4-mavzu: audit standartlari reja: Auditning umumqabul qilingan standartlari Auditning umumiy standartlari
Auditorlik tekshiruvlari manbalari nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi: 1. Hujjatli tekshirish; 2. Haqiqiy tekshirish
Download 72.5 Kb.
|
4-мавзу аудит стандарти
Auditorlik tekshiruvlari manbalari nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi:
1. Hujjatli tekshirish; 2. Haqiqiy tekshirish. Hujjatli tekshirish xo’jalik muomalalarining to’g’ri bajarilganligini aniqlash maqsadida hujjatlar bo’yicha tekshirishning amalga oshirilishini anglatadi. Hujjatli tekshirishning manbalari bo’lib birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisob registrlari, tashkilotning biznes-eja hamda hisobotlari va boshqalar hisoblanadi. Haqiqiy nazorat tekshiriladigan ob’ektning real, amaldagi holatini aniqlash maqsadida inventarizatsiya, laboratoriya analizi va boshqa usullar yordamida o’tkaziladi. Bunday nazorat turi auditorlik amaliyotida korxonadagi mavjud mulkning naqdligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bundan tashqari hujjatli tekshiruv pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy holati, asosiy vositalardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiruvni amalga oshirish usuli nuqtai nazaridan auditorlik tekshiruvlari quyidlagi turlarga bo’linadi: - kamomad va xatolarning aybdorlarini qidirish; - xo’jalik tortishuvi; - iqtisodiy tahlil. Kamomad va xatoliklarning aybdorlarini qidirish korxonaga moddiy zarar etkazgan shaxslarni va ularning etkazgan zarar summalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshiruv usulining muhim xususiyati shundaki, u nafaqat moddiy zarar summasini qoplashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki zarar summalari bo’yicha aybdorlar jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin. Xo’jalik tortishuvi – bu korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan bo’layotgan o’zaro hisob-kitoblarining qonuniyligini aniqlash usulidir. Xo’jalik tortishuvi korxonalar bilan mahsulot etkazib berish munosabatlarida ham, soliq organlari bilan munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Ko’pincha xo’jalik tortishuvlari «tinchlik yo’li» bilan hal etiladi, agarda u kengroq ko’lamda bo’lsa, sud organlari orqali hal etiladi. Agar ikki tomon o’rtasida o’zaro bahsli vaziyat vujudga kelsa, bir tomonning tashabbusi bilan auditor xo’jalik tortishuvi usulini qo’llaydi. Bunday tekshiruv natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Iqtisodiy tahlil korxona moliya-xo’jalik faoliyatining samaradorligiga baho berishda keng qo’llaniladi. Iqtisodiy tahlil natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi, mulkning likvidligi va boshqa moliyaviy koeffitsientlar aniqlanadi. Iqtisodiy tahlil natijalari jadvallar, grafiklar, formulalar, matnli yozuvlar ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Auditorlik tekshiruvidan oldin audit guruhi boshlig’i tomonidan dastur ishlab chiqiladi va unda quyidagilar ko’rsatiladi: - auditning maqsadi; - tekshirishga qo’yilgan korxonaning asosiy uchastkalari va hisob bo’limlari; - guruh a’zolari o’rtasida vazifalarning biriktirilishi; - tekshirish boshlanishi va tugatilishining muddati va davom etish muddati. Auditning maqsadi auditor korxonaga nima maqsadda kelganligi va tekshirish korxona uchun qanday ahamiyatga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Auditor korxona hisob ishlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun keladi. Audit davomida ish olib boriladigan uchastkalar dasturda ko’rsatiladi. Eng avvalo, korxona moliya-xo’jalik faoliyatida va uning moliyaviy natijalarining shakllanishida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchastkalar tanlab olinadi. Agar tekshiriladigan uchastkalar noto’g’ri tanlansa, bunga auditor javobgar hisoblanadi. Har bir tekshiriladigan uchastkada tekshirish turi – to’liq yoki tanlov yo’li bilan belgilanadi. To’liq tanlash kassa muomalalarida, bank hujjatlari, bo’nak hujjatlari, ta’sischilar bilan hisoblashish haqi, ishlab chiqarish zahiralari, hisoblashishlar bo’yicha olib boriladi. Agar u alohida olib borilsa, tanlab tekshirish bo’ladi. Materiallar hujjatlarning etishmasligi tufayli, odatda, to’liq tekshirish qiyinlashadi. Yangi auditorlarga kassa va bo’nak hujjatlarini, malakali auditorlarga bosh daftar va hisobotni tekshirish yuklatiladi. Auditorlik tekshiruvining davomiyligi har xil bo’ladi, 2 haftalik tekshirish aniqroq va to’liqroq ma’lumotni berishi mumkin. Har xil sabablar tufayli tekshirish cho’zilishi mumkin. Tekshirish dasturini tuzish, mutaxassislarni guruhlarga bo’lish, auditorlik xulosasini yozish uchun mijoz korxona haqida ma’lumot bo’lishi kerak. Unda quyidagilar bayon etiladi: - korxonaning tarmoq xususiyati; - korxonaning tashkiliy tuzilishi; - ishlab chiqarish aloqalari (mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan); - moliyaviy aloqalari; - yuridik majburiyati (DSI, davlat maqsadli fondlari oldida majburiyat). Korxona haqidagi ma’lumot bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: a. Hisob ishlariga aloqador bo’lmagan xodimlar, o’rta zveno ishchilari, oliy boshqaruv xodimlarining berilgan savollarga fikrlari. b. Asosiy ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar, omborlarni borib ko’rish va ko’zdan kechirish. c. Ichki va tashqi hisobotlar va nashrlar. Tashqi hisobotilarga – ish bilan bog’liq nashrlar, tarmoq bo’yicha analitik hisobotlar tahlili, asosiy raqobatchi va tarmoqdagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan taqqoslash va hokazolar. Ichki hisobotlar – Ta’sischilar umumiy yig’ilishining bayonnomasi, loyiha-smeta hisobotlari, ichki auditor hisoboti va boshqalar. Auditor mijozning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni bilishi shart. Har bir iqtisodiy sub’ektning individual xususiyatidan kelib chiqib, audit strategiyasi tanlab olinadi. Tekshirish strategiyasida quyidagilar belgilab olinadi: - tekshirish dasturini tuzishda axborotlar yig’ish; - yig’ilgan axborotlarni o’qish; - auditorlik tavakkalchiligini qayta baholash; - tekshirishning mohiyatini, davomiyligini, chegaralarini belgilash. Tekshirish strategiyasi audit rejasi ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling