Natriy L-glutamatni akrilnitritdan ajratib olish
Bu uslubda olingan rasemat ikkala optik izomerlarni alohida olingan toza shaklidagiga nisbatan suvda yaxshiroq eriydi, Shu sababli to`yingan eritma tarkibidagi L-shaklni ajratib olish uchun aralashmaga natriy L-glutamat kristallari qo`shiladi.
Siklogeksanondan L-lizinni ajratib olish
Bu uslub asosida olingan lizinning D va L- shakllarini bir biridan ajratib olish uchun ularning tuzli aralashmalariga L- vino kislota qo`shib o`zaro ta`sirlantiriladi. D-lizin va vino kislotaning tuzlari suvda kamroq eriydi. Shu xossadan foydalanib Dva L-lizinlar bir biridan ajratiladi. Bundan keyin lizinning L-shaklini vino kislotadan ajratish uchun kolonkada ion-almashinuv xromatografiyasi o`tkaziladi. Ajralib qolgan D-lizin salitsil aldegid bilan o`zaro ta`sirlantirilib qaytadan rasematsiyalash uchun qaytadan qurilmaga yo`naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |