10-Mavzu: qobiliyat reja
Download 40.04 Kb.
|
10-Mavzu QOBILIYAT
Lingvistik qobiliyatlarni A.X. YUgay o‘rgangan. Lingvistik qobiliyatlar tarkibida u fonematik eshitish qobiliyati (tilning sezgirligi), lingvistik tafakkur va verbal xotirani ajratdi.
Qobiliyatlarning mavjud emasligi odamning u yoki bu faoliyatni bajarishga yaroqsizligini bildirmaydi, chunki ega bo‘lmagan qobiliyatlarning o‘rnini to‘ldirish psixologik mexanizmi mavjud. Ko‘p hollarda faoliyat bilan faqat qobiliyatlilar emas, balki ularga ega bo‘lmaganlarning ham shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Agar odam bu faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirishga majbur bo‘lsa, u ongli ravishda yoki anglanmagan holda, o‘z shaxsining kuchli sifatlariga tayanib, qobiliyatlar etishmovchiligini to‘ldirishga harakat qiladi. E.P. Ilinning fikriga ko‘ra, bu to‘ldirish egallanadigan bilim va ko‘nikmalar, yoki faoliyatning individual-tipik uslubini shakllantirish orqali, yoki boshqa, rivojlanishi yuksakroq bo‘lgan qobiliyat orqali amalga oshirilishi mumkin. Etishmagan qobiliyat juda keng muayyan insondagi yuksak rivojlangan qobiliyatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Aynan, shu xususiyat insonning turli sohalarda samarali faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi. Qobiliyatlarda bir qancha darajalarni ajratish mumkin: layoqat, mohirlik, iste’dod, geniallik. Qobiliyat deb, insonni u yoki bu faoliyatning samarali bajarilish imkoniyati bilan ta’minlovchi layoqatlarning o‘ziga xos uyg‘unligiga aytiladi. Ushbu ta’rifda qobiliyatga bog‘liq ravishda faoliyatning samarali bajarilishi emas, balki, faqat shunday bajarilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatga e’tibor qaratish lozim. Faoliyatni samarali tarzda amalga oshirish uchun muvofiq keladigan qobiliyatlar uyg‘unligining mavjudligi emas, balki, zarur bilim va ko‘nikmalarning egallanganligi ham muhimdir. Qobiliyat faqat u yoki bu faoliyatda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini belgilaydi, bu imkoniyatning joriy qilinishi esa muayyan qobiliyatlarning rivojlanish darajasi va qanday bilim va ko‘nikmalarning egallanganligi bilan belgilanadi. Qobiliyatli insonlarning individual farqlari qiziqishlarning yo‘nalganligi bilan belgilanadi. Xuddi shunday, ayrimlar matematikaga, boshqalar tarixga, uchinchilar esa jamoatchilik ishiga qiziqadilar. Inson qobiliyatlarini xarakterlaganda ko‘pincha, ular taraqqiyotining Download 40.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling