10-Mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy taxdidlar Reja
Download 31.65 Kb.
|
10-Mavzu. Shaxsga yo‘naltirilgan axborot psixologik, diniy va m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Birinchidan, diniy qarashlar o‘rtasidagi bo‘linishning kelib chiqishi. Umuman, har qanday dinda bo‘linish sabablari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turli jarayonlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Masalan, diniy aqidalarning barqarorligi yoki kam o‘zgaruvchanligi sababli diniy aqida va jamiyatdagi ijtimoiy taraqqiyot (inson dunyoqarashidagi o‘zgarish) o‘rtasidagi tafovut sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, diniy ta’limotning turli millatlar va elatlarning madaniyati, urf-odatlari va an’analariga moslashishi natijasida diniy ta’limotga bo‘lgan munosabat jarayonida ham bo‘linish yuzaga keladi. Natijada turli-xil kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi yuzaga kelib, jamiyatning faol sub’yekti hisoblangan inson va uning qalbi zarar ko‘radi.
Ikkinchidan, diniy e’tiqodning siyosiylashuvi. O‘rta Osiyo arxiyepiskopi Vladimir shunday degan edi: «Din – samoviy ishdir, siyosat – dunyoviy ishdir, din peshvolarining siyosatga aralashishlari kerak emas, ular ta’lim-tarbiya berishlari lozim»1. Afsuski o‘z vakolati va darajasidan foydalanib, din sofligiga rahna solinishiga sababchi bo‘layotgan «peshvolar» ham topilmoqdaki, ularning faoliyati jamiyat va inson tadrijiyligiga faqat va faqat zarar keltirmoqda. Natijada ular orasidan еtishib chiqqan ayrim еtakchilar fikricha dinning siyosat va siyosiy hayotga betarafligi butunlay nojoizdir, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan diniy mafkurani ishlab chiqish, ijtimoiy hayotda din ustuvorligini ta’minlash eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ming afsuski bunday qarashlar tarafdorlari hozirgi davrda turli yo‘nalishlardan inson ongiga ta’sir etib, nafaqat inson, balki jamiyat taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid solmoqda. Uchinchidan, din bayrog‘i ostida iqtisodiy imkoniyatlarni ochishga harakat qilish. Aslida dinning bo‘linishi ham siyosiylashuvi ham iqtisodiy imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, jahon dini hisoblangan buddaviylik ta’limoti jamiyatning kastalarga bo‘linishini inkor etadi. Ammo Hindistondagi ijtimoiy muhit (insonlar o‘rtasidagi tabiiy tabaqalanish) kastalarga bo‘linishni saqlab qoldi, buning natijasida buddaviylik davrida ham tabaqalanish o‘z kuchida qoldi. Mantiqan o‘ylab qarasak, bu jarayonda ham bitta asosiy sabab mavjud edi, ya’ni iqtisodiy manfaatning ustuvorligi. Download 31.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling