Davlat moliyasi va uning ahamiyati


Davlat byudjetining nazorat funksiyasi


Download 44.94 Kb.
bet3/9
Sana18.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1030452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY

Davlat byudjetining nazorat funksiyasi:
1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablagʻlarini jalb qilish;
2) mablagʻlarni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishni koʻzda tutadi.
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:
- moliyaviy resurslarga boʻlgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
- moliyaviy resurslarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir obyektdan ikkinchisiga oʻtkazish yoʻli bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning oʻzlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni toʻliq oʻzlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi;
- qoʻshimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
Sug‘urtamol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes, va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi. Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.
Sugʼurta badali — sugʼurta mukofotining sugʼurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, miqdorlarda va shartlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʼlanadigan bir qismi.
Sugʼurta mukofoti — sugʼurta qildiruvchi tomonidan sugʼurtalovchiga sugʼurta shartnomasida shart qilib koʼrsatilgan tartibda va muddatlarda milliy valyutada yoki chet el valyutasida toʼlanadigan sugʼurta uchun toʼlov.
Sugʼurta summasi — muayyan summa boʼlib, sugʼurtalovchi sugʼurta tovonini (sugʼurta toʼlovini) sugʼurta shartnomasi boʼyicha ushbu summa doirasida toʼlash majburiyatini oʼz zimmasiga oladi.
Sug’urta faoliyatning subyektlari - sugʼurta bozorining professional ishtirokchilari sugʼurta faoliyatining subʼektlaridir.Sugʼurtalovchilar, sugʼurta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sugʼurta syurveyerlari, assistans sugʼurta bozorining professional ishtirokchilaridir. Sugʼurta brokeri, qayta sugʼurta brokeri va sugʼurta agenti sugʼurta vositachilaridir.
Sug’urta obyektlari - Jismoniy shaxslarning maʼlum bir yoshgacha yoki muddatgacha yashashi yoxud jismoniy shaxslarning hayotida boshqa voqealar yuz berishi, shuningdek ularning oʼlimi bilan bogʼliq mulkiy manfaatlar yoki jismoniy shaxslarning sogʼligʼiga zarar yetkazilishi, shuningdek baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida ularning oʼlimi bilan bogʼliq mulkiy manfaatlar hayotni sugʼurta qilish obʼektlari boʼlishi mumkin.

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling