Davlat moliyasi va uning ahamiyati
Download 44.94 Kb.
|
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat byudjeti
Davlat moliyasi - kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlanishi jarayonida davlat ixtiyoridagi markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlari tizimini uz ichiga oladi.
Davlat moliyasining mohiyati va uning roli va maqsadlari davlatlarni bajaradigan funksiyalari, ishlab chiqarish usullari, ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi. Davlatlarning paydo bulishi bilan moliyaning paydo bulishini obyektiv shart sharoitlari davlatlar jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bulgan funksiyalarda namoyon buladi. Davlatlarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarining isloh qilish, institutsional o‘zgarishlar, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik meyorlarini ta’minlashdan iboratdir. Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. OʻzbekistonRespublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, QoraqalpogʻistonRespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini birlashtiradi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliqlar hisobiga olinmoqda 1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi. Davlat byudjeti ikki xil funksiyani bajaradi: 1.Taqsimlash; 2. Nazorat. Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon boʻladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol koʻrinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi oʻziga xos boʻlgan xususiyatga ega boʻlib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablagʻlari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga boʻlinadi va koʻp sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha boʻlinmalari bevosita yoki bilvosita bogʻlangandir. Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham oʻziga xos xususiyatlarga ega. Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi. Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda boʻysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, oʻz navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi. Download 44.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling