4-mavzu: audit standartlari reja: Auditning umumqabul qilingan standartlari Auditning umumiy standartlari
Download 72.5 Kb.
|
4-мавзу аудит стандарти
2.AUDITNING UMUMIY STANDARTLARI
1. Moliyaviy hisobotni tekshirishning maqsadi Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi tekshiruv jarayonida aniqlangan xatoliklarni aniqlab, ularni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha kerakli ko’rsatmalarni berish hisoblanadi. Shu boisdan auditorlik tekshiruvi amaliyotida tekshiruvni amalga oshirishning turli xil shakllarini qo’llashni talba qiladi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shakllari uslubiy xarakterga ega bo’lganligi tufayli ko’pincha uni auditni o’tkazish texnikasi ham deb atashadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish muddati, tekshiruvda foydalaniladigan manbalarning hajmi va turi, uni amalga oshirishning usullariga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvini o’tkazishning turli xil shakllari farqlanadi. Audit o’tkazishning muddatiga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvi quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Qayta auditorlik tekshiruvi; 2. Joriy auditorlik tekshiruvi; 3. Yakuniy auditorlik tekshiruvi. Qayta auditorlik tekshiruvi hali boshlanmagan ishlarni nazorat qilishni ko’zda tutadi. Bunday auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan maqsad keyinchalik har xil xatoliklar va qonunbuzarlik holatlarini oldini olishdan iborat. Korxona va tashkilotlarda oldingi auditorlik tekshiruvi asosan mehnat munosabatlari, moddiy va moliyaviy resurslar bo’yicha o’tkaziladi. Oldingi auditorlik tekshiruvi xodimlarning malaka darajasini oshirish, qonunchilikka rioya qilish, xo’jalik reserslarining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi. Oldingi auditorlik tekshiruvi odatda ichki auditorlar hamda korxona mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Keyingi vaqtlarda auditorlik tekshiruvining ushbu shakli tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkazilmoqda. Oldingi auditorlik tekshiruvi eng ko’p qo’llaniladigan ob’ekt bu investitsiya loyihalari samaradorligini baholashdir. Aynan investitsiya loyihalarining samaradorligi baholanganda ichki auditorlar hali loyiha amalga oshirilmasdan oldin unga yo’naltiriladigan xarajatlarning maqsadli ekanligini hamda ularning oqlanuvchanlik darajasini aniqlaydilar. Joriy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalasi sodir bo’layotgan vaziyatda o’tkaziladi. Auditorlik tekshiruvining bu shakli xatolar va kamchilik yuz bergan vaqtda ularni tezkor ravishda to’g’rilash hamda bu vaziyatda ilg’or tajribalarni qo’llashni tatbiq etishni ta’minlaydi. Bu shaklning afzalligi shundaki, xatolar yuz bergan vaqtda ularni o’z vaqtida to’g’rilash imkoniyatini beradi. Shuningdek, joriy auditorlik tekshiruvi korxonada «doimiy» xatolarni aniqlash imkoniyatini ham beradi. Joriy auditorlik tekshiruvi ichki auditorlar tomonidan ham, tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tashabbuskorlik hamda majburiy tarzda o’tkaziladi. Majburiy auditda joriy auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlash uchun qo’llaniladi. Yakuniy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalalari sodir bo’lganidan, ish bajarib, tugallanganidan keyin o’tkaziladi. Bu shakldagi auditorlik tekshiruvi ancha kech, ya’ni muomalalar sodir bo’lgandan keyin o’tkazilsada, uning o’rni muhimdir. Yakuniy auditorlik tekshiruvining muhim vazifalaridan biri – bu korxonada yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolar xususidagi ma’lumotlarni rahbariyatga berishdir. Bu ma’lumotlar asosida korxona keraklicha xulosalar chiqarishi hamda keyingi rejalarda, loyihalarda audit natijalaridan foydalanishi mumkin. Majburiy audit, odatda, yakuniy auditorlik tekshiruvi shaklida bo’ladi. Chunki barcha xo’jalik muomalalari o’tgan hisobot davrida sodir bo’lgan hamda auditor xulosa yozayotganda bevosita o’tgan davr uchun yozadi. Yakuniy auditorlik tekshiruvining eng muhim ustunligi shundaki, u audit qilish jarayonida barcha ob’ektlarni qamrab oladi. Chunki auditorlik firmasi yoki auditor xulosa yozishda korxonaning butun faoliyatini o’rganib chiqishi lozim bo’ladi. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling