Mundarija kirish


Download 0.59 Mb.
bet1/13
Sana22.07.2020
Hajmi0.59 Mb.
#124560
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 535752047249588245


MUNDARIJA


Kirish …………………………………………………………………………….

3

1.BOB.

AES kriptoalgaritmining tahlili va tadbiqi ……………………….

5




    1. Masala holatini aniqlash ………………………………………

5




    1. AES kriptoalgaritmi ………………………………………….

5




      1. AES kriptoalgaritmi tarixi……………………………………..

5




      1. AES kriptoalgaritmining matematik asosi ……………………

6




      1. AES standarti tahlili …………………………………………..

21

2.BOB.

AES kriptoalgaritmining dasturiy modulini shlab chiqish ..........

26




2.1. Shifrlash algaritmining blok sxemasi …………………………..

26




2.2. Deshifrlash algaritmining blok sxemasi ………………………..

28




2.3. AES kriptoalgaritmining dasturiy moduli ………………………

31

XULOSA …………………………………………………………………...........

34

ADABIYOT ……………………………………………………………………..

35

ILOVALAR ………………………………………………………………..........

36

KIRISH

Qadimgi shifrlash uslublari har-xil jadvallarga asoslangan bo‘lib, bu jadvallar ma'lumotlar matnidagi alfavit belgilarining ma'lum tartibdagi o‘rin almashtirishlarini ifodalovchi oddiy amallardan iborat bo‘lgan. Bunda kalit vazifasini jadvalning o‘lchami, alfavit belgilarining almashtirilishini taminlovchi biror aniq jumla yoki jadvalning o‘rin almashtirishlarini tartiblovchi alohidalik xususiyati va shu kabilar o‘tagan.

Ma'lumotlarni shifrlab muhofaza qilishning turli maqsadlarda qo‘llanib rivojlanib borishi, shifrlash uslublarining foydalanuvchilar tomonidan aloqa tarmoqlarida qo‘llash uchun qulay bo‘lishini talab qilinishi bilan birga, uning bardoshliligiga bo‘lgan talabning ham kuchayishiga olib keldi. XIX asrda aloqa kommunikasiyalarining rivojlanib borishi, tabiiy ravishda, shifrlash jarayonlarini avtomatlashtirilishini talab eta boshladi. Telegraf aloqa sistemalari vujudga keldi va ular ham, o‘z navbatida, ma'lumotlarni shifrlashni talab eta boshladi. Maxsus g‘ildirak ko‘rinishidagi, sonli shifrlash qurilmasi 1790 yilda Amerika qo‘shma Shtatlarining (AQSh) davlat kotibi, keyinchalik esa AQShning uchinchi Prezidenti Tomas Jefferson tomonidan yaratilgan va shunga o‘xshash sonli shifrlash qurilmalari ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin ham AQSh qurolli kuchlarida qo‘llanilib kelingan.

O`zbekistonda ham mustaqillikdan so`ng axborot texnologiyalariga bo`lgan talabning ortishi natijasida axborot texnologiyalarini har bir sohasiga keng etibor berildi. Shu jumladan axborot xavfsizligi sohasida ham. Bu sohada hozirda ko`zga ko`rinarli ishlar qilinyapti. Bularga misol qilib O`zbekistonni axorotni himoya qilish standartini olishimiz mumkin. Bu axborot xavfsizligini kriptografiya bo`limiga tegishli bo`lib bu bo`lim axborot xavfsizligiga muhum ahamiyat kasb etadi. Hozirda ma`lumotlarni qimmatlilik darajasi oshgan, shuning uchun axborotlarni uzatishda ularni shifrlab uzatish muhim ahamiyat kasab etadi.

Bu kurs ishi mavzusi AQSH davlat axborotni himoyalash standarti bo`lgan, AES(Advanced Encryption Standard) shifrlash standartidir. Bu standart AQSH oldingi standarti DES o`rniga ishlatilyapti. Bu kurs ishini vazifasi AES shifrlash algaritmining tahlili va tadqiqiga bag`ishlangan. Bu standart asosini Rijndael shifrlash algoritmi tashkil etadi. Bu stansartni o`rganishdan maqsad bu standart qimmati bilan o`zaro bog`liqdir. Chunki bu standart ma`lumotlarni uzatishda o`zining xavfsizlik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Hozirda bundan bo`lak bu algaritm qimmatli ma`lumotlarga ega bo`lgan korxona va firmalarda ham ma`lumot uzatishda foydalanib kelinyapti.

Bu standartni o`rganish davomida maqsad qilib ko`p narsalarni qo`yilgan. Chunki bu standartni o`rganib chiqqan mutaxasis o`zining shifrlash standartini tuzishga va ularda bo`ladigan jarayonlarni tushunishga harakat qiladi. Bu kurs ishi mavzusini dolzarbligiga keladigan bo`lsak hozirda ma`lumotlarni qimmatlilik oshga bir davrda shifrlash algaritmlariga muhtojlik sezamiz. Bu shifrlash algaritmi esa o`zining kriptobardoshliligi yuqoriligi bilan boshqalari orasida ajralib turadi.



1.BOB. AES KRIPTOALGARITMINING TAHLILI VA TADBIQI

1.1. Masala holatini aniqlash

Masala sharti AES shirlash standartini tahlili va tadbiqiga bag`ishlangan. Bu ishni bajarish uchun, yani tahlilash ishini ikki bosqichda amalga oshirishga harakat qildim. Bunda biz dastlab uning matematik tomondan tahlil qilamiz va tuzulishini o`rganib chiqamiz. So`ngra esa uning boshqa algaritmlar bilan solishtirgandagi natijalari bilan taqqoslaymiz. Oxirida AES shifrlash dasturi ishlash jarayoni bilan tanishib, olingan natijalar orqali xulosalar chiqaramiz.



1.2. AES kriptoalgaritmi

1.2.1. AES kriptoalgaritmlash standarti tarixi

DES blokli shifrlash algoritmi 1999 yilgacha AQShda standart shifrlash algoritmlari sifatida ishlatib kelingan.

1974 yildan Amerika qo‘shma shtatlarining standart shifrlash algoritmi sifatida qabul qilingan DES shifrlash algoritmi quyidagi :

- kalit uzunligining kichigligi ( 56 bit);

- S-blok akslantirishlarining differensial kriptotahlil usuliga bardoshsizligi;

va boshqa sabablarga ko‘ra eskirgan deb sanaladi. Ayniqsa 1999 yilda DES shifrlash algoritmi yordamida shifrlangan malumotning Internet tarmog‘iga ulangan 300 ta parallel kompyuter tomonidan yigirma to‘rt soat davomida ochilishi haqidagi malumotning tasdiqlanishi bundan keyin mazkur standart algoritmi yordamida malumotlarni kriptografik muhofaza qilish masalasini qaytadan ko‘rib chiqish va yangi standart qabul qilish zaruratini keltirib chiqardi.

Amerika qo‘shma shtatlarining “Standartlar va Texnalogiyalar Milliy Instituti (NIST)” 1997 yilda XXI asrning ma'lumotlarni kriptografik muhofazalovchi yangi shifrlash algoritmi standartini qabul qilish maqsadida tanlov e'lon qildi. 2000 yilda standart shifrlash algoritmi qilib, RIJNDAEL shifrlash algoritmi asos qilib olingan AES (Advanced Encryption Standard) (FIPS 197) qabul qilindi. Algoritmning yaratuvchilari Belgiyalik mutaxassislar Yon Demen (Joan Daemen) va Vinsent Ryumen (Vincent Rijmen)larning familiyalaridan RIJNDAEL nomi olingan .

AES FIPS 197 blokli shifrlash algoritmida 8 va 32-bitli (1-baytli va 4-baytli) vektorlar ustida amallar bajariladi. AES FIPS 197 shifrlash algoritmi XXI asrning eng barqaror shifrlash algoritmi deb hisoblanadi. Bu algoritm boshqa mavjud standart simmetrik shifrlash algoritmlaridan farqli o‘laroq, Feystel tarmog‘iga asoslanmagan blokli shifrlash algoritmlari qatoriga kiradi.



1.2.2. AES kriptoalgaritmi matematik asosi

AES algoritmida baytlar ustida amallar bajariladi. Baytlar chekli maydon elementlari sifatida qaraladi. maydon elementlarini darajasi 7 dan katta bo‘lmagan ko‘phad sifatida tasvirlash mumkin. Agarda baytlar

ko‘rinishda tasvirlangan bo‘lsa, u holda maydon elementlari quyidagicha ko‘phad ko‘rinishda yoziladi:





Misol uchun baytga ko‘rinishdagi ko‘phad mos keladi.

Chekli maydon elementlari uchun additivlik va multiplikativlik xossalariga ega bo‘lgan qo‘shish va ko‘paytirish amallari aniqlangan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling