Oilam mening hayotim


Download 23.19 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi23.19 Kb.
#1091845
Bog'liq
OILAM-MENING HAYOTIM


Insho
Oilam _mening hayotim”
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1.Oila - yurt tayanchi
2.Vatan ichra kichik vatan
3.Oilada farzand tarbiyasi
4.Oilam mening ,g’ururim mening
Xulosa.

Mustahkam oila bilan Buyuk kelajak sari “


Yurtimizning gullab yashnashi va ravnaq topishda bolalarning barkamol avlod bo’lib,yetishishida oila yurtimizga tayanch bo’lib xizmat qilishi kerak. Agar oilamiz tinch bo’lsa jamiyatimiz ham tinch bo’ladi. Oila bu xursandchilik va hotirjamlik maskanidir. Oilaning tinch-totuvligi bizning qo’limizda, agar biz oilamizni asrab-avaylamasak oilamizdagi hotirjamligimizni yo’qotib qo’yamiz. Oila bizning eng yaqinlarimiz, sirdoshlarimiz, mehribonlarimizdan iborat. Oilaning tayanch nuqta ekani konstitutsiyada belgilangan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega “. (14-bob,63-modda). Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili 15 may mamlakatimizda Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanadi.Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Davlatimiz rahbarining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida bu borada bajarilajak ezgu ishlar, muhim vazifalar o‘z ifodasini topgan.


Xalqimizda bir maqol bor: “Qush uyasida ko’rganini qiladi”. Farzand ham o’z uyida ota-onasiga taqlid qilib katta boladi.Yosh niholning yaxshi unib o’sishi tarbiya olishi uchun albatta,ota-onasi ham yaxshi tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak . Buyuk davlat qurishni yosh barkmol avlodlarga ishonab topshirar ekanmiz, o’zimiz ham shunga munosib bolishimiz kerak. Bejizga oila vatan ichra kichik vatan emas. Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan yuksak ma’naviy tuyg‘u, hayotiy tutumdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimizdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalash kerak.Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi. Odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yoq. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachigidek asrab avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug, yollarimizni oydin qiladilar. Shu boisdan ham, eng gozal dostonlar, eng yaxshi qoshiqlar, eng yoqimli kuylar ana shu ulug zotlarga bagishlangani bejiz emas . Parvardigorimiz, yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishimizni amr etdi. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi.
Biz oilada 5 kishimiz: Dadam,Ayam,Opcham,Singlim va Men kaminayi kamtarin. Oilamiz unchalik katta bolmasa ham men oilamiz bilan faxrlanaman.Dadajonim bizning o’qishimiz bilm olishimiz uchun tun-u kun ishlaydi,mehnat qiladi. Bizni deb olis safarlarga ketadi. Ayajonim esa o’zimiz yashab turgan hududda ya’ni bog’chada oshpaz bolib ishlaydi. Opchamga kelsak oliy ta’limni o’tgan yili tamomlab turmushga chiqib ketgan . Oilamiz kenjatoyi singilim biz yashab turgan hududdagi maktabning eng a’lochi o’quvchilaridan biri. Men shu oilada tug’ilib kamol topganimdan faxrlanaman.
Xulosa.Bir so’z bilan aytganda oila muqaddas dargoh oilani tashqi ta’sirlardan ,turli xil yod g’oyalardan asrashimiz kerak. Hozirgi notinch bir davrda tinch, osoyishta yurtda qadr topayotgan keksalarni yo’qlab holidan habar olish ham bir-birimizga bo’lgan mexr-oqibatimizdan darak.Bizning an’analarimiz urf-odatlarimiz ham sharqona bo’lib tarixi bir necha ming yilliklarga borib tarqaladi.Qavmlar,qarindosh urug’lar,oilalar barchasi bir biri bilan uzviy chambarchas bog’liq. Oilamizni asraylik !!.
Toshkent Tibbiyot Akademyasi 1_Davolash ishi fakulteti 112-b guruh talabasi Mamasoliyev Nurbekning “Oilam-Mening Hayotim” mavzusidagi kompozitsiyasi “Keling Vatanimizga qanot bo’laylik”shiori ostidagi ko’rik tanlovi uchun.
Download 23.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling