10-mavzu: Satrlar bilan ishlash funksiyalari Mavzu rejasi


Download 224.09 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi224.09 Kb.
#1704673
Bog'liq
10-ma\'ruza

10-mavzu: Satrlar bilan ishlash funksiyalari Mavzu rejasi:


1.Satrlarni yaratish. 2.Maxsus belgilar. 3.Satrlar ustida amallar. 4.Satrlarni formatlash.

  1. Format() usuli.

  2. Satrlar bilan ishlash funksiyalari va usullari

Satrlar – qo’shtirnoq ichiga olingan Unicode kodidagi belgilar ketma-ketligi orqali ifodalanadi. Python dasturlash tilida satriy ifoda apostrof (‘) va (“) qo’shtirnoqlar orqali berilishi munkin. Uchta ketma-ket kelgan apostrof ham satrlarni ifodalashda ishlatiladi.

1.13.1-rasm


Satrlar ustida eng keng tarqalgan amallardan biri bu ularni birlashtirish yoki konkatenatsiya amali hisoblanadi. Satrlarni birlashtirish uchun + amali qo’llaniladi. Masalan:


1.13.2-rasm


Agar satr va sonlarni birlashtirish talab qilinsa, u holda str() funksiyasi yordamida sonni satr turiga keltirish kerak bo’ladi. Masalan:

1.13.3-rasm




Maxsus belgilar: Python dasturlash tilida boshqa tillardagi kabi quyidagi maxsus belgilar mavjud:


Xizmatchi belgilar

Vazifasi

\n

Keyingi qatorga o`tish

\a

Qo`ng`iroq

\f

Keyingi betga o`tish

\r

Koretkani qaytarish

\t

Gorizontal tabulatsiya

\v

Vertical tabulatsiya

\N{id}

Unicode ma’lumotlar bazasining ID identifikatori

\uhhhh

Unicode ning 16 lik ko`rinishidagi 16 bitli belgisi

\Uhhhh. . .

Unicode ning 32 lik ko`rinishidagi 32 bitli belgisi

\xhh

Belgining 16 lik kodi

\ooo

Belgining 8 lik kodi

\0

Null belgisi (satr oxiri belgisi emas)

Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari.

Quyidagi misolda yuqoridagi barcha maxsus belgilarni qo’llangan holat uchun dastur keltirilgan.

1.13.4-rasm


Konsol ekraniga quyidagicha natija chiqariladi:


1-chi kurs


"O'MU" talabasi


Satrlarni taqqoslash: Satrlarni taqqoslashda satrda ishtirok etayotgan belgilarning registriga alohida e`tibor qaratish lozim. Har qanday raqam ixtiyoriy alfavit belgisidan shartli kichik hamda katta registrli alfavit belgilari kichik registrli avfavit belgilaridan shartli kichik sanaladi. Masalan:

1.13.5-rasm


Yuqoridagi dasturda “1a”>”ab” sharti False qiymat qaytaradi. Chunki raqam alfavit belgisidan shartli kichik hisoblanadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ikki satr solishtirilganda ularning mos tarkibiy elementlari solishritiladi(“1a”>”ab” holatda, dastlab 1 va “a” tekshiriladi). Agarda solishtirish natijasi teng bo’lsa navbatdagi mos elementlari solishtiriladi. Jarayon birinchi teng bo’lmagan holat


topilganda yoki satrlardan birining oxiriga yetib kelinganda tugatiladi. Agar satrlarning dastlabki barcha mos elementlari teng, faqat ularning uzunliklari farqli bo’lsa, u holda uzunligi katta satr shartli katta bo’ladi.
Masalan: “abcd”<”abcde” sharti True

Bundan tashqari satrlar ustuda amal bajaradigan upper() va lower() funksiyalari mavjud bo’lib, satr tarkibidagi alfavit belgilarni mos ravishda kichik va katta registrlilariga almashtirish uchun ishlatiladi. Masalan:


1.13.6-rasm


Nazorat savollari





  1. Pythonda \v va \n ning faqrini tushuntiring?

  2. Pythonda lower() va upper() metodining vazifasini tushuntiring? 3.“AssalomuAlaykum” matniga shunday maxsus belgi qo’yingki “Assalomu” birinchi qatorda va “Alaykum” ikkinchi qatorga chiqaruvchi dastur tuzing.

Adabiyotlar:


  1. Python 3. Самое необходимое / Н. А. Прохоренок, В. А. Дронов. -2-е изд., перераб. и доп. — СПб.: БХВ-Петербург, 2019. — 608 с.: ил. -(Самое необходимое)

  2. Изучаем Python, том 1, 5-е изд.: Пер. с англ. — СПб.: ООО “Диалектика”, 2019. — 832 с. : ил. — Парад, тит. англ.

  3. Изучаем Python, том 2, 5-е изд. : Пер. с англ. — СПб. : ООО “Диалектика”, 2020. — 720 с. : ил. — Парал. тит. англ.

Download 224.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling