O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat Farmatsiyasi Fakulteti


Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish


Download 205.69 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi205.69 Kb.
#200107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BFM Mustaqil ish

Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish

Bugungi kunda aminokislotalarni ajratib olinishini hamma uslublari orasida mikrobiologik uslubga ko`proq e`tibor beriladi. Bu uslubning ustunligi shundaki, unda kimyoviy biosintez uchun xos bo`lgan kamchiliklar uchramaydi va ajratib olinadigan aminokislotalar biologik faol, ya`ni L-shaklda olinadi. Bu narsa chorvachilik uchun yem-oziqa tarkibiga qo`shib beriladigan texnik preparatni ajratish va tozalash imkonini beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil qilish ikki xil texnik sxema asosida amalga oshirilishi mumkin. Ular bir biridan asosan mikrob o`stirilgan suyuqlikni olish bosqichlari bilan farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda (bir bosqichli uslubda) olinadi. Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim bo`lgan aminokislotani mikrob hujayralarida, uni sintezlanishi uchun xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu o`rinda manba sifatida xizmat qiladigan moddani hosil qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda tegishli aminokislotagacha transformatsiyalaydi. Bunda sanoat miqyosida fermentlarning produsenti (mikroorganizmlar biomassasi) ni o`stiriladi. Biomassani mikrob o`stirilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita transformatsiya uchun foydalaniladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizikkimyoviy, kimyoviy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan so`ng foydalaniladi Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikroorganizm tomonidan ishlab chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani sintezlanishi uchun xizmat qiluvchi moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi.
Download 205.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling