10 mavzu reja: Dunyoning konfessional manzarasi
«AUM SINRIKYO» - AUM (SANSKRITCHA «OLAM») HAQIQATI TA’LIMOTI
Download 4.03 Mb.
|
5P0gUFORtzcWsPEXdT4UDoCJyx9x7Wqn917vAc28
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAHVE SHOHIDLARI (YOKI IYEGOV SHOHIDLARI)
- IYEGOVCHILAR MISSIONERLIKNI
«AUM SINRIKYO» - AUM (SANSKRITCHA «OLAM») HAQIQATI TA’LIMOTI:Ushbu sekta 2000 yildan boshlab «Alef» nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi birinchi harfi bo‘yicha). «Aum sinrikyo» yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, totalitar, destruktiv sekta bo‘lib, vadjrayana buddizmi asosida Yaponiyada vujudga kelgan. Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, Rossiya, AQSH va boshqa davlatlarda faoliyati ta’qiqlangan. YAHVE SHOHIDLARI (YOKI IYEGOV SHOHIDLARI)Bu yo‘nalishga 1873 yilda Charlz Teyz Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan. Yo‘nalishning diniy ta’limoti uning yetti tomlik «Muqaddas Yozuvni o‘rganish» kitobiga asoslanadi. Ch.Rassel vafotidan keyin tashkilotga rahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin Ruzerford iyegovochilikka «armageddon» (ya’ni, go‘yoki, oxirzamonda Iso boshchiligidagi iyegovochilar va Shayton boshchiligidagi jinlar qo‘shini o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang) tushunchasini kiritdi. Shuningdek, u har yili iyegovochilarning xalqaro konferensiyalarini o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida radio va grammo-plastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. YAHVE SHOHIDLARI (YOKI IYEGOV SHOHIDLARI)
IYEGOVCHILAR MISSIONERLIKNI:o‘z qarashlariga zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirib topish va so‘ng ularni ta’limotni qabul qilishga tayyorlash; da’vat qilinayotgan odamning ongiga «Bibliya» kurslari va uning matnini o‘rganish orqali diniy ta’limotni singdirish; prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish. missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga oshiradilar. Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, ma'naviy va jismoniy kamolotga erishishga bo‘lgan intilishi, kishilar hayotda duch keladigan qiyinchiliklardan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida, shaxsiy boylik orttirish niyatida foydalanadilar. MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! ALIMOVA SHAXNOZA XAMIDOVNA Gumanitar fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling