Davlat moliyasi va uning ahamiyati
Davlat byudjeti daromadlari
Download 44.94 Kb.
|
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy byudjetlar
- Davlat krediti
Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassa- salar va aholi o'rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi
Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari yig’indisini, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplarini, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi Mahalliy byudjetlar: Byudjet Kodeksiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjatdir. Davlat krediti – hokimyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan davlat va ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo`lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafilsifatida maydonga chiqadi. Davlat kreditini asosiy maqsadi budjet difitsitini qoplash, rivojlanayotgan davlatlarning orqada qolayotgan sohalarini rivojlantirish va boshqa maqsadli fondlarda foydalaniladi. Davlat krediti davlat tomonidan emissiya qilingan davlat aksiya, obligatsiyalar va chet el moliya institutlari tomonidan olingan mablag`lar hisobidan ta`minlanadi. Taqsimlash Davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalash amalga oshiriladi Tartibga solish Davlat krediti orqali davlat krediti munosabatlariga kirishayotib, ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga, pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandligiga ta`sir ko`rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida kreditdan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin Nazorat Davlat kreditiing nazorat funksiyasi moliyaning nazorat funksiyasi bilan organik ravishda qo`shilib ketgan. Lekin uning bu funksiyasi shu kategoriyaning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan xarakterli belgilariga ega Davlat krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Download 44.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling