Issiqxona


Download 63.08 Kb.
bet7/7
Sana09.02.2023
Hajmi63.08 Kb.
#1178776
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

Nokning barg burgasi (Psylla pyricola Forst.) (Chrysomelidae bargxo‘rlar oilasi, Coleoptera qattiq-
qanotlilar turkumi)
Burga va uning lichinkalari kurtak, barg, novda va mevalar shirasini so‘radi hamda o‘zidan yopishqoq va shirin suyuqlik– shira ajratadi. Natijada daraxtning kurtak, barg va novdalaridagi hayotiy jarayonlar buziladi.
Zararkunanda yoppasiga urchib ko‘paygan davrda daraxtlar yopishqoq nok burgasi (chiqindisi) bilan to‘liq qoplanadi, barglari qorayib to‘kilib ketadi. Mevalari qattiq bo‘lib qoladi, daraxtlar zaiflashadi, kelgusi yil hosili sezilarli darajada kamayadi.
O‘sib yetilgan shira burgasi uzunligi 3 mm bo‘lgan qanotli hasharot. Ko‘rinishi sarg‘ish yoki och yashil-qo‘ng‘ir tusda. Daraxtdan daraxtga uchib o‘tish yo‘li bilan tez tarqaladi. Voyaga yetgan nok burgasi novdalarda, tana po‘stlog‘ining yoriq-kovaklarida, xazon orasida qishlaydi. O‘zbekiston sharoitida 4–5 marta nasl beradi. Voyaga yetgan burga 3 oygacha yashaydi, shu davr ichida 500 tagacha tuxum qo‘yadi.
Nok shira burgasi, qalqondorlarga qarshi kurash uchun tavsiya etilgan tadbirlarni qishlab qoluvchi shira burgasiga qarshi qo‘llash ham yaxshi natija beradi. Bahorda va yozda olma qurtiga qarshi purkaladigan preparatlar nok daraxtlariga ham purkaladi. Tomorqa sharoitida hasharotlar ko‘payib ketsa,
karbofos yoki benzofosfat, zolon (100 litr suvga 20 g hisobidan) yoki tamaki qaynatmasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Nok biti (Barg o‘rovchi bit) (Dysaphis persicae Bit) (Aphididae bitlar oilasi, Homoptera tengqanotlilar turkumi)
Bu bit bog‘larda uchraydigan boshqa bitlarga qaraganda nok uchun ancha xavfli zararkunanda hisoblanadi. U barglarning chetini himarib, naysimon qilib o‘raydi. Ancha zararlanganligi sababli o‘ralib qolgan barglar to‘kilib ketadi.
Qanotsiz nok bitining kattaligi 3 mm gacha, to‘q qo‘ng‘ir tusda, biroq binafshadek tovlanib turadi, lichinkasi qizg‘ish-sariq. Qanotsiz nok biti yirik tuxumsimon shaklda. Boshqa jihatlariga ko‘ra, u boshqa barcha meva bitlariga o‘xshaydi.
Nok bitigaham nok shira burgasiva olma bitiga (shirasi) qarshi qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Алимухамедов С., Адашкевич Б., Адилов., Ходжаев Ш. Ғўзани биологик усулда ҳимоя қилиш. – Т.: «Меҳнат», 1989.
2. Алимухамедов С.Н., Хўжаев Ш.Т. Ғўза зараркунандалари ва уларга қарши кураш. – Т.: «Меҳнат», 1991.
3. Асанов К., Ходжаев Ш., Рашидов М. Ўзбекистонда гўзани уйгунлаштирилган ҳимоя қилиш тизими бўйича тавсиялар. – Т., 2001.
4. Бей-биенко Г.Я. Общая энтомология. – М.: «Высшая школа», 1980.
5. Дьяков Ю.Т. и др. Общая и сельскохозяйственная фитопато-логия. – М.: «Колос», 1984.
6. Пересыпкин В.Ф. Сельскохозяйственная фитопатология. – М.: «Колос», 1989.
7. Пересыпкин В.Ф., Тютерев С.Л., Баталова Т. Болезни зерновых культур при интенсивных технологиях их возделывания. – М.: ВО «Агропромиздат», 1991.
Download 63.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling