4-mavzu: audit standartlari reja: Auditning umumqabul qilingan standartlari Auditning umumiy standartlari
Download 72.5 Kb.
|
4-мавзу аудит стандарти
4-MAVZU: AUDIT STANDARTLARI REJA: 1.Auditning umumqabul qilingan standartlari 2.Auditning umumiy standartlari 3.Auditning ishchi standartlari. 1.Auditning umumqabul qilingan standartlari To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Zarur dalillarning etarli miqdori. Ob’ektlarining ish standartlari Hisobotning GAAP bilan mos kelishi. GAAP qoidala riga amal qilinmaydigan holatlar. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Mustaqillik. Majburiy malakaviy ziyraklik. Xulosa standartlari Umumiy malaka va etika standartlari Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda Ob’ektlarning ish standartlari: 1. To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim 2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart 3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish Xulosa standartlari: 1. Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi 2. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak 3. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa. 4. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak AICPA tomonidan qabul qilingan umumqabul qilingan standartlar auditorlik faoliyatining umumiy tamoyillarini, auditorlik kasbining umumiy yo’nalishlarini va auditor faoliyatining asosiy jihatlarini belgilab berdi. Yuqorida sanab o’tilgan standartlar asosida keyinchalik xalqaro auditorlik standartlari ishlab chiqildi. Auditning barcha standartlari quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1. Umumiy qoidalar; 2. Standartda foydalaniladigan asosiy tushuncha va qoidalar; 3. Standartning mohiyati; 4. Amaliy ilova. Umumiy qoidalarda quyidagilar aks ettiriladi: - mazkur standartni ishlab chiqishning maqsadi va zarurligi; -standartlashtiriladigan ob’ekt; -standartning qo’lanilish (amal qilish) sohasi; -boshqa standartlar bilan o’zaro aloqasi. Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auduting – ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet – AAXK (International Auditing Practice Committe) tomonidan ishlab chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham, milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan. Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik (kompetentlilik). Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, «Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum bo’lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz. Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi: a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar; b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar. IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining komitetlari orqali tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti bo’yicha komitet, o’qitish bo’yicha komitet, etika (axloq) bo’yicha komitet, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha komitet, rejalashtirish bo’yicha komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi. Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega. Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi, muammo tahlili va boshqalar. Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 1. Auditning umumiy standartlari; 2. Auditning ishchi standartlari; 3. Hisobot standartlari; 4. Maxsus standartlar. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling