Davlat moliyasi va uning ahamiyati


Download 44.94 Kb.
bet1/9
Sana18.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1030452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY


DAVLAT MOLIYASI VA UNING AHAMIYATI

I-83 guruh talabalari:


Alijonova Zarnigor;
Donaboyeva Gulmira;
Keldiyorov Bobomurod;
Abdunazarov Nozim;
Mavlanov Husan;
Qodirjonov Iqbol;
Ovrayev Bekzod.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquqli munosabatlarini o‘zida ifoda etadi.


Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida “Moliya” fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud.
Moliyani o‘rganish nima uchun muhim hisoblanadi? Bunga javobni quyidagicha berish mumkin:

  • mamlakat moliya siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ongli fuqarolik qarorlarini qabul qilish uchun. Shuni unutmaslik kerakki, davlat budjeti – bu “sening budjeting” hamdir: partiyalarning siyosiy dasturlarini, budjet so‘rovlarini, qabul qilinayotgan qarorlarni baholash bilan birga ular davlatning farovonligiga va aholining shaxsiy daromadlariga qanday ta’sir etishi to‘g‘risida o‘z firklarini shakllantirmoq uchun;

  • biznes dunyosidagi va davlat boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat uchun;

  • qiziqarli va foydali martabani (karerani) ta’minlash uchun;

  • shaxsiy daromadlar va jamg‘armalarni samarali boshqara olishlik uchun;

  • shaxsiy dunyoqarashni kengaytirish uchun.

Moliya ilmiy tushuncha sifatida ijtimoiy xayotning turli jabxalarida xar xil shakllarda namoyon bulib pul mablag‘lari xarakati bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ma’lumki, ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish natijasida yaratilgan milliy daromad turli xil iqtisodiy subyektlar manffatlari yulida foydalniladi. Milliy daromad, uni yaratilishida sarflarngan ijtimoiy mehnat yuzasidan yaratilgan qiymatni taqsimlananadi va iqtisodiy subyektlarning pul daromadlari shakllantiriladi. Moddiy manfaatlarni kondirilishi yaratilgan ijtimoiy mahsulotlar taqsimlanishida uz aksini topadi. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida ana shunday ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish natijasida yaratilgan milliy daromadni birlamchi va qayta taqsimlash, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar tizimidir. Moliya- xujalik yuritishning barcha darajalaridagi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Moliyaning mavjudligisiz, kengaytirilgan asosidagi ishlab chiqarish fondlarining ijtimoiy va shaxsiy aylanishini ta’minlash mumkin emas. Xujalik subyektlarining va davlatning ijtimoiy ehtiyojlarining mavjudligi xar xil moliyaviy munosabatlar turlarini vujudga keltiradi.
Moliya uzining amal qilish sohasiga karab, shakllantiriladigan pul fondlari darajasiga karab 2 asosiy turga bulinadi: Davlat moliyasi va korxona va tashkilotlar moliyasi.

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling