10. Mavzu. R. Boyl va uning ishlari Fizik kimyo fani usullari nimalardan iborat?


Download 336.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.01.2023
Hajmi336.11 Kb.
#1076567
Bog'liq
Amaliy-10



10.-Mavzu. R. Boyl va uning ishlari 
1. Fizik kimyo fani usullari nimalardan iborat?
Fizik kimyo fani bu vazifalarni yechishda, asosan uch usuldan: termodinamika, 
molekulyar-kinetik nazariya va kvant mexanika usulidan foydalanadi. 
Termodinamika usuli termodinamikaning uchta qonuniga (ya’ni postulatiga) 
asoslangan bo’lib, unda uzoq vaqt davomida to’plangan tajriba va kuzatish 
natijalari umumlashtirilgandir. Bu usulda termodinamikaning uch postulatidan 
foydalanib, aniq natijalar olinadi. Termodinamika usulida sistemadagi moddalar 
molekulalarining tuzilishini bilish shart emas, ya’ni bu usul vositasida jarayonning 
mohiyati oydinlashmaydi (termodinamika usulining kamchiligi). Bu usulning yana 
bir xususiyati shundaki, unda sistemaning umumiy xossalari (masalan, 
temperatura, hajm, bosim va hokazolar) bilan ish ko’riladi. 
Molekulyar-kinetik yoki statistik usulda sistemani tashkil etuvchilarning 
(atomlar va molekulalar harakati) xossalari teshirilib, jamlanadi. Bu usuldan 
foydalanish uchun, asosan sistemaning tuzilishini bilish kerak. Termodinamika va 
molekulyar-kinetik usullar bir-birini to’ldiruvchi usullardir. Kvant mexanika usuli,
asosan, moddalarning tuzilishini o’rganishda qo’llaniladi. 
2. Kimyoviy jarayon qanday jarayon? 
Kimyoviy jarayon - ko’p faktorli bo’lib, reaksiya yo’nalishi, reaksiya tezligi, 
temperatura, bosim, hajm, reagentlar konsentrasiyalariga bog’lanishlarini
o’rganishni qamrab oldi. 
 
 
 
 
 


3. Kimyoviy reaksiyalar tezligini birinchi marta kim o’rgandi va qanday 
bog’liqlikni taklif qildi?
Kimyoviy reaksiyalar tezligini birinchi marta 1850 yilda miqdoriy jihatdan 
A.Vilgelm o’rgandi. Polyarimetr asbobi yordamida saxaroza gidrolizini kislota 
ishtirokida o’rganib reaksiya tezligining vaqtga logarifmik bog’liqligini aniqladi. 
4. M.Bertlo va Pann den Sen-Jil qanday bog’liqlikni taklif qildi? 
1862-63 yillarda M.Bertlo va Pann den Sen-Jil spirtga kislota ta’sir etdirib 
murakkab efir olish tezligini tekshirib, u olingan modda miqdoriga bog’liqligini 
aytdilar.
 
 5. Massalar ta’siri qonunini kim va qachon kashf qilgan?. 
1867 yil Norvegiyalik olimlar Guldberg K. va Vaage P.lar tomonidan massalar ta’siri 
qonunini kashf qilindi. 
V=
 
Bu qonun reaksiya tezligiga konsentrasiyaning ta’sirini va unga qarab 
reaksiyani boshqarish mumkin ekanligini ko’rsatadi. 
6. Menshutkin N.A. va Pfaundler L.larning reaksiya tezligiga doir qanday 
takliflarni fanga kiritdi? 
Menshutkin N.A. - spirt va kislota orasidagi reaksiya tezligiga spirtning 
tuzilishi va muhitning ta’sirini o’rgandi. 
Pfaundler L. birinchi bo’lib faqat o’zaro to’qnashgan molekulalargina 
reaksiyaga kirishadi degan fikrni fanga kiritdi..


7. Aktivlanish energiyasini kim va qachon kashf qildi? 
Arrenius S. 1879 yilda reaksiya tezligi faqat to’qnashish soniga bog’liq bo’lib 
qolmay, balki aktivlanish energiyasiga ham bog’liq ekanligini isbotladi. 
RT
E
e
A
k



8. Vant-Goffning ishlari haqida gapirib bering? 
Vant-Goff reaksiyalarni ikki turga: monomolekulyar va bimolekulyar reaksiyalarga 
ajratdi hamda temperatura, issiqlik effekti (izobara, izoxora tenglamalari) va
muvozanat konstantasini K= C
2
n

C
1
m
ifodasini ko’rsatadi.
 
 
9. “Kimyoviy jarayonlar termodinamikasi” atamasini kim va qachon fanga 
kiritdi? 
1877 y G.Gelmgols “kimyoviy jarayonlar termodinamikasi” degan atamani fanga 
kiritdi. Erkin energiya quyidagi ifoda bilan belgilandi: F=U-TS 
10. Kimyoviy reaksiyalar muvozanatining siljish qoidalarini kim va qachon 
ta’rifladi?. 
 
1884 yilda fransuz olimi Le-Shatelye kimyoviy reaksiyalar muvozanatining siljish 
qoidalarini ta’rifladi. 
11. Aktivlangan kompleks nazariyasini kim va qachon yaratdi?. 


 
Bodenshteyn M., Eyring G. va boshqalar aktivlangan kompleks nazariyasini 
yaratdilar. 
H
2
+ I
2

2H + 2I 

2HI 
lekin bu tekshirishlarda elektronning to’lqin xossasi hisobga olinmaydi.
12. Reaksiya borish jarayonlari ko’p omilli atamasi qachon fanga kiritildi?  
Kimyoga reaksiya borish jarayonlari ko’p omilli degan atama 1880 yilda
kiritildi. 
13. Erituvchi ta’siri kimlar tomonidan o’rganilgan? 
Bu omillardan eng muhimi - erituvchi ekanligini 1770-80 yillarda Sheyele K. 
ko’rsatib o’tadi va uni miqdoriy jihatdan 1880 yilda N.A.Menshutkin izohlab faqat 
erituvchi tabiati emas, balki uning massasi ham ta’sir etishini isbotladi. 

Download 336.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling