O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Sanoat Farmatsiyasi Fakulteti
301-A guruh talabasi SHarofiddinov Jasurbekning
Biologik faol moddalar fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Plantaglyutsid va urodan granulalarini sifatini baholash.
REJA:
1. Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari
2. Aminokislotalarni kimyoviy sintez asosida ajratib olish
3. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish
4. Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish
-
Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning istiqbollari
Hozirgi paytda butun dunyoda aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga alohida e`tibor berilmoqda. Aminokislotalarni yyetarli miqdorda ishlab chiqarish ular asosida hayvonlar uchun yem-oziqa va insoniyat uchun oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashning cheksiz imkoniyatlari paydo bo`ldi. Ratsion tarkibida u yoki bu aminokislotaning, ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalarning yetishmasligi yoki umuman bo`lmasligi organizmning o`sishi va rivojlanishiga o`ta salbiy ta`sir ko`rsatadi. Almashinmaydigan aminokislotalar jumlasiga: arginin, gistidin, lizin, leysin, izoleysin, serin, treonin, metionin, triptofan, fenilalaninlar kiradi. Hayvon ratsioni tarkibiga yetishmaydigan aminokislotadan foizning juda kam miqdordagi ulushini qo`shib berish yem-oziqa oqsilini oziqa qimmatini 2 martaga oshiradi. Jahonda hozirgi kunda sanoat miqyosida aminokislotalarni ishlab chiqarish 400 ming tonnadan oshib ketdi. Har yili jahonda 220 ming t glutamin kislota, 160 ming t metionin, 50 ming t lizin, 7 ming t glitsin, 100-200 ming t triptofan ishlab chiqarilmoqda. yem-oziqa va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda leysin, izoleysin, prolin, treonin va boshqa aminokislotalarga bo`lgan talab yuqori (130 ming t) bo`lishiga qaramay, bu aminokislotalar kamroq miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda jahon amaliyotida ishlab chiqariladigan jami aminokislotalarning 60 % mikrobiologik uslubda ishlab chiqarilmoqda. Kelajak istiqbolda L-aminokislotalar ishlab chiqarishning mikrobiologik uslubi yanada keng quloch yoyadi. Bu uslubda aminokislotalar ajratib olish boshqa uslublarga qaraganda texnik-iqtisodiy jihatdan ancha qulay, hamda bu uslub bir sanoat korxonasining o`zida induvidual aminokislotalarni yuqori tozalikda, shuningdek ularni ham oziq-ovqat, ham yemoziqa, ham tibbiy maqsadlarda ishlatish mumkin bo`ladi. Bugungi kunda metionin, glutamin kislota, lizin, triptofan, treonin, glitsin va qator boshqa aminokislotalarning D, L-shakllarini sanoat miqyosida ajratib olish ishlari yo`lga qo`yilgan. Zamonaviy texnologiyalar individual aminokislotalarni juda yuqori samara bilan hamda, yuqori darajadagi kimyoviy tozalikda ishlab chiqarish imkonini beradi. Lekin bu uslubning kamchiligi shundaki, olinadigan mahsulotni ko`p tonnali miqdorda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yib bo`lmaydi. Odatda yem-oziqa va oziq-ovqat maqsadlarida ajratib olinadigan aminokislotalar faqat L-shaklda bo`lishi shart. Mikrobiologik uslubda ishlab chiqariladigan aminokislotalar rasemat holatda, ya`ni mahsulot tarzida ajratib olingan aminokislotalarning D, L –shakllarini aralashmalaridan iborat bo`ladi. Bu aminokislotalar aralashmasidan L-shakllarini ajratib olish juda murakkab jarayon hisoblanadi, hamda bu ishni amalga oshirish ancha qimmatga tushadi. Tayyor mahsulot tarkibida D-shakldagi aminokislotalarning bo`lishi maqsadga muvofiq emas, chunki ular odam va hayvon organizmi tomonidan o`zlashtirilmaydi, ularning ba`zilari esa organizm uchun zaharli bo`ladi. Bu qoidadan glitsin va metionin mustasno bo`lib, glitsinning optik izomeri yo`q, metioninning har ikkala izomeri ham odam va hayvonlar tomonidan bir xil o`zlashtiriladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |