Bajardi: Abduvaliyev Abror. Gurux: 31-21 guruh


Download 1.07 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1529098
1   2
Bog'liq
Abduvaliyev Abror oliy maktab pedagogikasi (2)

Reproduktiv faoliyatda harakat qilishning oldin bilib olingan m o‘ljal asosi, uning algoritmlari va qoidalari har xil ko‘rinishlarda aynan qayta ishlab chiqiladi (ta’limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o‘xshash vaziyatlarda biroz o‘zgartirib aytishgacha). 0‘quv predm etida dastlab bilib olingan ma’lumotlarga talaba faoliyati davomida biror yangi axborot qo‘shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya’ni yaxshi tanish, sharoitlarda va aniq ko‘rsatilgan qoidalarga birfoan harakat qilish reproduktiv faoliyat hisoblanadi. Masalan, talaba ijtimoiy-gumanitar, ixtisoslik va boshqa o‘quv predmetlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmasidagi barcha masalalar (o‘quv-biluv vazifalari)ni ilgari bilib olingan qoidalar va algoritmlarga binoan bajaradi.- Bu talabaning reproduktiv faoliyatidir.
Pedagogik adabiyotlarda (masalan, V.P.Bespalkoning «Слагвемие педагогический технологии» kitobida) inson faoliyatining mumkin bo‘lgan barcha tuzilmasini, turli
masalalarni yechish qobiliyati sifatida, quyidagi to'rtta izchil o‘zlashtirish darajalari (a) shaklida taqdim etish mumkin: a-1; a-II; a-III; a-IV darajalari. Bu darajalar ta ’lim jarayonida
shu predmetdan talabaning bilim saviyasi o‘sib-yuksalibborish pillapoyalari (darajalari)ni ifodalaydi.
Rasm. Talabalarning bilim o'zlashtirish darajalari chizmasi.
(O-boshlanish nuqtasi; A- yuqorilab borish darajalari; t-vaqtni bildiradi.)
Yuqorida keltirilgan nazariyaga binoan talaba 0‘quvbiluv faoliyatining quyidagi to‘rtta darajasini ifodalash mumkin:
a). Agar ta’limning maqsadi o‘quv materialini eng quyi reproduktiv darajada (a-I darajasida) o‘rganish bo‘lsa, o‘qish talabaning reproduktiv faoliyati darajasida tashkil etiladi. Reproduktiv ta ’limda talabaning o ‘quv-biluv faoliyati professor-o'qituvchining so‘zlarini diqqat bilan tinglash yoki darslik bilan ishlashdan, yoki o‘rganilayotgan obyektlarni kuzatishdan, ko'rsatmaga binoan biror amaliy harakatni tajriba tariqasida bajarishdan iborat bo‘ladi. Bu ish-harakatni barcha o'quv elementlarini bilib olish uchun uni bir necha marta bajarish (takrorlash) - uni zarur, yuqoriroq koeffitsiyent (К -I) darajasida o‘zlashtirishga olib keladi. 0 ‘zlashtirish koeffitsiyenti 0,7 (К — I = 0,7) bo‘lsa, ya’ni talaba test vazifalari (topshiriqlari)ni 70 foizini to ‘g‘ri bajarsa, ta ’lim tugallangan (ta’limdan kutilgan natijaga erishilgan) hisoblanadi, shunda talaba ta’lim olishni davom ettirishi mumkin, chunki talabaning bilim o‘zlashtirish bo‘yicha bundan keyingi faoliyati К—I darajadan yuqorilasha boradi.b). Ta’limning maqsadi o‘zlashtirishning yuqoriroq — ikkinchi darajasida (a-II) bo‘lsa, * talabaning o‘quv-biluv faoliyati mahsuldor shaklda bo'lishi, ya’ni faoliyat, (ishharakat)ning asosiy algoritmlarini ongli va mustahkam esda qoldirishni ta’minlashi lozim. Bu darajada talaba o ‘quv materialini qayta ifodalay olishi (masalan, matematika tilida qayta ifodalashi), tanqidiy mushohada yuritishi, o‘quv topshirig‘ini bajarish variantlaridan ratsional usulni tanlay bilishi kerak. Ta’limning bu darajasida talabaga o‘quv materialidan matn, referat tayyorlash, munozarada so‘zga chiqish, ma’ruza, doklad qilish, barcha o ‘quv elementlariga oid masalalarni yechish, didaktik o‘yinlarda qatnashish tavsiya etiladi. Ikkinchi daraja pedagogik test topshiriqlarini bajarish koeffitsiyenti K -II = 0,7 bo‘lsa, bu darajadagi ta ’lim (bilim o‘zlashtirish) tugallangan hisoblanadi. d). Bilim o‘zlashtirishning uchinchi darajasi' (a-IIT)ga erishish uchun talabaning o‘quv-biluv faoliyati tadqiqiy, evristik shaklda tashkil etiladi. Buning uchun talaba shu predm etdan o‘quv materialini aw al birinchi (a-I) va so‘ngra ikkinchi (a-II) darajalarida o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Ta’limning a-III darajasida talabadan muammoli ta’lim, ish o‘yinlari, biror o‘quv vazifasini real mo‘ljallash (loyihalashtirish) kabi didaktik vazifalarni bajarishi talab etiladi. e). Ta’limning maqsadi to ‘rtinchi ijodiy darajada (a-IV) o‘zlashtirishni ko‘zlaganda, masalan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda o‘quv jarayoni tadqiqot natijalari va m etodikasini tahlil qilish bo'yicha munozaralar, muammoli vazifalarni qo‘ya bilish, individual ham da jam oa bo‘lib tadqiqot ishlarini bajarish kabi shakllarda tashkil etiladi.
IV. 0 ‘quv- biluv faoliyatini boshqarish nazariyalari
Talabaning o ‘quv-biluv faoliyati, bilim o‘zlashtirishining sifati quyidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bosqichlardan
iborat:
— o ‘quv vazifasini to‘la idrok etish;
— o ‘quv vazifasini anglash, o‘quv elementlarining muhim
belgilari va aloqalarini umumlashtirish;
— o‘quv materialini esda saqlash, aytib berish;
— bilimlarini amaliyotda va boshqa o‘quv vazifalarini
bajarishda qoMlash.
0 ‘quv-biluv faoliyatini boshqarish zarurligi insonning bilimni (o‘quv-vazifasini) o ‘zlashtirish xususiyatidan kelib chiqadi. Ayrim talabalar o‘quv materialini idrok etishlaribilanoq, ya’ni o‘zlashtirishning quyi darajasida 0,5
koeffitsiyentida (K -I=0,5 boMganda) yoq «bilib oldim» deb hisoblaydilar, aldanish sodir bo‘ladi va bunda talabaning keyingi o‘quv-biluv faoliyati samarasiz bo‘ladi. Shuning uchun ham mo‘ljallangan barcha ish-harakatlami talaba to ‘liq bajaiganini, o‘zlashtirish sifatini nazorat qilib borish, bajarish amallarida yo‘l qo'yilgan xatolami o‘z vaqtida tuzatib borish zarur.
Bilim o‘zlashtirish jarayonini boshqarishning eng oddiy usuli o‘zlashtirish sifatini test savollari (topshiriqlari) vositasida vaqti-vaqti bilan nazorat qilib, tekshirib borishdir: har bir mavzuni o'rganayotganda nazorat vaqti va usuli (test, amaliy ish kabilar) oldindan belgilab qo‘yilishi, ya’ni o‘quv jarayonining natijasi standartlashtirilishi, shu bilan birga o‘qituvchining ijodiy ishlash imkoniyati ham saqlanishi lozim.
Bilim o‘zlashtirish jarayonida talaba bajaradigan ishharakatlar turli ta’lim nazariyalariga binoan o ‘qituvchining tushuntirishi yoki darslikdagi ko‘rsatmaga asoslanadi.
0‘qituvchi qaysi nazariyaga asoslanayotganini, ko'pincha, o‘zi aniq ayta olmasligi mumkin. Pedagogika, psixologiya fanlarida quyidagi ta’lim nazariyalari mavjud:
— rivojlantiruvchi ta’lim;
— muammoli ta’lim;
— dasturlashtirilgan ta’lim;
— o‘quv faoliyatini faollashtirish nazariyasi;
— aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish
nazariyasi;
— bixeviorizm ta’limoti;
— oddiy niuloqot nazariyasi va boshqalar.
5. 0 ‘quv-biluv faoliyatining umumiy formulasi 0‘zlashtirishning (ta’limning) turli nazariyalari va faraziyalariga 1 binoan bajariladigan izchil harakatlar tizimidan iborat, ya’ni bo‘lak-bo‘lak o'quv-biluv harakatlarining izchilligi — shunazariya asosida bajarish algoritmini hosil qiladi. 0 ‘quv-biluv harakatlarini bajarish algoritmining har bir qismi o‘quv jarayonida o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha qat’iy qoidalarga binoan bajariladigan izchil harakatlardir. Harakatlarning har biri va uning mazmuni bilim o‘zlashtirish jarayoni asoslanadigan nazariyaga bog'liq. Bilim o‘zlashtirish nazariyasini tanlash usuli va sifat mezoni o‘qituvchining
o‘qitish faoliyati uchun mo‘ljal bo‘lib, uning pedagogic texnologiyasi (mahorati)ni tavsiflaydi. Quyida ta ’lim nazariyalaridan ikkitasini (aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini va bixeviorizm ta ’limotini) algoritmlar shaklida ifodalab keltiramiz.
Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasiga ko‘ra, bilim o‘zlashtirish jarayoni talabaning o‘quv-biluv faoliyati sifatida qaraladi, aqliy harakatlar (amallar) shaklida ijro etiladi, u har bir mashqda (o‘quv vazifasini bajarishda) bitta yoki bir nechta aqliy amallardan iborat bo‘lib, m a’lum izchillikda bajariladi:
a). Bilim o‘zlashtirish paytida talabaning dastlabki mo‘ljal harakati (M .H .) bajariladigan o‘quv ishining qoida, usullarini va shu qoidaga binoan o‘quv vazifasini bajarishni m o‘ljallab olishdan iborat. Ta’lim nazariyasida o'quv vazifasini bajarish uchun aqliy amallar (harakatlarni) qanday tartibda, qaysi izchillikda bajarish tavsiya etiladi (maxsus kartochka yoki qo‘llanmada).
Bu kartochkalar (qo‘llanmalar) yordamida talaba aqliy amallarni bajarib, o‘quv materialini o‘zlashtira boradi. Aqliy
harakatlarni bu tariqa moddiylashtirish darslikda matn, karta, sxema tarzida berilishi ham mumkin.
b). Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida talabaning ijrochilik faoliyati (I.F.) o ‘quv-biluv harakati turli shakllarining izchil, bosqichma-bosqich almashinuvi shaklida bo'ladi, ya’ni tashqi moddiy harakatlar (M .H .)dan boshlanib, ichki va tashqi nutq (N.) orqali, aqliy harakatlar (A.H) shaklida tashkil etiladi. Algoritmik harakatlarning bu ko‘rinishini matematika ko‘rinishdaquyidagicha ifodalash mumkin: IF = M H + N + A H .
7. Bixeviorizm ta ’limotiga ko‘ra bilim o‘zlashtirishning umumiy formulasi tubandagicha: S —> R —> P. Bunda, S—stimul, harakat qilishga undovchi sabab yoki harakat qilish lozim bo‘ladigan vaziyat, ya’ni o ‘quv vazifasini bajarishning shartlari, savol, signal kabilar stimul bo‘lishi mumkin. R — reaksiya, ya’ni stimulga javob harakati, savolga javob berish, sharti bo'yicha masalani yechish, jismoniy harakat kabilar reaksiya hisoblanadi. R—javob harakatining to ‘g‘riligini m a’qullash, rag‘batlantirish, ish-harakat to ‘g‘ri bajarilganini tasdiqlash, moddiy yoki m a’naviy rag‘batlantirish yo‘li bilan bildiriladi. Bixevioristlarning fikricha, bolaga ta ’lim berayotganda og‘zaki m a’qullash, baho (ball) qo‘yish; bosh, qo‘l, ko‘z harakati bilan tasdiqlash kabilar shunga kiradi. R—ma’qullash, rag‘batlantirish bixevioristlar hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib ishlab chiqqan o‘zlashtirish formulasida juda muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan saytlar ro`yxati.

  • www.ta’lim.uz
  • www.yoshlar.uz
  • www.ziyonet.uz

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling