4-mavzu: audit standartlari reja: Auditning umumqabul qilingan standartlari Auditning umumiy standartlari


Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi


Download 72.5 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1325258
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-мавзу аудит стандарти

Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: 
Auditning asosiy tamoyillari 
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi 
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir. 
Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi: 
Auditni rejalashtirish 
Auditorlik isbotlash 
Auditni hujjatlashtirish 
Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash 
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati 
Ekspert xizmatidan foydalanish 
Auditorlik tanlash 
Audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariga auditorning yozma axboroti. 
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi: 
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish. 
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi: 
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar 
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar 
Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar. 
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin. Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
 
4.2. Xalqaro audit standartlari tarkibi 
Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik firmalari faoliyatining o’zimizga xos, milliy andozada ishlab chiqarish zaruriyatini tug’diradi. 
Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda. 
Mamlakatimizda asta-sekin auditning milliy andozalari ishlab chiqilmoqda. Auditning milliy andozalarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro andozalarga murojaat etiladi. Auditning xalqaro andozalari Xalqaro buxgalteriya andozalari bo’yicha qo’mita (XBABQ) tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu qo’mita 1973 yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan.
Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari ishlab chiqilgan. 
Bozor munosabatlarini erkinlashtirish va uni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro 
andozalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik andozalarini xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi. 
Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat: 
«Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS 
«Terminlar glossariysi» - 110-son XAS 
«Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS 
«Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy
tamoyillar» - 200-son XAS 
«Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS 
«Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS 
«Hujjatlashtirish» - 230-son XAS 
«Aldash va xato» - 240-son XAS 
«Moliyaviy hisobot auditi bo’yicha qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ko’rib 
chiqish» - 250-son XAS 
«Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS 
«Biznesni bilish» - 310-son XAS 
«Auditda muhimlik» - 320-son XAS 
«Tavakkalchilikni va ichki nazorat tizimini baholash» - 400-son XAS 
«Kompyuter axborot tizimi sharoitida audit» - 401-son XAS 
«Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar xizmatlaridan foydalanuvchi sub’ektlar auditiga 
doir savollar» - 402-son XAS 
«Auditorlik dalillar» - 500-son XAS 
«Auditorlik dalillar – aniq moddalarga taalluqli qo’shimcha savollar» - 501-son 
XAS 
«Dastlabki moliyaviy hisobot auditida boshlang’ich qoldiqlar bo’yicha 
auditorning ma’suliyati» - 510-son XAS 
«Tahliliy amallar» - 520-son XAS 
«Auditorlik tanlash va testlashning boshqa tanlash amallari» - 530-son XAS 
«Hisob baholashlarning auditi» - 540-son XAS 
«Manfaatdor tomonlar» - 550-son XAS 
«Kelgusi davr moliyaviy ma’lumotlarini o’rganish» - 560-son XAS 
«Uzluksiz faoliyat» - 570-son XAS 
«Sub’ekt rahbariyatiga tushuntirish berish» - 580-son XAS 
«Boshqa auditorlar ish natijalaridan foydalanish» - 600-son XAS 
«Ichki audit xizmati ishini ko’rib chiqish» - 610-son XAS 
«Ekspert xizmatidan foydalanish» - 620-son XAS 
«Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi» - 700-son XAS 
«Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar» - 710-son XAS 
«Tekshirilgan moliyaviy hisobotlarda boshqa axborotlar» - 720-son XAS 
«Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot» - 800-son 
XAS 
«Istiqbolli moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish» - 810-son XAS 
«Moliyaviy hisobotning sharhi bo’yicha kelishuv» - 910-son XAS 
«Moliyaviy hisobotga taalluqli amallarni bajarish bo’yicha kelishuv» - 920-son 
XAS 
«Moliyaviy ma’lumotlarning kompilyatsiyasi bo’yicha kelishuv» - 930-son XAS Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda.
 

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling