Tilshunoslik asoslari 1-mashg’ulot
Download 183 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-BLOK TEST TOPSHIRIQLARI 1.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti o’zbek tili va adabiyoti fakulteti 108-guruh talabasi Madina Tolibova Tilshunoslik asoslari 1-mashg’ulot: Bilish, Ilmiy bilish va uning turlari/bosqichlari
1. Ilmiy bilish nima? Ilmiy bilish – maxsus metod va usullar asosida borliq haqida bilim hosil qilish. 2. Ilmiy bilish qanday bosqichlardan iborat? Ilmiy bilishning navbatma-navbat takrorlanib turuvchi ikki turi farqlanadi: a) fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish; b) nazariy (idrokiy, mantiqiy, aqliy) bilish. Birinchi bosqichda o’rganilayotgan narsaning tashqi xususiyatlari, belgilari kuzatiladi, aniqlanadi va tasvirlanadi. Ikkinchi bosqichda esa birinchi bosqichda olingan bilimlar yordamida xulosalar chiqarilib, u mantiqiy qayta to’ldiriladi. Bu ikki bosqich bir-birisiz ro’yobga chiqmaydi. 3. UMIS va AHVO tushunchalarini sharhlang. AHVO–borliq hodisalari zamirida yotgan UMIS( umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) asosida namoyon bo‘ladigan( alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) 4. “Ko’rlar va fil hikoyati”ning bilishdagi ahamiyati nima? Bu hikoyatda tasvirlangan voqealar empirik bilish va nazariy bilish o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni isbotlamoqda. Chunki ko’r odam paypaslab bo’lsa ham fahmiy tasavvur hosil qila oldi, lekin uni to’liq o’rganib, to’liq tushuncha hosil qila olmadi. Ko’zi ojizlar AHVOni aniqlashdi, orif esa AHVO asosida UMISni tikladi 5. Tildagi UMIS va AHVOning xususiyatlari haqida gapiring. AHVOning umumlashmasi UMIS hisoblanadi. Tilimizda AHVOlar juda ko’p, rang-barang bo’lsa ham, ongimizda ularning umumlashmasi, ya’ni UMISi bor. UMIS-nomoddiy, takror, chekli;
AHVO-moddiy, betakror, cheksiz 6. Ongli va ongsiz bilish qanday farqlanadi? Ongsiz bilish sezgi a’zolarimiz yordamida o’zlashtiriladigan tushuncha va tasavvurlar hisoblanadi. Ongli bilishda esa, o’z nomi bilan, ong ishtirokida mantiqiy o’rganilgan, tavsif va tasniflangan bilim hisoblanadi. 7. Ko’chadagi shovqinni eshitdik. Bu ongli bilishmi yoki ongsiz? Ongsiz bilish, bunda sezgi a’zosi yordamida ma’lumot olindi 8. Tinglash va eshitish qanday farqlarga ega? Tinglash so’zidan farqli ravishda eshitish so’zi diqqatni jamlash va diqqatni jalb qilish ma’nolarini anglatmaydi.
gapda qanday nuqsonni sezdingiz? Diqqatni jamlab quloq solish ma’nosida kelgan bu gapda eshityapmiz emas, tinglayapmiz so’zi ishlatilishi kerak edi 10.Empirik so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima? Amaliy, tajribaviy, fahmiy 11.Navoiy g‘azali va Navoiyning g‘azali birikmalari ma’nosida qanday farq bor? Navoiy g’azali birikmasida umumiylik, Navoiyning g’azali birikmasida alohidalik, ta’kidlanish ma’nosi bor. 12.Kitobni keltir va kitob keltir birikmalari mazmunida qanday farq mavjud?
Kitob keltir birikmasida umumiylik, kitobni keltir birikmasida alohidalik bor. Qisqacha aytganda, belgisiz qo’llangan kelishik bilan birga kelgan birikmalarni UMIS, belgili qo’llangan kelishik bilan birga kelgan birikmalarni AHVO deb ta’riflasak bo’ladi
a)
Ikki kishini kuzatib, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang O’xshash: Kiyimi va poyafzallari o’xshash, soch rangi qora Farqli: Tashqi ko’rinishida farq mavjud. Birining bo’yi novcharoq, ko’zining rangi jigarrang, biri nisbatan pastroq, ko’zining rangi qora b) ruchka va qalamni olib, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang. O’xshash:ikkalasi ham yozishga xizmat qiladi Farqli: xususiyati va tarkibiy qismida farq bor. Qalam yog’och va grafitdan, ruchka shisha va siyohdan tashkil topgan. c) ruchka va stul orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang O’xshash: materiali o’xshash Farqli: vazifasi ayricha d) eshikning oshiq-moshig‘i bilan kalit va qulf orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang O’xshash: ikkalasi ham eshik uchun, xavfsizlik va qulaylik uchun xizmat qiladi, tashqi ta’sir asosida o’zgarish, ya’ni ochilib-yopilish xususiyatiga ega Farqli: shaklda farq bor.
a) “Ey har sorikim qilib tajalli, Ul mazhar o‘lib jahonda Layli” baytining badiiy mazmunini sharhlang Alloh o’z jamolidan bir parchasini bu yer yuziga sochib yuborganida u Laylining yuzida makon topdi. b) “Ey har sorikim qilib tajalli, Ul mazhar o‘lib jahonda Layli” baytining botiniy mazmunini sharhlang Baytda Alloh o’z jamolini sochganida Layli Allohning makoniga, mazhariga qiyos etilgan. Ya’ni Alloh Laylini shu darajada go’zal qilib yaratganki, uning go’zal makoni go’yo Laylining yuzida o’z ifodasini topgan.
Vaslingda ishratxu berur, ayshu tarab marg‘u berur, Sensiz manga matlu berur tanga alam jonga ano. Bordur Navoiy bekase, ishqingda andoq kimxase, Chun o‘rtading oni base, kuydurma do‘zaxda yano. 1-topshiriq. G‘azalni ruknlarga ajratib, vaznini aniqlang. Ey yetti man/zar tarhig‘a/ me’mori sun’/ingdin bino,/ --V-/--V-/--V-/--V- Rajazi musammani solim 2-topshiriq. G‘azal baytlarining badiiy mazmunini lug‘atdan foydalanib sharhlang. 1-baytda diniy atamalardan unumli foydalanilgan. Ey yetti manzar undalmasi, fikrimcha, osmonning yetti qavatiga ishora qilgan. 2-baytda jinsi bashar, ya’ni olam ahli sening borligingdan ogoh emas, Quyosh-dargohingning bir xoki, tuprog’idir. Ko’k madhi 7 ota (7 qavatligiga ishora), va 4 ona(4 tomonga ishora)dan iborat, deyilgan. 3-bayt “Seni faqir ahli ko’rmoqni xohlaydi, g’ino ahli ham senga toatdadir, lekin furqating(ayriliq)da seni qaysi biri yod etmoqda. 4-bayt “Ishqing devona qiladi, shavqing farzoa qiladi, ag’yordan begona qilib, sen ham meni o’zingga oshino qil” 5-bayt “Vasling, aysh-u arabing ham go’zal, biroq tangaday alam jonimni yondirib, kul qiladi” 6-bayt “Navoiy o’zi bir bekas, g’arib edi, ishqingda xasday kuydirding, endi uni xatoga boshlab, do’zax o‘tida ham yondirma”
TEST TOPSHIRIQLARI 1.Ilmiy bilishning ikki bosqichi: A) fahmiy, nominal *B) fahmiy, nazariy C) aqliy, nazariy D) ratsional, nazariy 2.UMIS: *A) umumiylik, mohiyat imkoniyat, sabab B) umumiylik, muhimlik, imkoniyat, sabab C) universallik, mohiyat imkoniyat, sabab D) umumiylik, mohiyat ixchamlik, sabab
vaqtiylik, oqibat C) yakkalik, hodisa, voqelik, ochiqlik *D) alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat
Download 183 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling