Issiqxona


Download 63.08 Kb.
bet4/7
Sana09.02.2023
Hajmi63.08 Kb.
#1178776
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ISSIQXONA EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

Olma qon biti (Eriosoma lanigerum Hausm) (Pemphi-gidae pemfidae oilasi, Homoptera tengqanotlilar turkumi) Olma qon biti O‘rta Osiyo sharoitida har xil yoshdagi lichinka
va voyaga yetgan hasharot bosqichida olma daraxtlarining ildizida, po‘stlog‘ining yoriqlarida va yo‘g‘on shoxlar asosida qishlaydi. Bitlar fevralda va mart boshlarida uyg‘onib, dastlab qishlagan joyida oziqlana boshlaydi, so‘ngra daraxtlarga o‘rmalab chiqib, po‘stloqning yupqa yoki zararlangan joylariga o‘rnashib oladi.
Daraxtning qon bitidan zararlanganligi shishlar mavjudligiga, shuningdek, qon biti to‘plari borligiga qarab aniqlanadi. Odatda, qon bitining usti oq momiqsimon g‘ubor bilan qoplangan bo‘ladi. Voyaga yetgan qon biti va uning lichinkalari ildizda, ildiz bo‘g‘zida, qisman tana va novdalarning yoriqlarida qishlaydi. Fevral-mart oylaridan oziqlana boshlaydi, keyinchalik urchib ko‘paygandan so‘ng esa daraxtning tanasi bo‘ylab tarqaladi va po‘stloqning shikastlangan yoki nozikroq joyini tanlab, so‘ra boshlaydi.
Bu zararkunanda suv va ko‘chat orqali ham tarqaladi.
Qon biti tushgan yosh daraxtlar ko‘pincha qurib qoladi, qari daraxtlar esa kuchsizlanib, hosili juda kamayib ketadi. Uning
tabiiy kushandasi afelinus yaydoqchisi (Aphelinus mali Hald) dir. Qon biti bilan zararlangan ko‘chatlar 98,5% li metilbromid fumiganti bilan zararsizlantiriladi (50 – 60 g/m3 konsentratsiyada 2 – 4 soat davomida). Kuzda qon biti parazitining mumiyosi bilan qoplangan novdalar jamlab qo‘yiladi va erta bahorda daraxtlarga ilib chiqiladi.
Kuzda yoki bahorda daraxtlarning ildiz bo‘g‘zi atrofidagi tuproq ag‘darib yumshatiladi. Bahorda aprelning birinchi va ikkinchi o‘n kunligida ildiz bo‘g‘zi atrofi va boshqa zararlangan joylarga oleofos emulsiyasi (100 litr suvga 30 nomerli preparatdan 2 kg+300 gr fozalon yoki karbofos yoki nitrofen aralashmasi) purkaladi.
O‘rta Osiyodagi urug‘li meva bog‘larida qalqondorlarning bir necha turi, ayniqsa, binafsha tusli qalqondor (Parlatoria alea), kaliforniya qalqondori (Quadraspidiotus perniciosus Comst), akatsiya soxta qalqondori (Parthenolecanium corni Boucha) ko‘p uchraydi.
Binafsha tusli qalqondor urug‘li va danakli meva daraxtlar, tut, anor, terak, oq akatsiya va boshqa ko‘pgina daraxt hamda butalar shirasini so‘radi. Kaliforniya qalqondori olma va nok daraxtlariga ko‘p zarar yetkazadi. Bundan tashqari, u behi, o‘rik, bodom, yong‘oq, olxo‘ri, tog‘olcha, gilos, olchaga zarar yetkazadi. Boshqa mevali daraxtlar, tok, manzarali daraxtlar va butalarning shirasini so‘rib oziqlanadi.

Download 63.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling