Issiqxona


Download 63.08 Kb.
bet2/7
Sana09.02.2023
Hajmi63.08 Kb.
#1178776
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

Zang kanasi (Aculops Lycopersici Massee.)
Hozirgi kunda O‘zbekistonda yopiq va ochiq joyda sabzavot yetishtirishda zang kanasi jiddiy zarar yetkazmoqda. Oqibatda keyingi yillarda Toshkent, Samarqand kabi yirik shaharlar atrofida pomidor yetishtirish ancha murakkab bo‘lib qoldi.
Bu kana pomidordan tashqari, kartoshka, baqlajonni ham kuchli zararlaydi. Zararlangan o‘simliklarning bargi, shoxlari, poyasi qorayib quriydi. Kuchli zararlanganda pomidor va kartoshkadan umuman hosil olib bo‘lmaydi. Kana, asosan, issiqxonalarda qishlab chiqadi, qulay sharoit tug‘ilsa, yil bo‘yi rivojlanadi. Ochiq maydondagi ekinlarga ko‘chat bilan o‘tib qoladi.
Kana harorat 27–28°C, namlik 30–40% bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Bunday sharoitda 6 kunda bir avlodi rivojlanadi. Bitta urg‘ochi kana 50 tagacha tuxum qo‘yadi va 40 kundan ortiq yashaydi.
Zang kanasiga qarshi uyg‘unlashgan kurashda, eng avvalo, oldini olish tadbirlarini amalga oshirish kerak. Bunda issiqxona va parniklarga ekin ekishdan oldin tuprog‘ini kimyoviy preparatlar bilan zararsizlantirish kerak. O‘simliklar zararlana boshlagandan keyin qiruvchi kimyoviy vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Bular grizli 36% em.k. 0,25 l/ga; fufanon 57% em.k. 2,4–3,6 l/ ga; omayt 30% n.kuk. 0,6 l/ga.
Qishlash bosqichi pupariydagi g‘umbak. Ba’zan sabzavot saqlanadigan joylarda lichinkalik davrida ham qishlashi mumkin. Bahorda kun 15–17°C gacha isiganda voyaga yetgan pashshalar uchib chiqadi. Ular qo‘shimcha oziqlanib, kechqurun oziqlangan o‘simliklarning ildiz bo‘yniga tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochisi bitta o‘simlikka 10 ta tuxum qo‘yadi. Urg‘ochining tuxum qo‘yish qobiliyati 100–120% gacha. Tuxumdagi embrional
rivojlanish davri 4–17 kun davom etadi.
Lichinkalar 20–25 kun rivojlanadi. Yer ostida g‘umbakka aylanadi.
Sabzavot va poliz ekinlari zararkunandalarini biologik himoya qilishda quyidagi foydali hasharotlardan foydalanish mumkin.
Karam bitining yirtqich entomofaglari – xonqizi, oltin-ko‘z, serfid pashshalari, gallitsiyalar. Karam oq kapalagining entomofagi – alanteles, kartoshkaniki – kolorado qo‘ng‘izi podizus 1–2 yoshdagi kolorado qo‘ng‘izining lichinkalari hisobiga yashaydi. Sabzavot va poliz ekinlarining kemiruvchi va so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi quyidagi insektoakaritsidlarni qo‘llash mumkin: Respublikamizning tabiiy sharoiti meva daraxtlari o‘stirish uchun eng qulay hisoblanadi. Respublikamizda ko‘plab mevali daraxtlar: olma, nok, olcha, gilos, shaftoli ekiladi.
Meva daraxtlari ko‘p yillik bo‘lgani uchun ularda turli xil zararkunandalar rivojlanishi uchun turg‘un ekologik sharoit yaratiladi. Zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari meva hosilini ko‘paytirishning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu tadbirlar meva yetishtirish texnologiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
Quyida olma bog‘lariga (olmazorlarga) ko‘plab zarar yetkazadigan hasharotlarning ayrimlarini o‘rganamiz.

Download 63.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling