ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH
Reja:
Issiqxona oqqanoti
Zang kanasi
Olma yashil biti
Binafsharang qalqondor
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekistonda issiqxonalarda o‘stiriladigan o‘simliklarga bir qancha hasharotlar zarar yetkazadi va hosildorlikni kamaytiradi. Shulardan issiqxona oq qanoti, o‘simlik bitlari, kanalar va tunlamlardir. Issiqxona oq qanoti pomidorga va boshqalarga katta zarar yetkazadi.
Keyingi vaqtda pomidorning eng ashaddiy zararkunandasi –pomidor zang kanasi hisoblanadi. Ekilgan nihollarga kuzgi tunlam, undov tunlam, pomidor mevalarining ko‘sak qurti, temirsimon rangli tunlam zarar keltiradi.
Issiqxona oqqanoti (Trialeurodes vaporarioum West.) (Aleyrodidae – Aleyrodidlar oilasi,
Homoptera – tengqanotlilar turkumi)
Oqqanotning zarari har xil o‘simliklarda turlicha bo‘lib, uning oz yoki ko‘pligiga, o‘simliklar turiga bog‘liq. Lichinkalari
o‘simliklar sharbatini so‘rib oziqlanadi va o‘zidan shira chiqarib, barglarni ifloslantiradi. Ana shu shira chiqargan joylarda saprofit zamburug‘lar rivojlanib, bargni quritib qo‘yadi.
Oqqanot polifag bo‘lib, 82 ta botanik oilaga mansub 200 ta o‘simlik turi bilan oziqlanadi. Xush ko‘rgan o‘simliklari qatoriga pomidor, bodring, limon va boshqalar kiradi. Oqqanot ochiq joydagi o‘simliklarga ham katta zarar yetkazadi (g‘o‘za, baqlajon va boshqalarga).
Oqqanot tropik tur hisoblanib Kavkazda, O‘rta Osiyoda ochiq va yopiq joyda o‘stiriladigan ekinlarda, Yevropa qismida esa issiqxonalarda uchraydi. O‘zbekistonda 1970-yillarda paydo bo‘lib, asosan, issiqxonalarda, so‘ngra ochiq joydagi ekinlarga zarar yetkazmoqda.
Voyaga yetgan oqqanot 1–1,5 mm kattalikda bo‘lib, tanasi och sariq, bir-biriga teng shunday oq ikki juft qanoti bor. Old qanotlarida bitta qanot tomiri bo‘lib, qanot oxiriga yetmaydi. Tanasi mumsimon oq g‘ubor bilan qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |