36- mavzu: O’simlik – yaxlit organizm
Download 24.6 Kb.
|
1 2
Bog'liq8.36$-SUVO\'TILAR
36- mavzu: O’simlik – yaxlit organizm. 1.Yer yuzida yashil o’simliklar qancha ko’p va xilma-xil bo’lmasin umumiylik va o’xshashlik bor bu umumiylik birinchi navbatda, … namoyon bo’ladi. A fotosintez jarayoni natijasida B organlarining o’zaro bog’liqligi bilan C organlar umumiyligida D hujayradan tuzilganligida 2.O’simliklar uchun asosiy bo’lgan organlarni belgilang. 1)spora 2)ildiz 3)gul 4)meva 5)poya 6)qattana 7)barg 8)sporangiy 9)rizoid A hammasi B 2,3,4,5,6,7,9 C 2,3,4,5,6,7 D 2,3,4,5,7 3.organlar o’rtasidagi bog’liqlik kurtak, g’uncha va mevalar misolida yanada yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularning bir holatdan ikkinchisiga o’tishida qaysi organlari o’simlik hayotida muhim rol o’ynaydi? A ildiz va barg B ildiz va poya C ildiz, poya va barg D hamma organlari birdek muhim ahamiyatga ega 4. Qaysi o’simlik(lar)da bir vaqtning o’zida gul, yetilmagan va yetilgan meva uchraydi? A archa B qarag’ay C g’o’za D hammasida 5.O’simlikning rivojlanish jarayonida qachongacha hamma organlari bog’liq holda o’sadi va rivojlanadi? A kuz fasligacha B barglari to’kilib ketmaguncha C sovuq urib ketmaguncha D hammasi 6.O’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun quyidagilardan qaysi biri unchalik ahamiyatga ega emas? 1)suv 2)tuproq 3)harorat 4)yorug’lik 5)kislorod A 5 B 1,2,4 C 3 D hammasi ahamiyatga ega 7.O’simliklar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni juftlab yozing.(eng to’g’ri javobni tanlang.) 1)saksovul 2)yantoq 3)shuvoq 4)boyalish a)issiq paytlarda bargini to’kib yuboradi b)ildizi yon tarafga 25-30 m gacha yetadi c)ildizi ozuqa qidirib chuqurlikka tushadi d)ildizi namlik(suv) qidirib chuqurlikka tushadi e)ildizi chuqurlikka 25-30 m gacha tushadi f)0,5-1mli gips qatlamlarini teshib o’tadi g)salqin tushishi bilan yana barg chiqaradi h)ildizi juda ham mustahkam A 1-c,f,h; 2-d,e; 3-a,g; 4-a,g; B 1-d,f,h; 2-c,e; 3-a,g; 4-a,g; C 1-c,d,f,h; 2-d,e; 3-a,g; 4-a,g; D 1-c,d,f,h; 2-a,d,e; 3-a,g; 4-a,g; 8.Qaysi turdagi changlanish mavjud emas? A chetdan changlanish B shamol yordamida C suv yordamida changlanish D hammasi mavjud 9. Saksovul o’simligiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang 1)barglarining uzunligi 3-4mm dan oshmaydi 2)chorva mollari uchun to’yimli ozuqa 3)mevasi atrofini o’rab turgan qanotchalar yordamida tarqaladi 4)barglari bandsiz 5)urug’i o’sish xususiyatini 1yildan kam saqlaydi 6)0,5-1m gips qatlamlarini teshib o’tadi 7)barglari qipiqqa aylangan A 2,3,4,6,7 B 1,2,3,4,5,6,7 C 1,2,3,5,6,7 D2,3,4,5,6,7 10. Atrof-muhitning o`simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga – A ekologik sharoit B ekologik omil C tashqi muhit D A,C 11. Ekologik omillar yig`indisi – A ekologik sharoit B ekologik omil C tashqi muhit D A,C 12. Ekologik omillar qanday guruhlarga ajratiladi A tabiiy va sun’iy B abiotik va biotic C tirik va o`lik D B,C 13. Qaysi ekologik omil ta’sirida o`simlikda fotosintez, nafas olish, o`sish, urug`ning unishi va mevalarning pishishi kabi jarayonlar sodir bo`ladi A yorug`lik B harorat C havo D A,B 14. O`simlik organizmi umumiy vaznining necha % ini suv tashkil qiladi A 70 B 60-90 C 70-90 D 80 15. O`simlik uchun muhim ahamiyatga ega gaz – A O2 B CO2 C N2 D A,B 16. Shamol o`simlik uchun qanday biologic ahamiyatda ega A suv bug`latish B changlanishi C meva va urug`larni tarqalishi D A,B,C 17. Soyasevar o`simliklar uchun sharoit yaratadi A nam tuproq B parazit o`simliklar C yorug`sevar o`simliklar D t.j.yo`q 18. Parazit o`simliklar – 1. zarpechak 2. qo`ypechak 3.shumg`iya 4. qurttana 5.devpechak A 1,2,3 B 2,3,4 C 1,3,5 D barchasi 19. Fitonsidlar ajratadi – 1.archa 2.terak 3.qarag`ay 4.sarv 5.sosna 6.virgin A barchasi B 1,2,3 C 1,2,3,5 D 1,2,3,4,5 20. Suv omborini qurish o`simliklar dunyosiga qanday ta’sir qiladi A ijobiy B salbiy C neytral D A,B 21. O`monlarga nima katta zarar yetkazadi A yong`in B suv bosish C turistlar D barchasi 61. Hozirgi vaqtda nechta dorivor o`simlikdan dunyo miqyosida foydalanilmoqda A 9119 B 2776 C 700 D 1500 V Bob. O’simliklar sistematikasi. 1.O’simliklar ... ga qarab sistematik birliklarga bo’linadi 1) bir-biridan farq qilish darajasiga 2)o’xshashlik darajasiga 3) kelib chiqishiga 4)tarixiy rivojlanishiga 5)individual rivojlanishiga A 1 B 2,3,4 C 2 D 1,3,4,5 2.Ajdod sistematik birligi o’simliklar sistematikasida qaysi birlikdan keyin keladi? A sinf B turkum C oila D bo’lim 3.Ajdod sistematik birligi o’simliklar sistematikasida qaysi birlikdan oldin keladi? A sinf B turkum C oila D bo’lim 4.O’simliklar sistematikasidagi sistematik birliklarni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1)oila 2)tur 3)o’simliklar dunyosi 4)turkum 5)bo’lim 6)ajdod A 2,4,6,1,5,3 B 2,4,1,6,5,3 C 2,4,1,5,6,3 D t.j.y 5.Hamma organlari bir-biriga o’xshash, ma’lum bir maydonda uchraydigan organizmlarni o’z ichiga oladi. Ushbu ta’rif qaysi sistematik birlik(lar)ga tegishli? A turkum B tur C nav D B va C 6. Qaysi sistematik birlik(lar) 2 ta nom bilan ataladi? A tur va turkum B sinf C bo’lim D tur 7.Binar nomenkulatura nima va uni fanga kim olib kirgan? A tur va turkumni qo’shaloq nom bilan atash; Karl Linniy B tur va turkumni qo’shaloq nom bilan atash; Lamark C o’simlik turini qo’shaloq nom bilan(tur, turkum) atash; Karl Linniy D o’simlik turini qo’shaloq nom bilan(tur, turkum) atash; Lamark 8.Bodom, olma, o’rik, na’matak va do’lana uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang. A uchrash joyi B hayotiy shakli C qaysi oilaga mansubligi D A va C 9.Chuchmomaning sistematik birliklari to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1)bo’lim (tip); 2)sinf; 3)oila; 4)turkum; a)ochiq urug’lilar b)gulli o’simliklar c)bir urug’pallalilar d) ikki urug’pallalilar e)loladoshlar f)chuchmomadoshlar g)chuchmoma A 1-b; 2-c; 3-f; 4-g; B 1-b; 2-c; 3-e; 4-g; C 1-a; 2-c; 3-e; 4-g; D 1-b; 2-d; 3-f; 4-g; 10.Quyidagi oilalarni mansub bo’lgan sinflari bilan birga juftlab yozing. a)bir urug’pallali b)ikki urug’pallali 1)ituzumdoshlar 2)ra’nodoshlar 3)chuchmomadoshlar 4)gulxayridoshlar 5)boshoqdoshlar 6)loladoshlar A a-1,5,6; b-2,3,4; B a-5,6; b-1,2,3,4; C a-3,5,6; b-1,2,4; D a-1,3,6; b-2,4,5; 11.O’simliklar dunyosini tashkil etuvchi bo’limlarni belgilang. 1)yashil suvo’tlar 2)yo’sintoifa 3)ochiq urug’li o’simliklar 4)qirqquloqtoifa 5)yopiq urug’li o’simliklar 6)ikki urug’pallali 7)bir urug’pallali A 2,3,4,5 B 6,7 C 1,2,3,4,5 D 1,2,3,4,5,6,7 12.Meksika g’o’zasining sistematik birliklari to’g’ri berilgan javobni aniqlang. bo’lim (tip) (1) sinf (2) oila(3) turkum (4) a)ochiq urug’lilar; b)gulli o’simliklar; c)bir urug’pallalilar; d)ikki urug’pallalilar; e)gulxayridoshlar; f)g’o’zadoshlar; g)g’o’za; h)gulxayri. A 1-d, 2-b, 3-f, 4-h B 1-e, 2-d, 3-b, 4-g C 1-b, 2-c, 3-e, 4-f D 1-b, 2-d, 3-e, 4-g 13. Quyidagilarni moslik jihatdan juftlang. 1)magnoliyasimonlar 2)magnoliyatoifa 3)yopiq urug’li o’simliklar 4)ikki pallalilar 5)gulli o’simliklar; A 1-3-5; 2-4; B 2-5; 1-4;C 2-3-5; 1-4; D 1-5; 2-4;
Download 24.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling