kelmaydi. Faoliyatni bajarish usuliga (qanday bajarishga) doir oldin o'zlashtirilgan axborotlarni ishlata bilish esa ayrim o'quv elementlari (boMaklari) va butun o‘quv predmeti mazmunini o'zlashtirish sifatiga ta’sir etadi. Bunda qanday harakat qilishning oldin bilib olingan mo‘ljal asosi — yo aynan oldin bajarilganidek yoki faoliyatning shart-sharoiti (vaziyati)ga qarab o‘zgartirilgan holda ishlatilishi ham mumkin.
Oldin bilib olingan axborotlardan foydalanish usuliga ko‘ra o‘quv-biluv faoliyati reproduktiv (nomahsul) va mahsuldor (produktiv) turlarga ajratiladi. Reproduktiv faoliyat mahsuldor faoliyatdan oldin keladi (bajariladi) va mahsuldor faoliyat uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Mahsuldor faoliyat reproduktiv faoliyatga asoslanadi, undan o‘sib chiqadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling