Mundarija kirish
Download 0.59 Mb.
|
2 535752047249588245
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 – jadval. S blok almashtirish jadvali . SubBytes (S -blok akslantirishlari jadvali)
- ShiftRows (Holat baytlarini siklik surish)
- 5 – jadval. ShiftRows (Holat baytlarini siklik surish)
- 7 – jadval. MixColumns (Ustun elementlarini aralashtirish) akslantirishi
- AddRoundKey (Raund kalitlarini qo‘shish) akslantirish
4 – jadvaldagi S -blok akslantirishlariga (almashtirishlariga) keltirilgan. Bu esa algoritmning dasturiy ta'minoti va apparat qurilmasini yaratishda qulaylik tug‘diradi.
S -blok akslantirishlaridan foydalanib berilgan s –baytni 16-lik sanoq sistemasida s= kabi ifodalab x-satr va y-ustunlar kesishmasidagi baytlar almashtirish natijasi sifatida olinadi. Misol uchun {62} - ni {aa} ga ga almashtiriladi.
4 – jadval. S blok almashtirish jadvali. SubBytes (S -blok akslantirishlari jadvali) baytlarni almashtirish jarayonining umumiy sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin
ShiftRows (Holat baytlarini siklik surish) akslantirishining qo‘llanishi quyidagicha amalga oshiriladi. Holat baytlarini siklik surishda holat jadvali satrlari quyidagicha belgilab olinadi.
C1 -satr C2 –satr C3 -satr 5 – jadval. ShiftRows (Holat baytlarini siklik surish) akslantirishida jadvaldagi oxirgi uchta satr har bir baytlari chapga siklik , ya'ni 1- satr C1 baytga, 2- satr C2 baytga, 3- satr C3 baytga suriladi. C1 , C2 , C3 surilish qiymati Nb blok uzunligiga bog‘liq bo‘lib, ular algoritmda ko‘rsatilganidek, quyidagi 1.6-jadvalda aniqlangan:
6 – jadval. Keltirlgan jadvalga ko‘ra l = 128 bitli shifrlash uchun Nb=4 ga teng bo‘lib, birinchi satr bo‘yicha holat baytlarini siklik surish bajarilmaydi, ikkinchi satr bo‘yicha 1 baytga, uchinchi satr bo‘yicha 2 baytga, to‘rtinchi satr bo‘yicha 3 baytga siklik surish amalga oshiriladi. l = 192 bitli shifrlash uchun Nb=6 ga teng bo‘lib, birinchi satr bo‘yicha holat baytlarini siklik surish bajarilmaydi, ikkinchi satr bo‘yicha 1 baytga, uchinchi satr bo‘yicha 2 baytga, to‘rtinchi satr bo‘yicha 3 baytga siklik surish bajariladi. l = 256 bitli shifrlash uchun Nb=8 ga teng bo‘lib birinchi satr bo‘yicha holat baytlarini siklik surish bajarilmaydi, ikkinchi qator bo‘yicha 1 baytga, uchinchi satr bo‘yicha 3 baytga, to‘rtinchi satr bo‘yicha 4 baytga siklik surish amalga oshiriladi. 7 – jadvalda esa l = 128 bitli shifrlash uchun Nb=4 ga teng bo‘lganda, satrlarni siklik surish bajarilgandan keyingi baytlarning o‘rni qay tarzda o‘zgarishi ko‘rsatilgan
ShiftRows 7 – jadval. MixColumns (Ustun elementlarini aralashtirish) akslantirishida holat ustunlari elementlari uchinchi darajadan katta bo‘lmagan ko‘phadning koefisentlari sifatida ifodalanib, ana shu ko‘phad algoritmda berilgan: g(x) = {03}x3 +{01}x2 +{01}x+{02} ko‘phadga x4+1 modul bo‘yicha ko‘paytiriladi. Quyidagicha belgilash kiritilib:
ta'kidlangan ko‘phadlarning ko‘paytmasini matrisa ko‘rinishidagi ifodasi: bo‘ladi, bu erda c- ustun nomeri. Oxirgi tenglik tengliklarga ekvivalent. AddRoundKey (Raund kalitlarini qo‘shish) akslantirishda holat blokining bitlari kalit bloki mos bitlari bilan xarakteristikasi ikki bo‘lgan chekli maydonda qo‘shiladi, ya'ni, massivning har bir ustuni va shu ustunning elementlari kalit massivining mos ustun va elementlariga XOR amali bilan qo‘shiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling