10-Mavzu: Shaxsga yunaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar Psixologik operatsiyalar axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish


Download 137.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi137.97 Kb.
#1007035
  1   2   3   4
Bog'liq
10-тема



10-Mavzu: Shaxsga yunaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar
Psixologik operatsiyalar - axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish 
XX asrning o‘rtalaridan boshlab ayrim rivojlangan davlatlar, xususan, AQSH 
boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatishda nohukumat notijorat va xalqaro 
tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan. Bu 
vositalar orqali aholi va ayrim shaxslarning ongiga ta’sir qilingan. 
Maxsus markazlar tomonidan ishlab chiqilgan axborot-psixologik tahdidlar inson 
tabiatining nozik xususiyatlari va jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari o‘ta 
ustamonlik 
bilan 
qamrab 
olingan. 
“Psixologik urush”, “axborot urushi”, “psixologik operatsiyalar”, “axborot-
psixologik kurash olib borish”, “psixologik himoya” singari atamalar o‘zida 
axborot-psixologik 
ta’sir ko‘rsatishning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. 
AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan XX asrning 50-60-
yillarida «odamlarni qayta dasturlash», “ongni yuvish” borasida keng ko‘lamli 
tadqiqotlar olib borilgan. Ijtimoiy ongga ta’sir etuvchi samarali usullarni o‘ylab 
topish va ular orqali odamlarni boshqarish maqsadida bu sohaga katta mablag‘ 
sarflangan. Shunday loyihalar ustida ishlagan olimlardan biri doktor Iven 
Kameron 1946 yil chop etilgan “Ijtimoiy psixiatriyaning chegaralari” asarida 
ijtimoiy psixiatriya fuqarolar ustidan nazorat o‘rnatishga xizmat qiladigan, ularda 
ijtimoiy fikr, e’tiqod va hayot tarzini shakllantiruvchi usullarni ishlab chiqishga 
yordamlashishi 
zarurligini 
ta’kidlagan. 
Psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi yutuqlar axborot-psixologik urush 
olib 
borishga 
keng 
imkoniyatlar 
yaratdi. 
A.Karayani “Zamonaviy urushlarda axborot-psixologik qarshilik ko‘rsatish” 
sarlavhali maqolasida AQSHda hozirgi paytda FM 100-6 “Axborot 
operatsiyalari”, FM 33-1 “Psixologik operatsiyalar” singari dala dasturlaridan 
foydalanilayotgani va axborot urushini olib borish sohasida mutaxassislar 
tayyorlanayotgani 
haqidagi 
ma’lumotlarni 
keltirgan. 
Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, axborot urushi olib borishning 
alohida konsepiyalari AQSH tomonidan uzoq vaqt mobaynida qo‘llanilib 
kelinmoqda. Masalan, sobiq Varshava shartnomasiga a’zo davlatlarga ana 
shunday axborot-psixologik tadbirlar qo‘llanilgan. AQSH Fors ko‘rfazi (1990-91 
yillar), Gaiti (1994 yil), Bosniya va Gersegovinadagi (1996 yil) harbiy amaliyotlar 
davrida ham keng ko‘lamli axborot va psixologik tadbirlarni amalga oshirgan. O‘z 
maqsadini ko‘zlab turli yolg‘on ma’lumotlar tarqatish bu operatsiyalarda oddiy 
hol sanaladi.A.Manoylo va A.Petrenko singari tahlilchilarning yozishicha
AQSHning Iroqdagi operatsiyalari davrida ham turli-tuman axborot qurollaridan 
samarali foydalanilgan. Ular orqali ommaviy va individual ongga ta’sir 


ko‘rsatilgan. Masalan, o‘sha paytda zotiljam kasalligining yangi turi to‘g‘risida 
mish-mishlar tarqatilgan. Bu axborot-psixologik ta’sir butunlay ijtimoiy fikrga 
emas, balki har bir shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular Iroqda bo‘layotgan 
voqealarni biroz unutishga xizmat qilgan. Boshqacha aytganda, og‘ir kasallik 
haqidagi 
mish-mishlar 
orqali 
odamlarning 
ijtimoiy 
fikri 
chalg‘itilgan.A.Karayanining yuqorida nomi tilga olingan maqolasida 
yozilishicha, AQSH Qurolli kuchlarining “Yagona istiqbol-2010” hujjatida XXI 
asrda qurolli kurashning asosiy xususiyati axborot sohasidagi kurashga e’tibor 
berish va har qanday raqib ustidan axborot hukmronligiga erishish hisoblanishi 
qayd etilgan. Bunday psixologik operatsiyalar AQSH va uning sheriklari bo‘lgan 
mamlakatlar uchun ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda alohida rahbarlar, tashkilotlar, 
milliy va ijtimoiy guruhlar hamda xorijiy davlatlardagi ayrim shaxslarning hissiy 
holati, harakatlari, qarorlar qabul qilishi va o‘zini tutishiga ta’sir qiluvchi maxsus 
ishlab chiqilgan axborotni tarqatish chora-tadbirlarini qamrab oladi.Strategik 
darajada psixologik operatsiyalar muayyan siyosiy yoki diplomatik qarashlarni, 
rasmiy bayonotlarni yoki davlat rahbarlarining xabarlarini tarqatish va targ‘ib 
qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Axborot-psixologik ta’sir o‘tkazishda siyosiy va 
harbiy rahbarlar, shuningdek, OAV, madaniyat va san’atning ko‘zga ko‘ringan 
vakillari 
asosiy 
obyekt 
bo‘lib 
hisoblanadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, keyingi paytlarda mamlakatimizga nisbatan ham 
axborot-psixologik tahdidlar sodir etilmoqda. Bu jarayonga Prezidentimiz Islom 
Karimov quyidagicha izoh bergan: “Jahon geosiyosatida xalqlarni ma’naviy-
mavkuraviy jihatdan tobe etishga intilish va bugungi kunda dunyoni shunday 
asosda bo‘lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular hozirgi 
zamon ommaviy axborot vositalari, ularning yutuqlaridan hamda turli xil 
markazlar, ayni paytda o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan ijtimoiy, madaniy, 
iqtisodiy vositalardan foydalanish orqali dunyoning turli hududlarida o‘zlariga 
mos mafkuraviy muhitni shakllantirish maqsadlarini ham ko‘zlamoqdalar. 
Barchamiz bugungi hayot oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-
mazmuniga yetib borishimiz zarur. Bu achchiq haqiqat shundan iboratki, agarda 
kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga 
erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali 
suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning 
qalbi va ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning 
azaliy tabiatimizni va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan 
chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol 
qilib 
olishga 
urinadi”. 
Bu esa ularga qarshi jiddiy kurashishni taqozo etadi. Buning uchun axborot 
xavfsizligi bo‘yicha keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish zarur. Milliy 


istiqlol mafkurasini keng targ‘ib etish, aholini to‘g‘ri axborot bilan tez va o‘z 
vaqtida ta’minlash, jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirish ana shunday 
vazifalar 
sirasiga 
kiradi. 

Download 137.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling