Moliyani o'rganish va moliya sohasida mutaxassislar tayyorlashning zaruriyati, maqsadlari va vazifalari Reja


Download 29.06 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi29.06 Kb.
#242789
  1   2   3   4   5

СММ-54 Рахимов Нодирбек

Moliyani o'rganish va moliya sohasida mutaxassislar tayyorlashning zaruriyati, maqsadlari va vazifalari


Reja





  1. Moliyani o‘rganishning zarurligi


  2. Fanning maqsadi va vazifalari


  3. Moliyaning mohiyati va zarurligi


  4. Moliyaning funksiyalari




  1. Moliyani o‘rganishning zarurligi

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi.

Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi.

Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Moliya» fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud.



Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin:


  • mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun;


  • biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun;


  • qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun;


  • shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun;


  • shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun.







  1. Download 29.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling