Reja: Iqtidorli yoshlar yurt tayanchi


Download 20.11 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi20.11 Kb.
#1037019
Bog'liq
613 20-pedagogika


613-20 guruh talabasi Turg’unova Saidaxonning Pedagogika va psixalogiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Yoshlarning o’z iqtidor va imkoniyatlarini namayon qilishi va yaratilayotgan shart-sharoitlar

Reja:
1.Iqtidorli yoshlar - yurt tayanchi

2.Yangi Oʻzbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori

3.Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori


1. Bugungi yoshlar mustaqil O‘zbekistonimizning tayanchi va kelajagi hisoblanadi. Har tomonlama kuchli, sog‘lom hamda ma’naviy jihatdan yetuk yosh avlod Vatanmiznimizning iftixori va faxridir. Amalga oshirilayotgan barcha yaxshi va xayrli ishlar kelgusi avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubhasiz.
Joiriy yilning 25 may kuni Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbarligida “Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” ni amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida “Hokim va yoshlar” loyihasi asosida Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2017-2018- o‘quv yilini yakunlash va “Qadrdon maktabmiz bag‘rida o‘qib-o‘rganib, doimo izlanib, yangilikka,taraqqiyot cho‘qqilarini egallashga intilib yashaymiz!” shiori ostida “Iqtidorli yoshlar - yurt tayanchi” mavzusida festival bo‘lib o‘tdi. Ushbu festivalda “Bilimlar bellashuvi -2018” tanlovining viloyat hamda respublika bosqichlarida 5-6 -sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egallagan g‘olib o‘quvchilar hamda ularning ustozlari, ”Bilimlar bellashuvi - 2018” tanlovining viloyat bosqichida 7- 8- sinf o‘quvchilari o‘rtasida faxrli 1- o‘rin sohiblari va ustozlari, 9- 10- sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Fan olimpiadasi” hamda “Innovatsion olimpiada” g‘oliblari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik - tanlovi g‘oliblari hamda Xalq ta’limi tizimida 2017- 2018- o‘quv yili davomida o‘zlarining samarali mehnatlari bilan shahrimiz reytingini yuqori darajaga ko‘tarishda o‘z hissasini qo‘shgan ustozlar, ”Eng yaxshi kimyo, biologiya, fizika fan kabinet mudirlari” ko‘rik - tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari , yil davomida xalq ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan barcha tanlovlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar jamoalari, shuningdek “Umid nihollari - 2018” sport musobaqasining viloyat va Respublika bosqichida 1- o‘rinni egallagan o‘quvchilar va murabbiylar taqdirland
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, “Umid nihollari - 2018” sport musobaqalari 23 turda 3 bosqichda o‘tkazildi. Shahar bosqichi g‘oliblari 228 nafarni, viloyat bosqichi g‘oliblari 134 nafarni tashkil etdi.Musobaqaning viloyat va respublika bosqichi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarimiz 29 ta oltin, 51 ta kumush hamda 54 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida viloyat va respublikada 2-o‘rinni egalladi. Darhaqiqat,yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Dunyoda eng katta boylik yoshlikda olingan bilim va egallagan kasb hunardir”. Yoshlarimizning olgan bilimlari va o‘rgangan kasb hunarlari kelajakda nafaqat o‘zlarining, balki yurtimizning ham ravnaq topishida ulkan ahamiyat kasb etadi.
2. Sizlar koʻp kitob oʻqigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz oʻtmishda jahon sivizilizatsiyasi beshiklaridan biri boʻlganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Fargʻoniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulugʻbek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshlarimiz yaratgan bebaho bilim va kashfiyotlar bugun ham butun insoniyatga xizmat qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev
Maʼlumki, Oʻzbekiton yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga aratilganini barchamiz guvohimiz. Men yillar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritar ekanman, bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlr, imkoniyatlarni koʻrib rostini aytsam, rosa xursandman.
Ikkinchidan huquqshunos sifatida ham koʻtarinki kayfiyatda ushbu maqolani yozayotganimdan sabab shuki, har bir amalga oshirialyotgan islohotlarda yoshlar huquqi kafolatlanganligidir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash masalalari qamrab olingan boʻlsa, ”Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonunda hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga doir boshqa ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solingan.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning 41-moddasida bepul umumiy taʼlim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham eʼtiborga molikdir. Shaxsning bilim olishga boʻlgan huquqi Asosiy Qonunimiz asosida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham mustahkamlab qoʻyilgan. Yoshlar oʻz iqtidor va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishga haqlidirlar.
42-moddada esa har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga gʻamxoʻrlik qilishi belgilangan. Mana shularning mantiqiy davomi sifatida prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy taʼlim-tarbiya Yangi Renessansning mustahkam poydevori boʻlsa, oliy taʼlim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar ustunidir.
Shu uchun ham, bu borada qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlar intilish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi.Quvonarli tomoni shundaki, zamon talablari va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini oʻrganib, yangidan yangi imtiyoz va imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakat Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida taʼkidlash kerak.
Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev deyarli barcha islohotlarning bardavomligini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatida koʻrayotganining yaqqol tasdigʻi sifatida boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohotidir.Bu islohotlarning yutugʻi esa, bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni, hamda yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini ortirmoqda.
Xorijiy taʼlim muassasalaridan oʻzimizdagi oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish, test jarayotnlari, bir vaqtning oʻzida 5 ta OTMda bilimini sinab koʻrish masalalalri buning yorqin misolidir.
Bugungi kunda kadrlar huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlib, rahbar davzimlarida ishlabyurgan yoshlar imtiyozli magistratura bosqichida oʻqishga tavsiya etish borasidagi hukumat qarorlari ham diqqatga sazovor.
Kuni-kecha davlatimiz rahbarining yoshlr bilan uchrashuvida ham yana yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi Oʻzbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini ham tubdan oʻzgaritirishga asos boʻldi..Jumladan, ulardan biri keyingi yildan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Shuningdek, ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish yoʻlga qoʻyiladi. Yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishi uchun koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Jumladan, xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.Uchinchidan, izlanuvchi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yosh olimlar” innovatsion tanlovi uchun 30 milliarddan ortiq mablagʻ ajratilganining oʻzi ham katta imkoniyatdir. Toʻrtinchidan,2021-yildan boshlab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berilishi ham diqqatga sazovordir.
Oltinchidan esa, kelgusi oʻquv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yaratilgan imkoniyatning muvaffaqiyat asosi,- degan ishonchdamiz.
Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor boʻladi,- deb taʼkidlagan davlat rahbarining ishonchi, yangi yil arafasida yoshlar uchn yaratilgan bunday imkoniyatlar yangi Oʻzbekistonning Renessans yoʻlidagi yangi va ildam qadami boʻldi.
3. Yoshlar — har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.
Bugun yurtimizda ularning zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallashi uchun barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani, xususan, Prezident va ijod maktablari tashkil etilayotgani zamirida katta maʼno mujassam. Hozir biz zamonaviy talablar asosida jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega oʻquv binolarida taʼlim olayotgan yoshlarning yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlana olamiz.
Birgina Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Firdavs Abduqayumovning IELTS dasturi boʻyicha yuqori ball toʻplab, AQSHning Jon Keroll universitetida tahsil olish uchun 96 ming dollarlik grant sohibiga aylangani ham davlatimiz rahbari boshchiligida qisqa vaqtda taʼlim-tarbiya sohasida tanlagan yoʻlimizning naqadar toʻgʻri ekanligini yaqqol isbotlab turibdi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoyani ilgari surgani bejiz emas. Zotan, yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz”.
Shu nuqtayi nazardan bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Murojaatnomada bayon etilgan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash uchun faol ish olib bormoqda. Xususan, ushbu tarixiy nutqdan soʻng, parlament quyi palatasida Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga va ahamiyatiga bagʻishlangan bir qator tadbirlar oʻtkazildi.
Kuni kecha “Taʼlim va tarbiya – yosh avlod kamolotining poydevori va davlatimiz taraqqiyotining kafolati” mavzusida fraksiyalararo boʻlib oʻtgan amaliy muloqotda ham Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Samimiy va koʻtarinki ruhda oʻtgan muloqotda Murojaatnomadan oʻrin olgan vazifalar bilan birga, 2021-yilga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasiga taʼlim tizimi taraqqiyotiga xizmat qiladigan bir qator takliflar bildirildi. Bu bejiz emas, albatta. Ayonki, Murojaatnomada belgilangan maqsadlarga soʻzsiz erishish barchamizdan yakdillik va faollik talab etadi.
Nega desangiz, joylarda aholi bilan uchrashuvlarimiz davomida aksariyat maktablarning binolari oʻtgan asrning oʻrtalarida qurilgani, oʻquv-partalari eski, sinfxonalar yetishmasligiga koʻp bor guvoh boʻlganmiz. Demak, mamlakatni qudratli qiladigan kuch ilm-fan, taʼlim va tarbiya ekan, bilim va maʼnaviyat maskani boʻlgan maktablar sharoitini yaxshilash kechiktirib boʻlmas vazifa hisoblanadi.
Murojaatnomada maktab taʼlimini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettirilishi aytib oʻtildi. Tabiiyki, joriy yilning oʻzida 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni taʼmirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion soʻmlik mablagʻ ajratilishi ming-minglab yoshlarning qalbini toʻlqinlangani aniq. Bu yoʻnalishda boshlagan ishlarni davom ettirish maqsadida 2021-yilni mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb eʼlon qilinishi yoshlarning salohiyatini namoyon etish borasidagi saʼy-harakatlariga yangicha kuch va ilhom bagʻishladi.
OʻzLiDeP saylovoldi dasturida Oʻzbekistonning taʼlim va intellektual rivojlanish darajasi boʻyicha dunyoda eng yuqori reytingga ega 30 ta davlat qatoridan joy olishini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Biz bu borada taʼlim tizimida raqobat muhiti shakllanishi uchun xususiy sektorga keng yoʻl ochishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.
Bizning fikrimizcha, sohada davlat-xususiy sherikchiligi va xususiy xizmatlarni jadal rivojlantirish hisobidan bolalar uchun sport, musiqa va sanʼat maktablari qurilishini qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, ingliz tili, informatika, matematika va boshqa talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrgatish sohasida xususiy sektorning ulkan imkoniyatlarini ishga solish qisqa vaqtda albatta, oʻz samarasini beradi.
Xulosa qilib aytganda, agar jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularda jamiyat hayotini oʻzgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo, taʼlim tizimidan boshlanganini koʻramiz. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktabdir. Shu jihatdan maktablardagi taʼlim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori boʻlishi lozim.
Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling