10-mavzu: Shaxsning individual psixologik xususiyatlari. Temperament
Download 375.68 Kb.
|
5 s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Mustahkamlash uchun savollar
Mustahkamlash ucnun savollar
Xarakter nima? Xarakter tuzilishini ayting. Xarakterning shakllanishini ayting. 12-mavzu. Shaxsning individual psixologik xususiytlari. Qobiliyat Reja: 1.Qobiliyat haqida tushuncha. 2.Umumiy va maxsus qobiliyatlar 3.Pedagogik qobiliyatlar. 4.Qobiliyatning shaxs faoliyatidagi roli. Tayanch tushunchalar: qobiliyat, pedagogik qobiliyat, umumiy qobiliyat, maxsus qobiliyat. Qobiliyat haqida tushuncha. Shaxsning tayyor bilim yoki ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, u yoki bu narsani tez fahmlay olishi, bilimlarni tez o‘zlashtirishi, hozirjavobligi, olingan bilimni keng hajmda va uzoq muddat xotirada saqlay olishi kabilar namoyon bo‘ladigan tezlik sifati qobiliyat deb aytiladi. Ma’lumki har bir shaxsning kamol topishi, uning organizmining o‘sishi ijtimoiy shart -sharoit va ta’lim-tarbiyagagina bog‘liq bo‘lmay, o’sha shaxsning shaxsiy faolligi rayrati, shijoati va mustakalligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shaxs kamolotda mehnatsevarlik hamda o‘zini anglashning muhim ahamiyati bor. Umumiy psixologik ta’limotga ko‘ra odamda kompensatsiya qobiliyati bor. Buning ma’nosi shuki, shaxs ruhiyatidagi bir xossa o’rnini boshqa bir qancha xossalar to’ldiradi. Unda bo‘lmagan qobiliyatlar o’rnini bosadigan boshqa qobiliyatlar vujudga keladi. Bu jarayonda ijtimoiy muhit va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim va tarbiya alohida o’rin tutadi. Talabalik yosh shaxsda individual sifatlarning tez o‘sishi bilan xarakterlanadi. Shaxs hayotining bu davrida qobiliyatlilik bilan bog‘liq sifatlar ham turli xillarda namoyon bo‘ladi. Bu jihatdan quyidagi qobiliyat sohiblariga ajratish mumkin: Zehn o‘tkir, bilim egallashga intiluvchi, tirishqoq talabalar. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan talabalar darslarni tez o‘zlashtiradi. Ularga ilmiy ozuqa berilsa, fikri o‘saveradi, oqilona yo‘l ko‘rsatilsa, shoshilmay, toliqmay maqsad sari intiladi. Zehni o‘tkir, gapga quloq soladigan talabalar. Bu tur qobiliyat egalariga xos sifat shundaki, ular bilimlarni sekin o‘zlashtiradilar, O‘qituvchiining doimiy nazoratiga muhtoj bo‘ladilar. 3. Zehni o‘tkir, bilimga intiluvchan, lekin o‘zboshimchalik va o‘jarlikka moyil talabalar. Bu turdagi qobiliyat egasi bo‘lgan talabalar uzluksiz tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. To‘g‘ri ta’lim va tarbiya berilsa, ularadn buyuk odamlar yetishib chiqadi. 4.Gapga kiradigan, hamma narsani bilishga qiziqadigan, bilimlarni sekin o‘zlashtiradigan va bo‘shang talabalar. Bular ilg‘or talabalar bilan izma-iz bora oladilar. Buning uchun ularga ittifoq qilib, juda qattiq talablar qo‘ymay, ko‘ngilini ko‘tarib, amalga oshirayotgan ishlarini ma’qullash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinsa, bunday talabalar iste’dodli talabalar darajasiga ko‘tariladi, xotirasi keng qamrovli va mahsuldor bo‘ladi. Zexni past, beparvo va bo‘shang talabalar. Ularni donolik sabr-toqat bilan o‘qitish va tarbiyalash mumkin. Shundagina bular ham yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishadi. Badjahl va g‘ayritabiiy talabalar. Ular qiyinchlik bilan tarbiyalanadilar. Ulardagi o‘jarlik xislatini yo‘qotib, ijobiy tomonga yo‘naltirish mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Yuqoridagi qobiliyat turlariga mansub talabalar bilan ham jamoaviy, ham individual tarzda tarbiyaiiy tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki talabalar qobiliyat jihatdan qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning insoniy tabiati va fiziologik a’zolari bir xildir. Kishining qobiliyati xilma-xil bo‘lib, qiziqishlar tufayli o‘z ustida ishlash natijasida paydo bo‘ladi va rivoj topib boraveradi. Odam faoliyatining xarakteriga qarab qobiliyatlar ham turlicha bo‘ladi. Masalan, matematik qobiliyat, pedagogik qobiliyat va hokazo. Shaxs faoliyatidagi biror sohasiga nisbatan bo’lgan qobiliyatlilik undagi faoliyatning boshqa tomonlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, qobiliyat ham turli kasb egalarida turlicha namoyon bo‘ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli bo‘ladilar. Qobiliyatning yanada yuqori va sifatli ko‘rinishi talant yoki istedoddir. Shaxs qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma xususiyatlar istedod deb yuritiladi. Shaxsdagi istedodlilik sifati unda qobiliyatning yuqori ko‘rinishi, bilim va malakalarni tez egallash, u yoki bu yumushni tez va soz ado eta olish bilan aniqlanadi. Istedodlilik darajasiga erishgan shaxsda aql va idrok, xotira, hayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar ancha rivoj topgan, iroda sifatlari barqarorlashgan, nutq riiojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ularning kuzatuichanligi, bilimlarni o‘zlashtirishi, olingan bilimni amalda qo‘llashi, o‘z sohasi bo‘yicha yangilik yaratishga moyilligi boshqalaradn farq qiladi. O‘z navbatida olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar shaxsdagi istedod darajasining yanada o‘sishiga xizmat qiladi. Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal etadilar, ilg‘or xarakterga ega bo‘lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar. Talantli bo‘lishning yagona sharti shaxsning o‘z ustida sistematik ravishda ishlashidir. Agar odam o‘z ustida muntazam ishlashni davom ettirmasa, undagi talantlilik sifati susaya boradi va sinadi. Talant o‘zining geniy, genial kabi darajalariga egadir. Xar tomonlama taraqqiy etgan, avlodlar tajribasini ijodiy o‘zlashtiradigan, uni o‘z davriga tadbiq etib, yangi bilim va tajriba bilan boyitadigan, mustaqil fikrlar asosida yaratuvchilik ijodkorlik xususiyatiga ega bo‘lgan, optimistik g’oya bilan sug’orilgan, vatan va jamiyat nuqtai nazaridan ish tutadigan, ilg‘or dunyoqarash egasi bo‘lgan, o‘zining ijtimoiy burchiga hamma vaqt sodik bo‘lgan shaxslar geniy shaxslardir. Geniy shaxslar garmonik rivojlangan shaxslar bo‘lib, ijtimoiy hayot voqealarini, ilm-fanni har tomonlama va chuqur o‘zlashtirgan bo‘ladilar. Geniy shaxslarning ijtimoiy hayotni o‘rganish sohasida to’plagan tajriba va bilimlari insoniyat tarixida misli kurilmagan o‘zgarishga olib keladi. Ular o’z xalqlari va Vatanlari uchun baxtli va farovon hayotni xadya etish bilan birga, bu hayotning kelajagi, istiqboli va taraqqiyoti qonuniyatlarini ham kashf etadilar. Geniylikning yana bir muxim tomoni shundaki, bunday shaxslar tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida kelgusi-avlod uchun bitmas tuganmas nazariyalar yaratadilar. Bu nazariyalar kelgusi avlodlar ko‘lida goyaviy qurol bo‘lib xizmat keladi. Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Maxdumi A’zam yoki A.S.Pushkin, I.P.Pavlovning geniyligi fan sohasida, Michurinning geniyligi tabiatni o‘zgartirishda, K.E.Siolkovskiyning geniyligi planetalararo kosmik uchish masalalarida namoyon bo‘ladi. Yuksak talant egasi bo‘lgan bu daxolarning fan sohalarida yaratgan yangiliklari keyingi avlodlar uchun abadiy bilim manbaidir. O‘rta Osiyoning mashhur mutafakkirlari Abu Ali Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Al Xorazmiy kabi mashhur olimlar fan olamida geniylikning yuksak cho’qqisiga ko‘tardilar. Shunday qilib, shaxsning geniy yoki geniallik sifati uzoq muddat mobaynvda o’z ustida samarali mehnat qilishning, o‘qib-o‘rganishning natijasidir. Mashhur rus yozuvchisi M. Gorkiy haqli ravishda ta’kidlaganidek shaxsning individual sifatlari mexnat jarayonida yuzaga keladi. Shaxsning qobiliyati tug‘ma layoqat asosida muhitga, ta’lim-tarbiyaga bog‘liq holda o‘sib boradi. Har bir odam bolasi «mudrab yotgan» layoqat (tug‘ma imqoniyat) bilan dunyoga keladi. Undan so‘ng u mansub bo‘lgan ijtimoiy muhit bu layoqatni yuzaga chiqaradi. Layoqat ayniqsa yoshlik chog‘larda jadal riiojlanadi. Masalan, Seryoja Xalyapin (Moskva shaxri) 14 yoshida maktabni tamomlab, A.I.Mendeleyev nomli Moskva Ximiya-texnologiya institutining talabasi bo‘ladi. Amerikalik Mayk Grost 11 yoshida Michigan uniiersitetiga qabul qilingan. Angliyalik Maybelle 4 yoshida 1 sinf o‘quvchisi bo‘ladi. Yerevanlik Adiva Aruponyan 12 yoshida politexnika institutining kibernetika fakultetiga qabul qilinadi. Olti yoshli qirg‘iz yigiti Asilbek Saydanov mashxur epos - «Manas»ni yoddan aytib, respublika ko‘rigida birinchi darajali diplom bilan taqdirlangan. Meksikalik Antonio Xuares esa, bir vaqtning o‘zida ispan tilida gaplashib turib, ingliz tilidagi tekstni bemalol yoza oladi. Bunday masalalarni kattalar hayotidan ham keltirish mumkin. Chunonchi, Toshmuhammad Sarimsoqov 30 yoshga to‘lmay akdaemik bo‘ladi, Niqolay Nazarov 14 yoshda ToshDUni bitirdi. Shavkat Alimov va Raxim Xayitov 25 yoshida professor bo‘ladi. Ilham Mamadov 20 yoshvida fan nomzodi bo‘ladi va h.k. Bu kabi o‘ta qobiliyatli bo‘lishning poydevori oilaviy muhit hisoblanadi. Oila muhiti ularni qiziqtirgan narsa ustida jiddiy bosh kotirishga undashi tufayli doimo aqliy ozuqaga tashnalik yuzaga keltirgan. Natijada boshqalar uchun murakkab hisoblangan aqliy mushohada ular uchun odatiy va oson bo‘lib qolgan. Har bir shaxsning o’zi faol harakat qilgandagina ijtimoiy muhit, ta’lim va tarbiya uning layoqati, istedod hamda qobiliyatini ustirmogi mumkin. Agar shaxs o’z kasbini sevib, unga kuchli mehr qo‘ysa, uning qobiliyati tez o‘sadi. Kishining qobiliyati uning qiziqishlari bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, qiziqishlar ta’sirida qobiliyat o‘sadi va u boshqa individual sifatlar mazmuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu mutolaa natijasidir, qobiliyat esa kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo‘lib, shuning bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatda yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar, hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni taminlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Qobiliyatli, ammo noshud inson ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikmada ro‘yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Shuning bilan birga ko‘nikma va malakalar yetishmagan, qobiliyatini birmuncha to‘ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashtirib mohirlik deb ataydilar. Mohirlik - bu endi qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo bo‘lishi jarayonida shakllanadi. Har qanday qobiliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari sistemasi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o‘z qobiliyatini ko‘rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli, deb baholanadi. Har bir qobiliyatning o‘ziga xos tuzilishi bor. Qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni va nihoyat, muayyan fonni yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. Hamma qobiliyatlar uchun asosiy, tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu - individual narsaning o‘ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik. Quyidagilarni yordamchi xususiyatlar deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi), emotsionallik, ya’ni, his-tuyg‘uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faolligini oshiradi) va shunga o‘xshashlar. Amaliy faoliyatning ba’zi ko‘rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o‘ringa chiqadi. Qobiliyat strukturasidagi turli xususiyatlarning tartibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, struktura ham barqaror, ham o‘zgaruvchandir. Qobiliyat turli rivojlanish darajasiga ega bo‘lishi mumkin. Ilmiy abstraksiyalash qobiliyatining ikki darajasini farqlash imkonini beradi: reproduktiv va ijodiy aks ettirish darajalari. O‘z qobiliyati rivojlanishining birinchi darajasidagi kishi bilimlarni juda mohirlik bilan o‘zlashtiradi, faoliyatni o‘rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan kishi esa yangilik yaratishga qodirdir. Bu darajalarni tekshirishga metafizik munosabatda bo‘lish yaramaydi, albatta. Birinchidan, har qanday reproduktiv aks ettirish faoliyati ijodiy faoliyat elementlarini, ijodiy aks ettirish faoliyati esa reproduktiv faoliyat elementlarini o‘z ichiga qamrab oladi, busiz ularni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o‘zgarmas va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o‘zlashtirib, ko‘nikma hosil qilish jarayonida, faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tib turadi. Qobiliyat shaxsni shakllanish va rivojlanish natijasidir. Shuning bilan birga, qobiliyatning tabiiy manbai ham mavjud bo‘lib va u tabiiy zehn deb yuritiladi. Psixologiyada qobiliyatning uchta konsepsiyasi vujudga kelgan. Ulardan biri qobiliyat shaxsning biologik jihatdan determinlashgan, ya’ni, biologik jihatdan shartlangan xususiyatlaridandir, qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi tamomila irsiy fondga bog‘liq deb tushuntiradi. Faqat g‘arbdagi ba’zi professional psixologlar emas, balki turli fan va san’at sohalarining vakillari ham (matematiklar, yozuvchilar, rassomlar) ana shu qarashni yoqlaydilar. Masalan, XX asrda F. Galton talant irsiydir, faqat imtiyozli tabaqalarning vakillarigina boy irsiy merosga ega bo‘ladilar, degan xulosaga keldilar. Dastavval shuni aytish kerakki, ular qo‘llagan tekshirish metodikasi ilmiy tanqidga arzimaydi, mazkur avtorlarning xulosalari bir yoqlama xususiyatga ega. Xalq ichidan yetishib chiqqan buyuk kishilar haqiqiy talant va hatto daholar tashqi hayot bilan umidsiz kurashda kuchsizlanib, qadrsizlikda tahqirlanib ochlikdan o‘lib ketganliklari uchun ham ularning nomlari tarixda saqlangan. Bu konsepsiyaning eng keyingi davrdagi tarafdorlari qobiliyatning oldindan irsiy belgilab qo‘yilganligi haqidagi fikrni genetikadan olingan ma’lumotlar bilan, chunonchi, egizaklarni tekshirish natijalari bilan quvvatlashga urinadilar. Bunday tekshirishlar, ayniqsa, fashistlar Germaniyasida zo‘r berib olib borilgan edi. Ular egizaklar xulq-atvori va intellektual xususiyatlarining bir xilligidan iborat ba’zan uchraydigan tasodifiy hollarga asoslanib, qobiliyatning butunlay oldindan irsiy belgilab qo‘yilganligi haqidagi qonunni vujudga keltirishga urinib ko‘rdilar («bir xil irsiyatdan bir xil qobiliyat kelib chiqadi» prinsipida). Biroq mavjud ma’lumotlar buni tasdiqlash uchun hali yetarli emas, chunki bu ma’lumotlarga qarama-qarshi o‘laroq boshqa ma’lumotlar ham borki, ularda egizaklarning xulq-atvori ham, qobiliyati ham bir har xilligi qayd qilingan. Shunday qilib, qobiliyatni oldindan irsiy belgilash haqidagi fikrlarni hayotning o‘zi rad etadi. Bundan tashqari, agar buyuk kishilarning biografiyasi tahliliga obyektiv ravishda yondoshilsa, shu narsani ko‘rish mumkinki, juda ko‘pchilik hollarda agar buyuk kishilar kelib chiqqan oilalar zakovatga nisbatan qaraladigan bo‘lsa, ular boshqalardan unchalik ajralib turgan emaslar, ikkinchi tomondan esa, hatto genial odamlarning farzandlari ham, nabiralari va evaralari ham katta zakovat ko‘rsatmaganlar. Bundan bir necha muzikantlar va olimlarning oilalari mustasnodir. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, hatto g‘arbiy yevropalik ba’zi progressiv fikrlovchi olimlar psixologiyadagi irsiyat nazariyasiga qarshi chiqadilar. Masalan, shveysariyalik psixolog V. Boven, qalbaki doktorina deb tarbiyaviy tadbirlardan vos kechish jinoyat bo‘lur edi, deb ta’kidlaydi. Ingliz bioximigi S.Rouz, kishi qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, ijtimoiy sharoitda ko‘proqdir, deb uqtiradi. Ingliz psixologi D. Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuritadi. Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning ijtimoiy sharoiti belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U. eshbi kishining qobiliyati yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda talim-tarbiya jarayonida shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va programmalar vujudga keladi, deb takidlaydi. Rus olimi A.N.Leontyev ham o‘zining funksional organlar nazariyasi bilan (bu nazariyaga A.Uxtomskiy asos solgan edi) shunga o‘xshash konsepsiyasini yoqlaydi. Masalan, Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq deb hisoblaydi. Modomiki, ishchilarning bolalari o‘sadigan og‘ir sotsial muhitdagi kishilarning madaniy va intellektual rivojlanish darajasi past bo‘lishi mutlaqo tabiiyki, bu bolalar ham o‘z ota-onalarining rivojlanishi darajasidan o‘tib keta olmaydilar, deydi u. Ko‘zga ko‘ringan sobiq sovet psixologi S.L. Rubinshteyn A.N.Leontyevning konsepsiyasiga nozirlik bildirdi. Uning fikricha, tug‘ma istedod nishonalari - bu reallikdir, uni rivojlantirish lozim. Hayotiy kuzatishlar va maxsus tekshirishlar qobiliyatning tabiiy zaminini inkor qilib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Bir qator maxsus faoliyatlar borki, ular uchun tabiiy zamin xususan muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham zehn nishonalari bo‘lgan kishi noqulay sharoitda ham zehn nishonalari bo‘lmagan, lekin qulay hayotiy sharoitdagi kishiga nisbatan ham, katta yuksak qobiliyat ko‘rsata oladi. Va aksincha, masalan, bir oilada va bir maktabda rivojlanayotgan aka-ukalar yoki opa-singillar, yaxshi yoki yomonligidan qatiy nazar bir xil ijtimoiy sharoitda bo‘lganlarida ularning qobiliyati va rivojlanish tempida ba’zan keskin farqlar kuzatiladi. Qobiliyatning uchinchi konsepsiyasining tarafdorlari ancha to‘g‘ri pozitsiyada turadilar, ya’ni qobiliyat qulay sotsial hayotiy sharoit mavjud bo‘lganda, faoliyat jarayonida shakllanadi. Bu oxirgi konsepsiya hayotni o‘zining butun xilma-xilligi bilan aks ettiradi va maxsus tadqiqotlar bilan tasdiqlanadi. Shubhasiz, qobiliyat miya tuzilishining qandaydir tug‘ma anatomik xususiyatlari bilan birinchi navbatda miya mikrostrukturasi xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Bu xususiyatlar in’ikos jarayonining xususiyatiga va shaxsning xatti-harakatiga ta’sir qiladi. Bolada juda erta seziladigan tipologik xususiyatlar - zehn yoki dastlabki tabiiy xususiyatlardir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, B.M.Teplov haqli ravishda aytganidek, tipologik xususiyatlar har taraflama ahamiyatta ega bo‘lib, ular xarakterning ham, qobiliyatning ham tabiiy asosini tashkil qiladi. Umumiy tipdagi xususiyatlar, kuchda va tonusda ifodalanadigan faollik, vazminlik, inikos va harakat jarayonlarining sezgirlik darajasi, shubhasiz, qobiliyatning tashkil topishiga tasir qiladi. I.P.Pavlov, voqelikni obrazlar orqali aks ettiruvchi birinchi signal sistema ustun bo‘lgan kishilar badiiy tipga mansubdirlar (muzikant, rassom, yozuvchi) deb hisoblangan edi. Ikkinchi signal sistemasining roli ustunroq bo‘lganda mutafakkir tip dunyoga keladi. Abstrakt fikrlashning o‘tkirligi bu tipning xarakterli belgisidir. Va nihoyat, ikkala sistema yaxshi nisbatda muvozanatlashganida esa o‘rtacha tip kelib chiqadi. O‘rtacha tip vakillari badiiy va mutafakkir tiplarning gamma xislatlarini o‘zida birlashtiradi. Ko‘pchilik, jumladan, Gyote, Lomonosov kabi nihoyatda talantli, genial odamlar ana shu tipga mansubdirlar. Badiiy tipning xarakterli belgisi shundaki, ular birinchidan, voqealikni yaxlit, to‘la va jonli tarzda idrok etadilar, holbuki «mutafakkirlar uni bo‘lib-bo‘lib qabul qiladilar va shuning bilan go‘yo uni jonsizlantiradilar». Ikkinchidan, badiiy tip vakilida tasavvur abstrakt fikrlashdan ustun bo‘ladi. Fantaziya, – deydi I.P.Pavlov, – bu badiiy qobiliyat, bu - birinchi signal sistemasiga tegishlidir. Mutafakkirda esa «aql nazariy bo‘lib, u so‘z bilan bog‘liqdir». Uchinchidan, badiiy tip yuksak zmotsionallik bilan ajralib turadi, chunki birinchi signal sistema, I.P.Pavlov tili bilan aytganda, asosiy emotsional fonni tashkil qiluvchi miya qobig‘i bilan yaqin bog‘liqdir. «Badiiy tip hayajonli, muqarrar, emonional tipdir» – degan edi I.P. Pavlov. Va aksincha, mutafakkir tipda emotsional fon va birinchi signal sistema zaif bo‘lsa-da, lekin u sog‘lom va soddadil odam bo‘ladi. Shunday qilib, zehn dastavval shaxsning tashqi tasirlariga nisbatan tanlab ta’sirlanish xususiyatini, ishchanlikda ifodalanadigan kuchni va shu kabilarni xarakterlaydi. Bularning hammasi shaxs qobiliyatining rivojlanishi uchun dastlabki qulay zaminni tashkil qiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga (maxsus qobiliyat) yoki gamma narsaga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda (umumiy qobiliyat) moyillikda va intilishda ko‘rinadi. Mayl-qobiliyat rivojlanishning stimulidir, chunki u aktiv faoliyatta undaydi, bu faoliyat jarayonida zaruriy xususiyatlar, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Mayl hamma vaqt zmotsional tusga egadir. O‘z maylga mos xodisani idrok etish yoki mayliga mos ishni qilish kishiga shodlik bag‘ishlaydi. Shunday qilib, asta-sekin turli-tuman bo‘lganidek, qobiliyat ham turli tumandir. Psixologiyada qobiliyatlar odatda umumiy va maxsus qobiliyatlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyat deganda, muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta’minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto‘g‘ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning gamma turlariga tasir qiladi, jumladan, u amaliy faoliyatta ham deb hisoblovchi psixologlar topiladi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik bor, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega bo‘lar ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o‘tirishning hojati yo’q. Nihoyat shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar, umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig‘indisi tasirini ko‘zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sifatida, shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo‘lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug‘ma spetsifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin. Hamma maxsus qobiliyatlarini, inson faoliyatining asosiy turlarini, uch turga: fan, san’at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni ilmiy, badiiy va amaliy deb klassifikatsiyalash mumkin. Bu turlarning har biri, o‘z navbatida, mayda turlarga bo‘linadi. Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini og‘zaki-mantiqiy xotirani, qat’iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo‘lgan qobiliyatlar. Badiiy qobiliyat sensor, obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘lishini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistlik va adabiy qobiliyatlar kiradi. Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatni, kuchli iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan, tashkilotchilik, pedagoglik va boshqalar kiradi. Qobiliyat muqarrar va o‘zgarmas bir narsa emas. U faoliyat jarayonida, ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi. Faoliyatda kishi shaxsning tabiiy kuchi chiniqadi va rivojlanadi, potensial imkoniyatlari real qobiliyatga, o‘qish va ijodiy ishlash qobiliyatiga aylandi. Qobiliyatning rivojlanishi va shakllanishi, birinchidan, ma’lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo‘li bilan, ikkinchidan, mutaxassis (musiqachi, artist, rassom va hokazo) rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo‘li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo‘li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o‘zlashtirishni, tanlangan faoliyat bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini hosil qilishni taminlansin. To‘rtinchidan, o‘quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni taminlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan. Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo‘li bilan borish kerakki, bu alomatlar dastavval: mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qatiylik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat, bularsiz individning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana olmaydi. Oltinchidan, maktab o‘quvchilariga nisbatan individual munosabatda bo‘lishni umumiy talablar bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir. Qobiliyatning muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko‘rsatib turibdi. Ko‘pchilik bolalarning boshqalarga nisbatan «boshqacharoq»ligi 2-3 yoshida ko‘rinadi. Ularda aqliy bilimlarga bo‘lgan intilish kuchli bo‘ladi. 3-4 yoshida o‘qishni, sanashni o‘rganib oladilar. Keyinchalik yangidan-yangi bilimlarni o‘rganishga intiladilar. Bunday bolalar shu olgan bilimlaridan shunday quvonadilarki, ularni hattoki shirinlik yoki yangi o‘yinchoq bilan bunchalik quvontira ololmaysiz. Bunday aqliy rivojlanish ota-onalarda faqat mag‘rurlikni emas, balki qandaydir xavotirlanishni ham yuzaga keltiradi. Masalan, bunga bir xatni misol qilishim mumkin: «...Nevaramning ismi Alyosha. Uning yoshi 3,5 da. Lekin u 1,5 yil oldin o‘qishni o‘rganib olgan. Hozir esa sharillatib o‘qiydi. Asosan u sonlarni yaxshi ko‘radi va ularni tez yodlab oladi. Qanday kilib? - biz hech tushunmaymiz. Uylarning nomerini, garaj, mashina, mototsikllarning nomerini yoddan biladi. Soat vaqtini minutigacha to‘g‘ri aytadi. Kitob, konfet, o‘yinchoqlarni necha pul turishini biladi. 10 lik masalalarni bir daqiqada yechadi. Xohlagan yanvar, fevral, mart oylarini sanasini aysak, kaysi kunga to‘g‘ri kelishini aytadi. Kalendardan tekshirsak, juda to‘g‘ri. Bularni qanday qilib bilishi mumkin? – bizni aqlimiz yetmaydi. Bunaqangi bilimni bu kichkintoy qanday qilib o‘zlashtirishi mumkin axir? Bunday misollar juda ko‘p. Bizni xavotir olayotgan tomonimiz uning sog‘ligiga zarar emasmi. Uning kelajagi bizni xavotirlantiryapti. Uni nima qilaylik? O‘qitaylikmi? Lekin qanday qilib? Hattoki, qo‘rqib psixiatrga murojaat qildik. U bolani sog‘lom deb topdi. Bu masalani yechishga ojizmiz». Bunday bolalarni maktabga berish yo bermaslik nafaqat ota-onalarni, balki o‘qituvchilarning ham muammosi bo‘lib qoldi. Lekin bir xil bolalarni maktabga qabul qilishadi. Lekin bu bolalar 1 yilni o‘zida 2-3 sinfni o‘qib tugatadilar. Ko‘pchilik odamlar vunderkindlarni jismonan - zaif deb biladilar. Lekin bu xulosa juda noto‘g‘ri. Vunderkindlarning hammasi aqlan va jismonan soppa-soq. Bunga isbot uchun 20-yillarda amerikalik psixologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotni keltirishim mumkin. Bu tadqiqotta A. Termen boshchilik qilgan. Ular tadqiqot uchun 1,5 ming o‘quvchilarni, o‘g‘il bola va qizlarni saralab oldilar. Ular umumiy aqlan rivojlangan, o‘ziga xos xususiyatli 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar edi. Saralash test natijalari va o‘qituvchilarning xarakteristikasi orqali o‘tkaziladi. So‘ng bu o‘quvchilar 10 yil mobaynida tadqiq ztildilar. Bu o‘quvchilar boshpanalarga nisbatan sog‘liqlarining farqi yuq. Ular ham kasal bo‘ladilar, asablari charchaydi. Lekin baribir ular boshqalarga nisbatan sog‘lom, har tomonlama rivojlangan, yetti muchali sog‘ bolalardirlar. Keyingi yillar ichida ham O‘zbekiston psixologiyasida qobiliyat va istedod masalalari bo‘yicha bir qancha psixologlar ish olib bormokdalar. Bu sohada B.R.Qodirov, B.S.Sodiqov, G.G‘oziev, V.A.Tokareva, Z.T.Nishonova va boshqalarning ishlari malum. Ular ham qobiliyat va istedodga o‘z tariflarini berganlar. «Birinchidan – deb yozadi B.S. Sodiqov, - qobiliyat – shaxsning o‘ziga xos ayirmalari tarkibiga kirsa, ikkinchidan, qobiliyat deyilganda bir yoki bir necha faoliyat turlarini muvaffaqiyatli bajarishga salohiyatli bo‘lishni ko‘rsatadigan har bir kishining o‘zligiga xos ayirmalarini belgilarini tushunamiz». Va fikrlarini davom ettirib: - «Qobiliyat – bu ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan noyob ilohiy qudrat», degan fikrni ilgari suradi. B.R.Qodirovning fikricha: «Ma’lum bir faoliyatga qiziqmay turib, qobiliyat haqida gapirib bo‘lmaydi va o‘z navbatida har qanday qobiliyatli bola hali istedodli degani emas. Ko‘p qirralik va rivojlangan qobiliyatlar istedodli bola shaxsning moddiy asosini tashkil etadi, xolos. Aksincha istedodli bola qobiliyatsiz bo‘lishi mumkin emas. Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, istedodli bola sof fikrli, o‘ta dono, har xil qobiliyatga va umuman aqliy rivojlanishga tayyor turgan, hozir javob, qodir shaxsiy xususiyatlarga to‘la boladir». Qobiliyatli, zukko bolalarni jumhuriyatimizning gramma qishloq ovullarida va har qanday maktablarda uchratish mumkin. Faqatgina ularni izlab topish va boshqalar orasidan ajratib ola bilish kerak. Ilmiy yondashilganda, har xil bolalarning borligi maktablarda har xil dasturu-darsliklarning bo‘lishini, har xil metodik uslublar bilan har bir bolaning o‘zigagina xos bo‘lgan yashirin quvvat va imkoniyatlaridan foydalana oladigan va ularga rivojlantiruvchi tasir qila oladigan pedagogiklar bo‘lishini taqozo etadi. Shuni inobatga olib ko‘p vaqtlardan buyon tajribali olim-pedagoglar tomonidan har xil maktab sistemalari taklif qilingan. Ularning birida bolalarning o‘qiy olish imkoniyatlariga qarab tabaqalab o‘qitish metodlari taklif qilingan. Masalan, ulguruvchi bolalar aholida (chunki ularga boshqacha munosobat qilishga, ortiqcha darslar berishga to‘g‘ri keladi) o‘rtacha imkoniyatli bolalar aholida (bular juda ko‘pchilikni tashkil qilishadi) va ulgurmovchi bolalar aholida (chunki bularga ham boshqacha yondashish, ko‘proq dilkashlik va chidam bilan, maxsus metodikalar ishlatib) o‘qitish taklif qilingan. Bu yo‘ldagi sobiq qadamlardan biri - zukkoligi bilan atrofdagi tengqurlaridan ancha o‘zib ketgan bolarni o‘z muhitlarida, shaharlarda maxsus tashkil qilingan, hozirgi zamon o‘quv - metodik uskunalari bilan jihozlangan va o‘ta malakali, bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan o‘qitishdir. Bunday bolalarni jumhuriyatimizning hamma qishloq-ovullarida va har qanday maktablarda uchratish mumkin. Har bir rivojlangan mamlakatda kadrlar tayyorlash masalasi juda jiddiy yo‘lga qo‘yilgan va sifat nuqtai-nazaridan biz orzu qiladigan darajadadir. Malumki, barcha rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH va bazi bir yevropa mamlakatlari o‘zlarining iqtisodiy va madaniy rivojlanishlarining ibtidosini ommaviy ta’limni tuban o‘zgartirishdan, hamma iste’dodli yoshlarni to‘g‘ri tanlab ularga kerakli talim muhiti yaratishdan boshlaganlarini yashirmaydilar. Endilikda hammamizga ma’lumki, yangicha talim sistemasi kerak, unga mos keladigan yangicha tanlov ham, albatta, kerak. Shubhasiz, tanlab, saralab olingan yoshlar-oliy talim dargohlarida o‘qishlari kerak, hamma emas. Bizning nazarimizda "qanday qilib o‘qitish" muammosidan ham "kimni o‘qitish" muammosi oldin turishi kerak. Har qanday kishidan mahoratli o‘qituvchi, haqiqiy murabbiy, mehribon muallim chiqmasligi ko‘pchilikka endi malum bo‘ldi, shekilli. Shu sababli muallim "bo‘ladigan bolani" topish, uni ming-ming yoshlarning orasidan farq qilish, ajratib olish katta va maxsus ilmiylik talab qiladigan muammodir. Pedagoglik, murabbiylik kasbining o‘ziga xos psixologik (hattoki, psixofiziologik) xususiyatlaridan tashqari bu kasb yana o‘ziga xos ma’naviy mafkurani talab qiladi. Boshqa soha mutaxassislaridan farq qilib bu mutaxassislikda o‘ta katta olijanoblikni, to‘g‘ri so‘zlikni, manaviy barkamollikni va insonparvarlikni, do‘stona munosabat va odamlarga, yoshlarga muhabbatni talab qiladi. Hozirgi paytda, tushunarliki, hamma maktablarimizda xuddi ana shunday muallim va tarbiyachilar havodek zarur. Chunki ana shunday o‘qituvchilardan saboq olish har tomonlama o‘quvchilar uchun foydalidir va, aksincha, bu narsaning qadriga yetmaslik xalq xo‘jaligining ko‘p tomonlariga va birinchi navbatda bolalarimizning o‘zlarini to‘g‘ri anglashi, ongli ravishda o‘z imkoniyat va boshlang‘ich qobiliyatlariga qarab to‘g‘ri kasb tanlash ishiga katta zarar yetkazadi. Jumladan pedagogika va boshqa oliy dargohlarga o‘z shaxsiy imkoniyatlarini, layoqat va intilishlarini hisobga olmagan yoshlarning borishida aynan maktab, jamoatchilikning, o‘qituvchining ham katta salbiy hissasi bor. Chunki, maktabdayoq bola o‘z faoliyat yo‘nalishini tushunishi, o‘ziga loyiq sohani to‘g‘ri tasavvur qila olishi kerak. Afsuski, na maktab sistemasida va na maktabdan tashqarida hech bir muassasa bolaning layoqat va imkoniyatlarini mukammal o‘rganib, unga to‘g‘ri hayot yuli ko‘rsatadi, to‘g‘ri kasb yo‘nalishi beradi. Bu jamiyatimiz oldida turgan, xalq maorifi tizimidagi katta muammolardan biridir. Demak, odamlar orasidagi xususiy farqning tabiiyligini hisobga olib, bolalarning qobiliyat va imkoniyatlariga qarab tabaqalab o‘qitilishi, oliy o‘quv dargohlariga ham qobiliyat va yo‘nalishlariga qarab talabalarning qabul qilinishi, biron bir ishga yoki lavozimga tanlashga ham kishi imkoniyatlarini nazarga olinishi - davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilishi kerak. CHunki, bu bor haqiqat - odamlar o‘z ehtiyoj va istaklari, qobiliyat va imkoniyatlariga loyiq faoliyatnigina mukammallik bilan, mahorat bilan bajarishga erisha oladilar. Aynan ana shunday faoliyat kishiga qanoatlanish hosil qiladi, kishi shundagina o‘zining va o‘zgalarning mehnatini qadrlaydigan, e’zozlaydigan bo‘ladi. Mustahkamlash uchun savollar Umumiy va maxsus qobiliyatlarni ayting Pedagogik qobiliyatlarni ayting Qobiliyatning shaxs faoliyatidagi rolini ayting. Download 375.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling