Avtoservis xizmatini sifatini oshiruvchi va rag'batlantiruvchi omillar Reja
Download 69 Kb.
|
1444186740 61847
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat va maxsulotlarni sertifikatsiyalash.
Avtoservis xizmatini sifatini oshiruvchi va rag'batlantiruvchi omillar Reja: Avtoservis xizmatlari sifati tо‘g’risida tushunchalar. Xizmatlar sifatini kafolatlovchi Davlat va tarmoq standartlari. Korxonalarning sifat standartlarini ta’minlashga yо‘naltirilgan chora-tadbirlari. Xizmat va maxsulotlarni sertifikatsiyalash. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga chidash va unda muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qо‘yilgan tovarni (molni) yoki xizmatning yuqori sifatli bо‘lishi va bunga beriladigan kafolatlardir. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan mustasno emas, chunki mijozlar avtomobillariga kо‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati xizmat kо‘rsatuvchilarning bozordagi, tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatlari garovidir. Xizmat kо‘rsatish sohasida, jumladan avtoservis xizmatida ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari mijozlarga qilinadigan muomala madaniyati va qulayliklardan iboratdir. Masalan, “О‘zDEUAvto Ko” korporatsiyasi avtoservisni quyidagicha ta’riflaydi: “Servis - bu sifat bо‘lib, mijozlar talablarini tо‘la qondirishga yо‘naltirilgan turli, mumkin bо‘lgan qulayliklardir” yoki “... eng muhim vazifa mijoz avtomobili eng yaxshi xususiyatlarga ega bо‘lish uchun nimalar qilmoqni aniqlashdir”. Bu satrlar avtomobillarda bajariladigan ishlarning sifati qatori ular egalariga kо‘rsatiladigan turli qulayliklar va hizmatlarni muhimligi servis nuqtai nazaridan ta’kidlanadi. Shu narsani aytish lozimki, yaqin о‘tmishimizda, bizning servisimiz avtomobillarga xizmat kо‘rsatishda ma’lum bir darajadagi, garchi yuqori bо‘lmasa ham, sifatni ta’minlab kelgan bо‘lsa-da, ular egalari-mijozlar extiyojlari butunlay tan olinmagan, ular uchun hatto oddiy qulayliklar yaratilmagan, kerakli ma’lumotlar berilmagan. Hozirgi paytda bu sohadagi ahvol asta tuzatilib kelinyapti, ammo talablar darajasidan hali yiroq, о‘tmishning illatlari barham topganicha yо‘q. Avtomobillarda texnik xizmat yoki ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar faqat shunday holatlarda sifatli deb tan olinadi-ki, qachonki о‘sha ishlar texnik hujjatlarda kо‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilgan hollardagina bajarilsa! Masalan, avtomobil motori bloki kallagini qotirish alyuminiy qotishmasidan bо‘lgan bloklarda sovuq holda bо‘lganlarida bajarilsa, chо‘yan qotishmasidan tayyorlangan bloklarda issiq holatlarida qotiriladi (bu texnik shart), qotirishni о‘rtadagi shpilkadan boshlab shaxmat usulida tortiladi(bu texnologik talab), tortish kuchi, momentli GAZ-53 motori uchun 67-72 Nm, Zil-130- 70-90 Nm va GAZ-24 motorlari uchun 73-78 Nm bо‘lishi zarur (bu texnik talab). Xо‘sh, TX va ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchining bu talablardan xabari bormi? Shu talablar darajasida ish bajara oladimi? Bunga sharoit bormi? Nihoyat, buni kim nazorat qiladi? Kim unga kafolat beradi? Shunga о‘xshash savollar juda kо‘p, yana ma’lum darajadagi mehnat unumdorligini ta’minlash talab etiladi. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilish va bir vaqtning о‘zida bajarilayotgan ishlarning yuqori unumdorligini ta’minlash juda murakkab masala bо‘lib, kо‘pdan-kо‘p omillarga bo\liq bо‘lganligi sababli sifat muammosini yechish oson bо‘lmaydi. Har bir sohadagi kabi avtoservis xizmat kо‘rsatishda ham sifat muammosini yechishda har tomonlama yondoshish (sistemnо‘y podxod) talab etiladi, ya’ni bir necha о‘zaro bo\lik bо‘lgan masalalarni ketma-ket yoki parallel ravishda hal etish zaruriyati paydo bо‘ladi. TX va ta’mirlash ishlari sifatini shakllantiruvchi omillar: 1. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash; 2. Moddiy-texnika ta’minoti; 3. Kadrlarni tayyorlash va doimo о‘qitish; 4. Metrologik ta’minot; 5. Xizmat sifatiga bо‘lgan talablarni meyorlashtirish (normalashti-rish) va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish; 6. Xizmatni attestatsiyadan о‘tkazish (sertifikatsiya); 7. Xizmat sifatini yaxshilashni ra\batlantirish; 8. Xizmat sifatini boshqarishni huquqiy ta’minlash; 9. Davlat tomonidan davlat standartlari joriy etilishi, unga rioya etilishini va texnik shartlar, texnik о‘lchov vositalar holatini nazorat qilish; 10. Xizmat sifatini muassasalar (mahkamalar) tomonidan nazorat qilish; 11. Tizimni ma’lumot (axborot) bilan ta’minlash. Shu kо‘rsatilgan barcha yо‘nalishlar bо‘yicha korxonada ishlab chiqarish standartlari tuziladi va ularda о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha bajariladigan tadbirlar, bajaruvchi bо‘limlar va ijrochilar aniq kо‘rsatiladi. Har qanday kо‘rsatiladigan xizmat sifatiga mijozlar qо‘yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettiriladi va shu holatdagina ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. О‘zbekistonda bunday qonunlar hozircha ikkita: ”Istemolchilar xuquqini ximoya qilish tо‘\risidagi qonun» (1996 yil may oyida qabul qilingan) va “Tovarlar va xizmatlarni sertifikatsiya qilish tо‘\risidagi qonun». Birinchi qonunda tovar (mol) ishlab chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar bilan iste’molchilar, mijozlarning о‘zaro haq-huquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda keltirilgan. Ikkinchi qonunda esa tovarni yoki xizmatni sertifikatsiya qilish, ya’ni ularni barcha talablar, standartlar asosida tayyorlanganligi yoki bajarilganligini davlat tomonidan tasdiqlash va shunga hujjat yoki belgi olish tartiblari keltirilgan. Bu qonunlardan tashqari davlatning yana bir qancha standartlari (GOSTlari) mavjud bо‘lib, ular xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni asrash,ekologik talablaridan kelib chiqadi, masalan, avtomobil gabaritlari, chiroqlari, signalizatsiya, boshqaruv organlariga qо‘yilgan standartlar shular jumlasidandir. Avtoservis korxonasidagi xizmat sifatini baholash borasida ma’lum davriylikda mijozlardan so’rov o’tkazib turiladi va uning natijalari bo’yicha xizmat ko’rsatishdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, ular oldingi erishilgan natijalar bilan solishtirib ko’rilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish uchun korxonada quyidagi tadbirlar oshirilishi maqsadga muvofiq: Korxonada barcha ishchi-xodimlar uchun qat’iy rioya qilinadigan yagona xizmat qoidalari bo’lishi va unga amal qilinishi; Korxona tomonidan o’z ishchi-xodimlariga aniq va ravshan talablar qo’yish; Ishchi xodimlarni muttasil o’qitish, malakalarini oshirish; Ishchi xodimlarni o’z korxonasi, firmasiga sadoqatli ruhda tarbiyalash. Ijodga yo’l ochish; Ishchi xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish Shuningdek, muassasalar (maxkamalar) va sohalarning о‘z standartlari mavjud. Bular avtomobillar ishlab chiqaruvchi firmalarning о‘z maxsulotlari va ularga texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlashda qо‘llaniladigan turli qoidalar, nizomlar, texnik talablar, shartlar, texnologik intizom va hokazolardir. Yuqorida keltirilgan davlat qonunlari,standartlari, soha va muassasalarning talablari va standartlari asosida avtoservis xizmati kо‘rsatuvchi korxonalar xizmat sifatini ta’minlash va uni talablar darajasida barqaror ushlab turish maqsadida aytib о‘tilgan yо‘nalishlar bо‘yicha о‘z standartlarini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatiga qо‘yiladigan barcha huquqiy va meyoriy hujjatlar tizimini quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin (rasm-4). I
– bо‘g‘in Тармо=, муассасалар стандартлари, =оидалари ва талаблари (ГОСТлар, низомлар, =ылланмалар ва х.к.) II-bо‘g‘in
III-bо‘g‘in
Мижозлар учун хизмат сифатини кафолатловчи кырсатмалар
Бузилмай ишланган ресурслари ва юрган йыллар, кунлар ва щоказо Rasm 4. Avtoservis xizmatini xuquqiy va meyoriy ta’minlovchi xujjatlar tizimi О‘zbekistonda ikkinchi bо‘\inda («О‘zavtosanoat» korporatsiyasi) tomonidan «О‘zDEU avto» avtomobillariga texnik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash tо‘g‘risidagi nizomi» va «Aholi avtomobillariga xizmat kо‘rsatish qoidalari» ishlab chiqilgan. Nizomda avtomobillar texnik xizmati va ta’mirlashlar asoslari va meyorlari, va shuningdek ularni avtotexxizmat korxonalarida tashkil etish bо‘yicha tavsiyanomalar keltiriladi. Nizom asosi qilib avtomobillar texnik holatini ta’minlovchi ma’lum bir strategiya tanlab olinadi. qoidada esa mijoz bilan bajaruvchi-ijrochi orasidagi aloqalarni, tartiblarni huquqiy meyorlari keltiriladi. qoidadan, xususan, shularni keltirish mumkin: buyurtmani bajarish muddati: -TX va davlat texnik qaroviga tayyorlash - 2 kun; -Joriy ta’mirlash - 15 kunga qadar; -Kuzovni tо‘la bо‘yash (eskisini olib tashlab) - 15 kunga qadar; -Kuzovni tо‘la tiklash va bо‘yash - 45 kunga qadar; Sifat kafolati: TX - kamida 10 kun; avtomobil, agregat, uzelning joriy ta’miri - 30 kun; Kuzovni bо‘yash - 6 oy Agregatni tubdan ta’mirlash - 6 oy,( bosgan yо‘li 15 ming kmga) qadar; Huquqiy - meyoriy hujjatlar kо‘p bо‘lgani bilan amalda sifat masalasida kо‘p muammolar tо‘la hal bо‘lganicha yо‘q. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling