Davlat moliyasi va uning ahamiyati


Davlat maqsadli jamg‘armalari


Download 44.94 Kb.
bet4/9
Sana18.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1030452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
cUQNpB tRC0Ah6JF57oPV8Vw-ka40KzY

Davlat maqsadli jamg‘armalari – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi:

  • iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash;

  • aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi:

  • hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi;

  • jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi;

  • asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi;

  • jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi;

  • jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi; jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi.

Maqsadli jamg‘armalarni quyidagi xususiyatlar bo‘yicha tasniflash mumkin, davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bugungu kunda mamlakatimizda jami 24 ta davlat maqsadli jamg’armalari mavjud bo’lib, ularning to’liq tarkibi qiyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Davlat maqsadli jamg‘armalarininh tarkibi

  1. «El-yurt umidi» jamg‘armasi;

  2. Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma;

  3. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;

  4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;

  5. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;

  6. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

  7. Jamoat ishlari jamg‘armasi;

  8. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llabquvvatlash jamg‘armasi;

  9. Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

  10. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;

  11. Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi;

  12. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;

  13. Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi;

  14. Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi;

  15. Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi;

  16. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi;

  17. Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi;

  18. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi;

  19. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi;

  20. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi;

  21. Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi;

  22. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi;

  23. Byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi;

  24. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi.

So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda.
2020 yilda davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so‘m bo’lishi prognoz qilingan.

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling