Davlat moliyasi va uning ahamiyati


Download 44.94 Kb.
bet7/9
Sana18.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1030452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY

Moliyaviy nazorat - davlat nazoratining tarkibiy qismi, iqtisodiy boshqarish va rejalashtirish butun tizimining elementidir.
Moliyaviy nazorat - davlat va jamoat organlarining kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda rejali mutanosiblikka rioya qilish maqsadlarida markazlashtirilgan va mahalliy pul jamgʼarmalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish jarayonlarining asosli ekanligini tekshirishdan iborat faoliyatdir.
Barcha iqtisodiy subʼektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi.
Moliyaviy nazorat asosiy tamoyillari: uzluksizlik;

  • oshkoralik;

  • mustaqillik;

  • obeʼktivlik;

  • maxfiylilik;

  • natijaviylik;

  • haqqoniylik.

Moliyaviy nazoratning obʼekti: Mikro va makro doira turkumlarida moliyaviy resurslarining shakllanishi, maʼlum bir maqsadlarga binoan harakati va foydalanishdagi pullik taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari kiradi.
Moliyaviy nazorat subʼektlari: moliyaviy nazorat faolliyatini olib boruvchi organlar hisoblanadi.
Nazorat obyektlari bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari:

  • byudjet nazorati;

  • soliq nazorati;

  • pul-kredit nazorati

  • sug`urta nazorati;

  • investitsiya nazorati.

Nazorat subyektlari bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari:

  • Prezident nazorati;

  • Ijroiya hokimiyati organlari nazorati;

  • Moliya-kredit organlari nazorati;

  • Mustaqil auditorlik nazorati;

  • Korxonaviy-ichki molivayiy nazorat.

Moliyaviy nazorat usullari :

  • tadqiq etish;

  • boshqaruv nazorati;

  • monitoring;

  • moliyaviy holat tahlili;

  • taftish;

  • tekshirish.

Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subʼektlarga koʼra turlari :

  1. Davlat moliyaviy nazorati: umumdavlat, idoraviy

  2. Nodavlat moliyaviy nazorati : xoʼjalik ichidagi, jamoatchilik, mustaqil

Davlat moliyaviy nazorati. Davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy muvozanat uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Umumdavlat moliyaviy nazorati. Davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi, Davlat bojxona qoʼmitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi boʼyicha davlat va jamiyatning manfaatlarini taʼminlashdan iborat.

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling