Issiqxona


Download 63.08 Kb.
bet6/7
Sana09.02.2023
Hajmi63.08 Kb.
#1178776
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

(Diaspididae qalqonlilaroilasi, Homoptera tengqanotlilar turkumi)
Hayot tarzi va yetkazadigan zarari jihatdan binafsharang qalqondorga o‘xshaydi. Biroq u birinchi va ikkinchi yoshdagi lichinka holida qishlaydi. Bu qalqondor olmadan tashqari, nok, olxo‘ri va boshqa rezavor o‘simliklarning ham xavfli zararkunandasi bo‘lib, 200 dan ortiq turdagi o‘simliklarni zararlaydi. Kaliforniya qalqondori mamlakat ichkarisida karantin qilingan zararkunandadir.
Kaliforniya qalqondori o‘simliklar shirasini so‘rishi natijasida daraxtlar tanasi yorilib ketadi, novdalari qing‘ir-qiyshiq bo‘lib
o‘sadi, barglari deformatsiyaga uchraydi, barg va yosh mevalari to‘kilib ketadi. Yirik mevalarda qizil dog‘lar paydo bo‘lib, ta’mi bemaza, saqlashga chidamsiz bo‘lib qoladi, sifati buziladi. Kaliforniya qalqondorining kattaligi 1,3 mm, qalqoni 2 mm gacha, erkagining kattaligi 0,8–0,9 mm, qalqoni 1 mm, lichinkasi sariq; 1,2 yoshdagi lichinka holida qishlaydi, 2 marta po‘st tashlab katta yoshga o‘tadi. Juftlashgandan 40–60 kundan keyin 80–100 tagacha daydi lichinka tug‘iladi va bir necha soatdan keyin ular qalqon ostidan chiqib, daraxtlar tanasiga yoyilib ketadi va oradan 10–11 kun o‘tgandan so‘ng po‘st tashlab, mo‘ylovlari, ko‘zlari va oyoqlari yo‘qoladi. Ikkinchi po‘st tashlagandan keyin katta yoshga o‘tadi. Erkaklari kam – 2% – 9% gacha bo‘ladi va bir necha soat yashaydi. Juftlashgandan so‘ng nobud bo‘ladi. Kaliforniya qalqondori bilan zararlangan daraxtlar qurib qoladi. Kaliforniya qalqondoriga qarshi kurashda ham binafsharang qalqondorlarga qarshi kurash usullari qo‘llanadi.
Qo‘ng‘ir meva kanasi (Bryobia redicorsevi Resk)
Qo‘ng‘ir meva kanasi akariform kanalari turkumiga,
o‘rgimchakkanalar oilasiga kiradi. U olma, olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli, bodom kabi mevali daraxtlarga ko‘proq zarar yetkazadi.
Bu kana ta’sirida ko‘p zararlangan barglar qo‘ng‘ir tusga kirib, assimilatsiya xossasini ancha yo‘qotadi, ba’zan nobud bo‘lib, ko‘plab to‘kilib ketadi. Daraxtlar mevasi yetilganda mayda bo‘lib, to‘kilib ketadi.
Urg‘ochisining kattaligi 6 mm, erkaginiki 0,3 mm ga yetadi, tanasi oval shaklda bo‘lib, orqa tomoniga qarab yassilashgan. Tuxumi yumaloq, 1,5 mm kattalikda. Tuxumlik davrida novdalar po‘stlog‘ida, kurtaklar asosida qishlaydi. Erta bahorda lichinkalari yozilayotgan kurtaklar ichida oziqlanadi. Urg‘ochisi barg va novdalarga 25–90 tagacha tuxum qo‘yadi. Yiliga 3–6 marta nasl beradi. Qo‘ng‘ir meva kanasi O‘rta Osiyo respublikalarida keng tarqalgan.
Qo‘ng‘ir meva kanasiga qarshi kurash choralari erta bahorda, ya’ni barg kurtaklari yozilguncha, daraxtlar gullaguncha va
gullagandan keyin amalga oshiriladi. Barg kurtaklari yozilguncha olma, nok, olcha va olxo‘ri daraxtlariga gektariga 40–100 l hisobidan №30 preparatini purkash yaxshi samara beradi. Gullaguncha va gullagandan keyin meva o‘rgimchakkanasiga qarshi kurashda ishlatiladigan pestitsidlar ro‘yxati ilovada berilgan.
Meva kanalariga qarshi kimyoviy kurash barg kurtaklari yozilguncha (10 sm novdada 100 ta tuxum kuzatilsa), barg kurtaklari yozilganda, mevalar o‘sa boshlaguncha (bitta bargda 3–5 ta kana), mevalar o‘sa boshlagandan hosil terila boshlaguncha (bitta bargda 5–7 ta kana kuzatilganda) amalga oshirilsa, yaxshi samara beradi.

Download 63.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling